2.5. Suv sarfi sxemasini loyihalash va hisoblash.
Suv balansi
Suv sarfi sxemasini loyihalashning maqsadi operatsiyalardagi suyuqlikning qattiq zarrachalarga (S:Q) nisbatini, operatsiyalarga qo’shiladigan va buning aksicha mahsulotlardan ajralib chiqadigan suvning miqdorini, sxemalardagi mahsulotlar uchun S:Q nisbatini, boyitish fabrikasining suvga bo’lgan umumiy ehtiyojini aniqlash va suv bo’yicha balans tuzishdan iborat.
Sxemani hisoblash uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz.
Rn– suyuqlikning qattiq zarrachalarga nisbati, son qiymati (m3 suv/1 t qattiq zarrachaga teng);
Wn– operatsiya yoki mahsulotdagi suvning miqdori, (m3/ vaqt birligida);
Ln– operatsiya yoki mahsulotga qo’shiladigan suvning miqdori (m3/ vaqt birligida);
Sn– mahsulotning namligi, %;
– mahsulotdagi qattiq zarrachalarning zichligi, t/m3;
Vn– bo’tananing hajmi, m3/ vaqt birligida;
Ln– alohida operatsiyalarga qo’shiladigan toza suvning sarfi, m3/ t;
(9)
(10)
(11)
;
(12)
Suv sarfi sxemasi quyidagi tartibda hisoblanadi
Dastlabki ko’rsatkichlarning son qiymati belgilanadi.
Yordamchi jadval tuziladi va sifat sxemasidan mahsulotlarning og’irligi va dastlabki ko’rsatgichlar yoziladi.
Wn=Rn Qn formula orqali dastlabki ko’rsatgichlar bo’yicha R ning qiymati, mahlum mahsulotlar va operatsiyalar uchun suvning miqdori hisoblanadi va yordamchi jadvalga yoziladi.
Balans tenglamalari orqali alohida mahsulotlarga qo’shiladigan suvning miqdori aniqlanadi va bir vaqtning o’zida sxemaning barcha mahsulotlaridagi suvning miqdori aniqlanadi.
(9) formula orqali Rn ning qiymati aniqlanadi.
(12) formula orqali xamma mahsulotlar va operatsiyalar uchun bo’tananing xajmi hisoblanadi.
Suv sarfi sxemasini hisoblashning natijalari jadval va grafik tarzida beriladi.
Boyitish fabrikasi bo’yicha suv balansi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |