Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xitoyshunoslik fakulteti
Download 60.99 Kb.
|
Zoxidova Nafosatning kurs ishi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati
Tadqiqot obyekti bo’lib Pu Sunglingning “ Lyaojay rivoyatlari” to’plamining Pekin tillar institutida xitoy tilida chop etilgan nusxasi hizmat qiladi.
Tadqiqotning metodologik asosi va asosiy ilmiy metodi. G’.Salomov,8 J.Sharipov,9 N.Komilov, N.Otajonov, A.Umarov , Q.Musayev,10 Z.Isomiddinov kabi o’zbek va boshqa qardosh xalqlar tarjimashunoslarining badiiy tarjima, tarjimon mahorati, tarjimada muallif uslubi, tarihiy va milliy koloritning qayta yaratish masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlari tadqiqotning metodologik asosini tashkil etdi. Dissertatsiyada asosan qiyosiy metoddan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ilmiy ishning yangiligi, avvalo, dots. M.X. Mahmudho’jayev va dots. J.T.Ziyamuhamedovlar tomonidan bevosita xitoy tilidan o’zbek tiliga o’girilgan Pu Sungling qalamiga mansub “Lyao Jay rivoyatlari” to’plamining birinchi marta tadqiqot ob’yekti qilib olinganida ko’rinadi va mazkur asar tarjimasi misolida xitoy tilidan o’zbekchaga tarjimada milliy koloritning qayta yaratilishi, badiiy tarjimaning hamisha qiziqarli va murakkab muammosi bo’lib kelgan frazeologizmlarning tarjimada berilishi va shunga o’xshash bir qator masalalarning o’rganilganligini ham tadqiqotning ilmiy yangiliklari sirasiga kiritish mumkin. Xitoy adabiyotidan tarjimaning ayrim konkret masalalariga bag’ishlangan bu kabi ishlar kelgusida yaratiladigan yaxlit tadqiqotlar yo’lidagi o’ziga xos bosqichlar hisoblanishi bilan ham o’ziga hos ilmiy ahamiyat kasb etadi.Yana shuni ta’kidlash lozimki , birinchi marotaba xitoy tilidagi asarlarda milliy kolorit tushunchasi o’rganildi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati Pu Sunglingning “Lyaojay rivoyatlari” to’plami tarjimasi misolida xitoy adabiyotidan o’zbek tiliga tarjimada milliy koloritning qayta yaratilishi bir necha yo’nalishlar bo’yicha keng o’rganilgan. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi kelgusida xitoy tilidan o’zbek tiliga tarjima muammolari bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlar uchun yordamchi manbalardan biri bo’ladi, deb o’ylaymiz. Ushbu magistrlik ishining asosiy natijalaridan oliy o’quv yurtlarida qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti, tarjima tarixi va tanqidi fanlari bo’yicha mashg’ulotlar olib borish, maxsus kurslar o’qish, turli uslubiy tavsiyanomalar, darsliklar va qo’llanmalar yaratishda foydalanish mumkin. Download 60.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling