Toshkent davlat texnika universiteti boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo’llanma


Dastgohlarni hisoblash va tanlash


Download 287.6 Kb.
bet3/9
Sana03.11.2023
Hajmi287.6 Kb.
#1742839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boyitish fabrikalarini loyihalash fanidan usluby qo`llanma 001

2.4. Dastgohlarni hisoblash va tanlash
Loyihalashning bu bo’limida boyitish fabrikasida qo’llanilishi mo’ljallanayotgan, ishlatilayotgan elaklar, tegirmonlar, klassifikatorlar va boshqa dastgohlarni hisoblab, taqqoslab maqbulini tanlash ko’zda tutiladi.

  1. Elash uchun panjarali, giratsion, inertsion, vibratsion elaklar tavsiya qilinadi.

Panjarali elak panjarasining yuzasi quyidagi formuladan aniklanadi:

bu yerda: Q–elakning ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat;
–panjaralar orasidagi masofa, mm.
Dastlabki mahsulot tarkibida yirik bo’laklar ko’p bo’lsa, elakning kengligi V eng katta bo’lak o’lchamidan kamida 3 marta, kam bo’lsa 2 marta ortiq olinib, 100 mm qo’shiladi. Elakning uzunligi kengligidan 2 marta katta, ya’ni deb qabul qilinadi va amalda 3,5 dan 6 m gachani tashkil qiladi.
Inertsion va vibratsion elaklarning ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi.
(2)

bu yerda: F–elakning ishchi maydoni, m­2;


q – elak 1 m2 yuzasining solishtirma ishlab chiqarish
unumdorligi, m3/soat; 2.9. jadval [1]
– mahsulotning sochma zichligi, t3/m;
k, l, o, – tuzatish koeffitsientlari (30–jadval) [1].



  1. Tegirmonlarni tanlash uchun bir necha tegirmonlar taqqoslanadi va eng maqbul variant qabul qilinadi.

Loyihalanayotgan tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan hisoblab topiladi, t/m3 soat.
(3)
bu yerda: q1– boyitish fabrikasida ishlatilayotgan tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi, t/m3 .soat.
Ku– loyihalanayotgan va hozirda fabrikada qayta ishlanayotgan rudaning yanchiluvchanligidagi farqni hisobga oluvchi koeffitsient.
Kk– loyihalanayotgan va amalda ishlab turgan fabrikadagi mahsulotning dastlabki va oxirgi o’lchamlaridagi farqni hisobga oluvchi koeffitsient;
KD–loyihalanayotgan va ishlab turgan tegirmonlar barabanining diametridagi farqni hisobga oluvchi koeffitsient.
KT –loyihalanayotgan va ishlab turgan tegirmonning turidagi farqni hisobga oluvchi koeffitsient.
Ku koeffitsientining qiymati laboratoriya sharoitida boyitiladigan rudani yanchishda yangidan hosil bo’ladigan sinf bo’yicha tegirmonning ishlab chikarish unumdorligini taqqoslash uchun qabul qilingan etalon rudani yanchishda ishlatiladigan tegirmonning ishlab chikarish unumdorligiga nisbatidan aniqlanadi(0,92-0,95).
koeffitsientining qiymati
(4)
formuladan aniqlanadi.
bu yerda: –amalda ishlab turgan boyitish fabrikasidagi tegirmonning hisoblanuvchi sinf bo’yicha nisbiy ishlab chiqarish unumdorligi;
–shuning o’zi loyihalanayotgan ruda uchun. (32, 33 jadval) [1].
KD– koeffitsientining qiymati
(5)
formuladan aniqlanadi. Bu yerda D va D1 – loyihalanayotgan va etalon tegirmonlar barabanlarining diametri;
Kt koeffitsientining qiymati 1,10–1,15 orasida qabul qilinadi.
Tegirmonning dastlabki ruda bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:


(6)

bu yerda: V– tegirmon barabanining hajmi, m3.


va – – 0,074 mm li sinfning oxirgi va dastlabki mahsulotdagi miqdori, %.
Hisoblashlar oxirida berilgan ishlab chiqarish unumdorligini tegirmonning ruda bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligiga bo’lib, tegirmonlar soni aniqlanadi va asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha tegirmonlar o’rnatish variantlari taqqoslanadi.
3. Tanlangan klassifikator talab qilinadigan ishlab chiqarish unumdorligini ham quyulma bo’yicha, ham qum bo’yicha tahminlashi kerak.
Spiralli klassifikatorlarning quyulmadagi qattiq zarrachalar bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi klassifikatorning o’lchami va tubining qiyalik burchagiga, quyulmaning yirikligiga, zichligiga, klassifikatsiyalanuvchi mahsulotning granulometrik tarkibiga, quyulmaning zichligi va bo’tananing qovushqoqligiga bog’liq.
Spiralli klassifikatorning quyulma bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan hisoblanadi:


(7)

bu yerda: m– spirallar soni.


– quyulmaning yirikligiga tuzatish koeffitsienti
(42–jadval) [1];
– rudaning zichligiga tuzatish koeffitsienti;
– quyulmaning zichligiga tuzatish koeffitsienti
(43–jadval) [1]
– klassifikator tubining qiyalik burchagi ga tuzatish koeffitsienti.





14

15

16

17

18

19

20



1,12

1,10

1,06

1,03

1

0,97

0,94

Spiralli klassifikatorlarning qum bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
(8)
bu yerda: n– spirallarning aylanish chastotasi, 1/min;
Hisoblashlarni soddalashtirish uchun D3 va D1,765 ning qiymatlarini standart klassifikatorlar uchun keltiramiz.



D, m

0,3

0,5

0,75

1,0

1,2

1,5

2,0

3,4

3,0

D1,765

0,12

0,27

0,60

1,00

1,38

2,04

3,40

4,70

6,97

D3

0,027

0,11

0,422

1,00

1,73

3,38

8,0

13,62

27,0




Download 287.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling