Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xitoyshunoslik fakulteti


Download 60.99 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi60.99 Kb.
#1631894
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zoxidova Nafosatning kurs ishi1

I BOB. Xitoy tili tarixi
Xitoy tili (汉语/漢語, pinyin: Hànyǔ; 华语/華語, Huáyǔ; yoki 中文, Zhōngwén) Xitoy Xalq Respublikasi,TayvanGang KongMakau va Singapurning rasmiy tili. Bugun Xitoy tilida 1.136 milyard kishi soʻzlashadi.Xitoy tili — xutoy-tibet tillari oilasiga mansub tillardan biri. XXRning rasmiy davlat tili. Unda XXRning 92% aholisi — 1 mlrd. 292 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi (2003 y.). Xitoy tili, shuningdek, Indoneziya, Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur, Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida tarqalgan (30 mln.dan ortiqkishi soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.
Xitoy tilida asosan, 7 lahja guruhi farqlanadi: 1) shim. (bu lahjada 70% kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy Xitoy tiliga asos boʻlgan); 2) u; 3) syan; 4) gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar fonetik va leksik jihatdan oʻzaro katta farq qiladi, hatto lahjalarning vakillari bir-birlarini tushunmay qoladilar; biroq ularning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi yagonadir. Lahjalar muntazam tarzdagi tovushiy mosliklar orqali oʻzaro bogʻlangan. Xitoy tilining fonetik meʼyorlari Pekin sh. talaffuziga asoslanadi.
Xitoy tili ga oid qad. yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga oid. Qad. adabiy yodnomalar — "Shutszin" ("Tarix kitobi") va "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi") mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qad. adabiy Xitoy tili — venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli tildan uzokdashib, mil. 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til — bayxua vujudga keladi; shim. bayxua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili — putunxua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos boʻldi. 20-asrning 1-yarmida putunxua qad. Xitoy tili — venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til boʻlib qoldi.
Xitoy tilida bir boʻgʻinli soʻzlarga nisbatan ikki boʻgʻinli soʻzlar koʻproq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq boʻgʻinli soʻzlar ham koʻpaymoqda. Soʻz yasalishi soʻz qoʻshish, affiksatsiya va konversiya (bir soʻz turkumidan boshqa soʻz turkumiga oʻtish) orqali amalga oshadi. Soʻz yasash qoliplari soʻz birikmalari qoliplariga oʻxshash boʻlganligidan baʼzan yasama, qoʻshma soʻzlarni soʻz birikmalaridan ajratib olish qiyin..
1.1Xitoy tilini o’qitish pedagagik uslublari
Tarjima xalqlar o’rtasidagi do’stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kengayishiga hizmat qiluvchi qudratli quroldir.Barkamol avlodni shakllanishida chet tillarni o’rganish, ayniqsa, xitoy tilidagi asarlarni tahlil qilishga bag’ishlangan ko’plab darslik, o’quv qo’llanmalarning yaratilishiga zamin aynan o’quv uslublar yozishdan zamin, poydevor yaratiladi.So’zimizning isboti sifatida Prezidentimiz I.A.Karimovning: “ Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf–odatlari, tili va ruhi negiziga qurgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg’unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg’usini odamlar qalbi va ongiga yetkazish, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlik va sabr – bardoshlikni, adolat tuyg’usini , bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo’lida hizmat qilmog’i lozim”,- degan so’zlarini keltirishimiz mumkin.
Insoniyat yaratgan ma’naviy madaniyat yahlit butunlikdir. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “...jamiat ma’naviyatsiz ma’naviy – ahloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Uni pisand qilmagan jamiyat pirovard oqibatda tanazzulga yuz tutadi.”Bugungi kunda O’zbekistonning dunyo hamjamiyati bilan integratsiyalashuv jarayoni faol rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanish ularning tilini ham o’rganish dunyo talablaridan biriga aylanib bormoqda. Shular qatorida XXR bilan ham munosabatlar mustahkamlanib bormoqda.“O’zbekiston- Xitoy” do’stlik jamiyati xalqlarimizning do’stlik rishtalari va madaniy aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo’shmoqda. 1998 yilda tuzilgan ushbu tashkilotning asosiy vazifasi ikki mamlakat fuqarolarini O’zbekiston va Xitoy tarixi, madaniyati va san’ati, xalqlarimizning urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Pekin shahrida 2005 yilda o’z vakolatxonasini ochgan “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi “jamg’armasi milliy madaniyatimiz, qadriyat va an’analarimiz hamda boy tarixiy merosimiz va betakror san’atimizni Xitoyda keng targ’ib etishga xizmat qilmoqda.Ta‘lim jarayonida oʻz-oʻzidan oʻqitish uslubi toifalari ham alohida ahamiyatga ega. Oʻqitish uslublari roʻyxati va quyida bayon etiladigan sharhlar minglab test hamda sotsiologik tadqiqotlarga asoslanadi. Tabiiyki, oʻqitish uslublarining yoʻnaltirilganligi ayrim fikrlariga ishora qilish mumkin, ammo odamlarni tavsiflashga asos boʻla olmaydi.
Aniq Tajriba (AT) asosidagi yuqori natijalar oʻqishda tajribaga asoslanuvchi ta‘sirchan shaxsga ishora qiladi. Bunday odamlar yuritadigan fikrlar eng avvalo hissiyotga asoslangan boʻladi. Odatda yuqori ATli bunday shaxslar dilkash va ―odamlarga yoʻnaltirilgan ‖ boʻladilar. Ular koʻp hollarda nazariyani arzimas narsa deb biladilar va har bir vaziyatni alohida xususiy holat sifatida talqin qilinishini afal koʻradilar. Yuqori ATli odamlar oʻzlarining oʻqitishga yondashuvida nufuzlilr (avtoritetlar)dan koʻra boshqa qatnashchilarni nazarda tutadilar va koʻproq boshqa yuqori ATli oʻquvchilar bilan oʻzaro aloqa va munozaraga kirishadilar.
(Mavhum) Abstrakt Kontseptuallash (AK) asosida yuori natijada aksariyat holatda oʻqitishda mantiqiy tafakkur va ratsional baholashga tayanuvchi analitikhamda konseptual yondashuvchi ifodalaydi. Yuqori AKli odamlar odatda boshqa odamlarga nisbatan narsalar va ramzlarni nazarda tutadilar. Ular shaxsiz vaziyatlarda, avtoritetlarga amal qilib, nazariya va sistematik tahlilga asoslanib yaxshiroq oʻqiydilar. Oʻqitishning strukturalashmagan metodlarni, maqsadi yangi bilimlarni ―kashf qilish‖ hisoblanadigan mashq va simulyatsiyalar yuqori Shaklidir.
Faol Eksperiment olib borish (FE) asosidagi yuqori natija, oʻqitishdagi yuqori saviyada eksperiment olib borishga asoslanadigan faol, ―amaliy‖ yoʻllanganlikni ifodalaydi. Yuqori FEli odamlar loyihlar tuzishda, uy vazifalarida yoki kichik guruhlardagi ishda ishtirok etganlarida yaxshiroq oʻqiydilar. Ular ma‘ruzalar kabi passiv vaziyatlarga bardosh bera olmaydilar. Odatda bular qiziqishlari tashqi dunyoga yoʻnaltirilgan eksravertiv shakllardir.
Reflektiv Kuzatish (RK) asosidagi yuqori natija oʻqitishga reflektiv, passiv va shartli yondashuvni iodalaydi. Yuqori RKli odamlar e‘tibor berib kuzatish asosida oʻzlarini maxsus fikrlarini shakllantiradilar va oʻqitishning, ularga kuzatuvchi rolida qolish imkonini beradigan ma‘ruzalar kabi shaklini afzal koʻradilar. Odatda bunday odamlar ichki dunyoga qaratilgan introvert odamlar hisoblanadilar.
Chet el texnologiyasiga oid xitoy tili oʻqitishning interfaol metodlari.
Xorijiy hamda hamdoʻstlik mamlakatlarida amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan ta‘lim-tarbiya berishning interfaol metodlari orqali dars oʻtish oʻzining samarasini bermoqda.. Bugungi kunda bizning mamlakatimiz oliy va oʻrta maxsus ta‘lim muassasalarida ―Aqliy hujum‖, ―Rolli oʻyinlar‖, ―BBB jadvali‖, ―Bahs-munozara‖, ―Zig-zag‖, ―FSMU‖, ―Insert‖, ―Venna diagrammasi‖, ―Skarabey‖, ―Keys‖, ―Bumerang‖, ―Sinkveyn ‖, ―Delfi‖ shu kabi bir qator interfaol metodlardan keng foydalanilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarda har tomonlama ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash, bilim, koʻnikma, malakalarini shakllantirish va shu asosda oʻquvchilarning ilmiy-dunyoviy qarashlarini rivojlantirish, ularning barkamol shaxs sifatida erkin fikr yurita olishligini, oʻziga boʻlgan ishonchni mustahkamlashdan iborat.
Ta‘lim olish Inson hayotidagi juda muhim jarayon hisoblanadi. Ta‘lim jarayoni insonni umri davomida mustahkamlanib bormogʻi lozim.
“Lyao Jay Jeyi” rivoyatlari dunyoning ko’p tillariga tarjima qilingan. “G’arb va Rus adabiyoti tarixchilari ham Pu Sungling novellalariga yuqori baho berganlar hamda yozuvchining yuzdan ortiq novellasini g’arb va rus tillariga tarjima qilganlar. G.Djaylz yozuvchining novellalarini “Ming bir kecha” ertaklari bilan tenglashtiradi. Italyan yozuvchisi Di Giura esa Pu Sungling asarlarini tarjima qilib , “Lyaojay jeyi” asarini Xitoyning “Dekameron”i deb atash mumkinligini aytadi.”5 O’zbek tiliga esa, birinchi marotaba dots. M.X. Mahmudxo`jayev hamda f.f.n.dots. J.T.Ziyamuhamedov tomonidan tarjima qilinib nashrga tavsiya etildi. Mazkur kitobning birinchi va ikkinchi qismlarida berilayotgan Pu Sunglingning 112 betdan tashkil topgan 19 ta rivoyati 1984 yili Pekin tillar instituti tomonidan tayyorlanib, chop etilgan “Lyao Jay rivoyatlari” kitobidan tarjima qilindi.
Pu Sunglingning asarlari xalq orasida folklor sifatida tarqalgan afsona, shuningdek rivoyatlarga asoslangan. U afsona va rivoyatlar yozuvchining qalamiga tushgandan so’ng zamon talabiga mos ravishda sayqallanib, badiiy tus olgan. Shu sababli, uning o’ziga “Lyao Jay” deb tahallus qo’yishi bejiz emas. Chunki bu ism xitoy tilida “suhbatxona” yoki “nonushta vaqtidagi suhbat” ma’nolarini anglatadi.6 Yozuvchi o’zining har bir asarini ko’p izlanishlar jarayonida mexnatkash omma bilan suhbatlashish va unga ijodiy yondashishlar orqali yaratgan.
“Pu Sungling asarlari orasida yorqin ko’zga tashlangani bu “Lyaojay Jeyi”, ya’ni “Lyaojayning rivoyatlari” nomli asaridir. Bu asar 16 jilddan iborat bo’lib , 491 hikoyani o’z ichiga olgan va birinchi marotaba 1766 yilda chop etilgan.”7
Pu Sunglingning “Lyaojay rivoyatlari” to’plami hozirda xitoy tilidan tarjima qilingan asarlar ichida eng yangisi hisoblanadi. Shuning uchun ushbu asarni magistrlik dissertatsiyasi uchun qisman bo’lsa-da mavzu qilib tanladik. Ushbu asar tarjimasi qiyosiy jihatdan ilk bora o’rganilmoqda. 

Xitoy novellisti Pu Sunglinning hayoti va ijodi bilan tanishish hamda uning ijodida milliy koloritning ifodalanishini o`rganish; 


  • Lyao Jayning xitoy adabiyotida tutgan o`rni va ahamiyatini tadqiq etish: 


  • asar tarjimasida milliy koloritning qayta yaratilishini tahlil qilish; 


  • Tarixiy so`zlar tarjimasida milliy koloritning ifodalanishini bayon etish; 


  • Novellalarda tarixiy an`analarning aks ettirilishini o`rganish va tahlil qilish; 


  • Lyao Jay novellalarida milliy koloritning ifodalanishini tadqiq etish . 





Download 60.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling