Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xitoyshunoslik fakulteti


Z.Muhammedov va Erkin Musurmonovlarning Xitoy Adabiyotiga


Download 60.99 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi60.99 Kb.
#1631894
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zoxidova Nafosatning kurs ishi1

2.1 Z.Muhammedov va Erkin Musurmonovlarning Xitoy Adabiyotiga
qo’shgan hissalari
11 yoshida maktabni tark qilgan Mo Yan cho’ponlik bilan shug’ullandi. Yolg’izlikda qolib ketgan bolakayning ovunchog’i chorva mollari, tabiat qo’yni bo’ldi. Tog’u dashtlardagi yolg’izlik va surunkali ochlik hissi bil’aks uning kelajakda mashhur ijodkor bo’lishi uchun juda asqotdi. Adibning otashin “Ovqat uchun men insoniylik g’ururimni yo’qotdim, ovqat uchun meni kuchuk kabi xo’rlashdi, ovqat uchun men yozuvchilik yo’liga qadam qo’ydim”, deb e’tirof etishi bejiz emas. Yozuvchi yana bir interv`yusida : “Shuning uchun mening yozuvchi bo’lishim o’z ildizlari bilan ovqat tilga olinganda-yoq og’zimda sulakayim oqqan bolalik davrimga borib yetadi, o’sha davrda yagon orzuim – kuniga uch marta chuchvara yeyish bo’lgan.” (2)
Shu sababli Mo Yan asarlarida ochlik va och odamning hissiyotlari tasvirlariga yetarli o’rinlar ajratilgan. Qolaversa, yosh cho’pon ochlik sabab bir necha marta gallyutsinatsiya hodisasini o’z boshidan kechirdi. Uning jonivorlar bilan dardlashishlari, hayvonlar nazari bilan olamni, o’t- o’lanni idrok qilishi, tabiatning, yerning tafti va jonini sezishlari, bularning barchasi ulg’aya borgan inson tafakkuri prizmasi talqinida badiiy asarlarining o’ziga xos uslubining yuzaga kelishida muhim o’rin tutdi.
Guan Moening o’smirlik chog’lari bir tekis kechmadi. Mehnat faoliyatini dastlab dalada boshlagan bo’lsa, keyinchalik zavodda davom ettirdi. 1976 yili 21 yoshida Xitoy xalq ozodlik armiyasiga xizmatga o’tib, siyosiy bo’limda faoliyat olib bordi. Hayot Guan` Moega imkoniyatlar eshigini ochdi. Harbiyda u ma’lumot olishni davom ettirdi va 1984 yili XXOA (Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi) san’at Akademiyasi tinglovchisi bo’ldi. 1991 yili Lu Sin` nomidagi Pekin pedagogika universitetining adabiyot instituti aspiranturasini tugatdi. 1986 yili Xitoy yozuvchilari ittifoqiga qabul qilindi. 1997 yili harbiy xizmatdan iste’foga chiqqan adib «Szyan`cha jibao» gazetasining muharriri lavozimida faoliyatini davom ettirdi.
Ayni vaqtda Mo Yan Xitoy yozuvchilari ittifoqi raisining o’rinbosari vazifasini bajarmoqda.
2012 yil 11 oktyabrda tanqidchi Yan Shuang Lindbl bilan bo’lib o’tgan suhbatda tanqidchining «Yoshlarning Sizning uslubingiz bilan tanishmog’lari uchun dastlab qaysi asaringizni o’qishni tavsiya qilardingiz»? — degan savolga Mo Yan shunday javob beradi: «Ishonchim komilki, o’quvchilar mening ijodim bilan tanishishni shu yil Shvetsiyada chop etilgan «Hayot va o’lim charchoqlari» asarimdan boshlashadi. Boshqalarini o’qishdan boshlashlari ham mumkin, masalan: «Qizil gaolyan`» yoki «Qaddu qomat»dan. Lekin men baribir boshlanish uchun «Hayot va o’lim charchoqlari» asarini o’qishga tavsiya qilaman, chunki bu kitob mening noma uslubimni va roman san’atidagi tadqiqotlarimni o’zida aks ettiradi».
Adibning dastlabki asarlarida hayot uchun doimo kurashda bo’lgan oddiy qishloq odamlarining taqdiri tasvirlanadi. Mo Yanning har bir asari bevosita xalq hayotining boshqalar ko’ziga tashlanmaydigan, nozik nuqtalarini tasvirlashga bag’ishlangan.Uning ijodi keng qamrovli bo’lib, asar qahramonlari jamiyatning turli tabaqalariga mansub kishilardir. Mo Yanning «Hayot va o’lim charchoqlari» (生死疲劳) (Shensi pilao) asarida dehqonning yer bilan munosabati o’rganiladi. Asar birinchidan, xitoy tarixi va hozirgi zamonning asosiy masalalari: dehqonchilik, fermerlik munosabatlariga qaratilganligi bilan, ikkinchidan esa yozuvchining sharq syurrealistik usullariga asoslangan uslubi haqida o’quvchida muayyan xulosalar chiqarishga imkon berishi bilan ahamiyat kasb etadi. Mo Yan e’tiroficha «Hayot va o’lim charchoqlari» romanini 43 kunda yozib tugallagan. Asarga negiz bo’lgan voqea adib ko’z o’ngida ro’y bergan.
Yozuvchining iqroriga ko’ra, u 6-7 yosh bo’lganda, o’qiydigan maktabining yonida bir fermer yashagan. Bu dehqon umrining so’ngiga qadar butun jamiyatga qarshi bo’lgan, «xalq kommunalari» va «kollektivlashtirish»ga doimo o’z e’tirozlarini bildirib kelgan. Buning uchun odamlar uni savdoyiga chiqarishib, do’pposlashgan. E’tiqodida sobit turish dehqonga qimmatga tushdi, oilasi, jumladan, o’g’li va qizi undan voz kechishdi. Biroq isyonkor fermer o’z nuqtai nazaridan chekinmadi, taslim bo’lmadi. Keyinchalik tarix uning aslida haq bo’lganligini isbotladi. Garchi roman juda tez, bir yarim oy mobaynida yozilgan bo’lsa-da, asar qahramonlari adib hayolida bir necha o’n yillar mobaynida mifologik evrilishlar yordamida pishitib kelindi.
2006 yili Xitoyda nashr bo’lgan «Hayot va o’lim charchoqlari» asari dastlab Yevropada, 2008 yili Arcade Publishing nashriyotida iqtidorli tilmoch Hovard Gol`dblatt tarjimasida e’lon qilindi.
Asar qahramoni, to’g’rirog’i aksil qahramon, o’tgan asrning o’rtasida xitoyda ro’y bergan yer islohoti davrida katta yer mulkdori bo’lgan va dehqonlarga yordamini ayamagan Simen` Nao nafaqat yeridan va bor mulkidan ajraladi, balki uning aybsiz haqidagi arizasiga qaramasdan qiynoqli qatl etilishga hukm qilinadi. Asar do’zax hukmdori Yanning Simen` Naoni aybini tan olishi uchun surunkali azoblarga giriftor qilish voqealari bilan boshlanadi. Qiynoqlardan zerikib ketgan Yan oxir oqibatda Simen` Naoning aybsiz ekanligi, nohaq qatl etilganligi, qishloq va dehqonlarning ravnaqi uchun qilgan ishlari haqida tinglashga majbur bo’ladi. Rahmi kelgan do’zah imperatori mazlum fermerga yerga qaytishning olti imkonini beradi. Simen Nao chindan ham insonlar orasiga qaytadi, biroq… odam bo’lib emas, balki oldin eshak, keyin ot, so’ngra cho’chqa, maymun va nihoyatda katta boshli Lan Syansuy ismli bola bo’lib qaytadi. Fermer o’z o’limidan keyin xitoy jamiyatida ro’y bergan so’nggi 50 yillik voqealarni evrilgan jonivorlar nigohi orqali ko’rib, talqin qiladi.
Garchi syujetning bu xil talqini Shved akademiklari yoki umuman G’arb olamining xitoy mumtoz adabiyotidan bexabar adabiyotshunoslari uchun yangilik bo’lsa-da, Mo Yan va Uzoq Sharq adabiyoti uchun bu odatiy hol. Ularda bu va narigi dunyodagi hayot, insonning turli jonivorlar qiyofasida qayta tug’ilishlari odatiy voqea kabi tasvirlab beriladi.
Mo Yan 11 roman, 30 qissa va 80dan ortiq hikoya, 5 esselar to’plami, to’la asarlarining to’plami, 9 kinostsenariya va 2 p`esa muallifidir. Ularning eng mashhurlari — «Hayot va o’lim charchoqlari»,«Qizil gaolyan» (1987), “Sarimsoqpiyoz balladalari” (1988), «May mamlakati» (1992), «Qaddu qomat» (1996), «41 qurol» (2003) va «Sandal daraxtining qiynoqlari» (2004). 2013 yilga qadar Mo Yan`ning ingliz tiliga 7 ta, frantsuz tiliga 17 ta, nemes tiliga 5 ta (2 tasi tarjima qilinmoqda), yapon tiliga 11 ta, ital`yan tiliga 4 ta, ispan tiliga 4 ta, polyak tiliga 2 ta, shved tiliga 2ta, v`etnam tiliga 2 ta, rus tiliga 1 ta asari tarjima qilingan.
Mo Yan adabiy faoliyatini 1981 yili boshlagan. Dastlabki asarlarini an’anaviy realistik uslubda yaratdi. Bunda muallif bayon qiluvchi — uchinchi shaxs sifatida namoyon bo’ldi. Bu xil asarlar sirasiga «Bahor tunidagi yomg’ir», «Quruq daryo», «Kuzgi suvlar», «Xalq musiqasi» asarlari mansubdir. 80 – yillarning o’rtalariga kelib adib bayon uslubini sezilarli darajada murakkablashtirdi.
Chin ma’nodagi mashhurlik bir necha yillardan keyin – «Sirti qizil, ichi shaffof sholg’om” (透明的红萝卜 “Toumin de xunlobo”) asari e’lon qilingandan keyin keldi.
Adibning 1986 yil nashr bo’lgan «Qizil gaolyan» (3) (“红高粱”, “ Hong Gaoliang ”) qissasi «Yilning eng yaxshi qissasi» nominatsiyasi buyicha XXRning milliy mukofotiga sazovor bo’ldi. 2000 yilda Asiaweek haftaligi «Qizil gaolyan» asarini XX asr xitoy adabiyotining eng yaxshi 100 ta asari ro’yxatiga kiritdi. Hajmi katta bo’lmagan mazkur asarda 1930 – yillarda antiyapon urushi fonida bir oilaning tarixi hikoya qilinadi. Izchillikka rioya qilinmagan voqealar silsilasi asar ishtirokchilarining nevarasi tilidan bayon qilinadi.
Bir yildan keyin asarning Chjan Imou tomonidan ekranlashtirilishi esa unga olamshumul shuhrat keltirdi (XXR, 1987, 90 min.). Bu kino asari « yangi xitoy kinosi» turkumida eng mashhur bo’lgan asarlar sirasida tanildi. «Qizil gaolyan» dunyo kinomatografiyasida «xitoycha parvoz» asriga debocha bo’ldi va kino san’ati olamida rejissyor Chjan Imou va aktrisa Gun Li nomlarini tanitdi, fil`m AQSH tijorat kinosanoati videoprokatiga tushgan birinchi zamonaviy xitoy fil`mi bo’ldi.
Asar o’n to’qqiz yashar Szyutszi ismli qizni qarzga botgan ota – onasi vino ishlab chiqarish korxonasining egasi – maxov kasalligidan chiriy boshlagan qariyaga erga berish voqealari tasviriga bag’ishlangan. To’y marosimi boshlanib yuborilganda kelin taxti ravonini ko’tarib boruvchilardan biri bo’lgan yosh va jasur yigit Yuy bilan turmushga chiqayotgan Szyutszi o’rtasida iliq munosabat paydo bo’ladi. Qizga nisbatan nohaqlik bo’layotganligiga chiday olmagan Yuy qizni o’g’irlaydi, ikki yosh jo’xorilar qo’ynidan panoh topishadi va otashin ishqiy munosabatlarga berilishadi. Moxov kasaliga chalingan qariyaning noma’lum sabablarga ko’ra o’ldirilishidan keyin Yuy va Szyutszi vino korxonasining egalariga aylanishadi va mashhur bo’lgan gaolyan vinosini ishlab chiqara boshlashadi. Biroq tinch va baxtli hayot yapon bosqini tufayli uziladi. Ikki yosh qishloqdoshlari bilan gaolyan dalalarining himoyasiga turishadi. Yer yuzi qizil qon va alvon – olov rang may bilan sug’oriladi. Ko’pgina dehqonlar kabi Szyutszi ham vafot etadi…
«1987 yili bir qahramon talqiniga bag’ishlangan qissalar turkumiga birlashgan va muallif roman deb atagan « Qizil gaolyan: Oilaviy doston» e’lon qilindi. Asar mazmunan asotir va afsonalar qorishig’idagi shafqatsizlikning bo’rttirilgan tasviriga bag’ishlangan. «Sandal daraxtining qiynoqlari» («Tan`syan sin») romani esa baxshi-jirovlar uslubini yodga soluvchi saj san’ati yordamida, el og’zaki uslubida yaratildi. Roman cevgi tarixiga va 1900 yilgi isyon voqealariga bag’ishlangan bo’lib, unda dahshatli qiynoqlar tasvirlariga ko’p o’rin ajratilgan.
Adib 2011 yilda «Qurbaqa» (“蛙”, “Va”) romani uchun 4 yilda bir marta beriladigan Xitoyning eng obro’li adabiy mukofoti Mao Dun sohibiga aylandi. Roman 2009 yilning eng buyuk kitoblar o’nligidan o’rin oldi. Asar Xitoydagi eng nozik mavzu — tug’ilishning rejalashtirilishiga, ya’ni “Bir oilaga – bir bola” ko’rsatmasining salbiy tomonlari talqiniga bag’ishlandi.
«Qurbaqa» romani ustida adib o’n yil ish olib bordi va uch marta qayta ishladi. Asar shaklan epistolyar janrda yozilgan. Mo Yanning keltirishicha, u inson mohiyatini ochib berish uchun «inson xarakterining laboratoriyasi»ni yaratdi va o’z personajlarini unga joylashtirdi. Asarning bosh qahramoni prototipi Mo Yanning o’z xolasi. U qishloq akusheri sifatida minglab bolalarga bo’lgani kabi yozuvchining tug’ilishiga yordam bergan, biroq keyingi faoliyatini davlat siyosatini hayotga tadbiq qilishga kirishgan. Asarning so’nggida Xolaning ruhiy holatiga katta e’tibor qaratiladi. U loy shaklchalar yasaydigan mahalliy san’atkorga turmushga chiqadi. Erining aynan ushbu hunari tufayli Xola abort vaqtida o’ldirilgan bolalarining bezovta ruhlari ta’qibidan qutuladi.
Mo Yanning fikricha, asarning «Qurbaqa» deb nomlanishida hayotning va ko’payishning timsoli aks etadi, zero qurbaqalar tez urchish xususiyatiga ega. Nomlanishning boshqa bir sababi ham ko’rsatiladi. Xitoy tilida «qurbaqa» xitoy mifologiyasidagi insonning ijodkori, ma’buda va birinchi volida Nyuyvaning nomi kabi jaranglaydi. Demak, asarda insoniyatning tabiiy ko’payish jarayoni va uni cheklashning oqibatlari majoziy tarzda talqin qilingan.
Mo Yanning bir qancha asarlarining rus tiliga tarjimalari ustida ish olib borgan va adibning «May mamlakati» («Szyu go») asarini to’liq tarjimasini amalga oshirgan Igor Yegorovning keltirishicha: « Mo Yan 11 roman yozib tugatdi. Fikrimcha, har bir roman zamonaviy xitoyliklar hayotining ma’lum bir parchasining keng tasviridan iborat» (4). Bu tarjimon «Sharqiy yarimshar («Vostochnoe polusharie»)» forumida Mo Yanning «Qaddu qomat» (Fenju feytun`) romani tarjimasidan parchalar e’lon qildi.

XULOSA
Kurs ishi jarayonidagi izlanishlarimiz natijasida ilmiy ish yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik :
1. Xitoy dramaturgiyasi tarixi uzoq tarixga egaligi va uni yanada chuqurroq o‘rganish keraklgi
2. Xitoyning tili egalarida buyuk iste‘dod sohiblarini namoyon qilish uchun o‘qitish va o‘rganishni yaxshilash;
3. Xitoy adabiyotini o‘rganishni yanada kegn yoyish , shuningdek ta‘lim va kadrlar tayyorlashni yaxshilash maqsadida ta‘limning eski usullarini takomillashtirish, ta‘limning yangi usullarini ilgari surish;
4. Kadrlarni tayyorlash va takomillashtirishni kuchaytirish. Ishonamizki, ushbu yondashuv o‘zbek-xitoy talabalari ta‘lim ko‘nikmalarini, o‘qituvchilarning o‘qitish mahoratlarini yaxshilashga yordam beradi. O‘zbekiston va Xitoy orasidagi do‘stona munosabatlarning izchil rivojlanishi natijasida O‘zbekistonda xitoy dramaturgiyasita‘limi istiqboli yanada ortadi.
5. Xitoy dramaturgiyasi o‘rganuvchilari uchun chekka joylarda ham o‘quv kurslari tashkil qilinishi kerakligi va barcha qiziquvchi o‘quvchilar ham xitoy adabiyotini o‘zi hohlagandek o‘rganishi.
6. Xitoy adabiyotini yangicha usullar bilan o‘rganuvchiga yetkazish.Olib borilgan ish natijasida maktab yoshidagi bolalalrga xitoy dramaturgiyasigrammatikasini o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda xitoy dramaturgiyasigrammatikasini o‘qitishda yuzaga keladigan muammolar borasida ma‘lumotlarning ko‘p miqdori tahlil qilindi. Bugungi kunda xitoy adabiyotining xalqaro muloqot tiliga aylanishi borasidagi g`oya yanada ommalashib bormoqda. Xitoy dramaturgiyasigrammatikasi yetarlicha oddiy va u pragmatik tamoyillarga asoslangan, unda ortiqcha hech narsa yo‘q. Barcha boshlovchilar uchun tanishish lozim bo‘lgan grammatikaning ilk qoidasi – bu xitoy adabiyotidagi so‘zlar tartibidir. Gap shundaki, xitoy adabiyotida so‘zlar tartibi o‘ta jiddiy: birinchi o‘rinda ega, ikkinchi o‘rinda kesim va oxirgi o‘rinda to‘ldiruvchi turadi. Bularni o‘rgatish jarayonida faqtgina nazariyb usullardan emas yuqorida keltirib o‘tilgan usullarndankeng foydalanilsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Maktab yoshidagi bolalarga grammatikaga o‘rgatishning asosiy muammosi yuqorida qayd qilingan barcha talablarga javob beruvchi xitoy dramaturgiyasitayanch darsligining mavjud emasligidir. Buning oqibatida biz ta‘lim jarayonining oyoqdan boshga to‘ntarilgan tuzilmasiga egamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI



Download 60.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling