Toshkent davlat texnika universiteti boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo’llanma


Download 287.6 Kb.
bet1/9
Sana03.11.2023
Hajmi287.6 Kb.
#1742839
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan usluby qo`llanma 001

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA


MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ABU RAYHON BERUNIY NOMli


TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan
kurs loyihasini bajarish uchun
USLUBIY QO’LLANMA

TOSHKENT – 2010


Boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo’llanma. Tuzuvchi: Umarova I.K., Yakubjanova M.E-Toshkent, Tosh DTU, 2010-25 bet.

Uslubiy qo’llanma «Boyitish fabrikalarini loyihalash» fanidan bajariladigan kurs loyihasiga qo’yiladigan talablar keltirilib, unda loyihalash maqsadi va vazifalari, hajmi, maydalash va yanchish sxemalarini tanlash, asoslash, hisoblash, ularda ishlatiladigan dastgohlarni hisoblash va tanlash, suv sarfi sxemasini hisoblash hamda suv balansini tuzish bo’yicha ko’rsatmalar aniq misollarda berilgan.


Konchilik ishi kafedrasi.

Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent Davlat Texnika Universiteti ilmiy–uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va nashr etishga tavsiya etilgan.

Taqrizchilar: prof. Maxsumova O.S. ToshKTI


dots. Musaev M. ToshDTU


Topshiriq

«Boyitish fabrikalarini loyihalash» fanidan kurs loyihasini bajarish uchun topshiriq rahbar tomonidan imzolangan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan standart blankda beriladi.


Topshiriqda boyitish fabrikasining ishlab chiqarish unumdorligi, fabrika sexlarining ish tartibi, konni qazib olish usuli, dastgohlarni ishlatish koeffitsienti, rudadagi eng katta bo’lakning o’lchami, maydalangan mahsulotdagi eng katta bo’lakning o’lchami, rudaning namligi, zichligi va h.k. lar ko’rsatiladi.
Kurs loyihasida texnologik sxemani tanlash va asoslash, maydalash va yanchish sxemalarini tanlash va hisoblash, elash, maydalash, yanchish, klassifikatsiya va boshqa jarayonlar uchun dastgohlarni tanlash va uni fabrikada joylashtirish, suv sarfi sxemasini hisoblash kabi amallar bajariladi. Bosh binoda dastgohlarni joylashtirish sxemasi keltiriladi.
Kurs loyihasini bajarish uchun topshiriqda ko’rsatilmagan ma’lumotlar talaba tomonidan boyitish fabrikalarini loyihalashga doir adabiyotlarni o’qib taxlil qilish hamda universitetda maxsus fanlarni o’qish va amaliyotlarni o’tish davrida olgan bilimlariga tayanib, mustaqil tarzda qabul qilinadi.


    1. Download 287.6 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling