Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya
Download 0.59 Mb.
|
Mirzaliyev Sharofiddin (2)
II bob. Texnologik bo’lim
2.1. Yanchish jarayoni nazariyasi Tegirmonni tanlash dastlabki mashg’ulotning yirikligi va fizik xossalari (qattiqligi, qovushqoqligi, zichligi ) ga, kerakli yanchish darajasi va yuzasini ochish, yanchilgan mashg’ulotning granulometrik tarkibi talab qilinadigan ishlab chiqarish unumdorligiga bog’liq bo’ladi. Yanchish darajasi ko’yidagi asosiy omillarga bog’liq:
Xom ashyoni yanchish ko’pgina sanoat tarmoqlarida keng tarqagan texnologik jarayon hisoblanadi. Rangli metallurgiyada flotatsiya va gravitatsiya usullarida boyitish uchun rudani tayyorlash bosqichi sifatida ishlatiladi. Yanchish uchun maxsulotning xossasi va yanchish darajasiga bogliq holda u yoki bu konstruksiyali tegirmon tanlanadi. Tegirmonning asosiy turlari: barabanli, titrama, xalqasimon. Baraban ko’rinishdagi tegirmon keng ko’llaniladi. Foydali qazilmalarni yanchish jarayonlari boyitish fabrikalarida bir yoki bir nechta bosqichda boradi. Yanchish jarayoni ochiq va yopiq siklda borishi mumkin. Yanchish jarayoni qattiq materiallarga fizikaviy ta’sir ettirib uni ezish yanchishdan iboratdir. Yanchish jarayonlarining maydalash jarayonlaridan farqi shundaki, bunda material tegirmondan 5mm dan katta bo’lmagan o’lchamda chiqadi. Yopiq siklda ishlagan tegirmonning samaradorligi yuqori bo’ladi va yanchilgan maxsulotning bir xil o’lchamda chiqishiga yordam beradi. Tegirmonlarning samaradorligi aylanma yuklamaga bog’liq. Aylanma yuklama yopiq siklli jarayon bo’lib tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Tegirmonlar ikki xil bo’ladi.
Tegirmon ichida materialni ezadigan yanchuvchi vosita bo’lsa, buni mexanik tegirmon deyiladi. Va aksincha, tegirmon ichida materialni ezadigan jism bo’lmasa, buni aerodinamik tegirmon deyiladi. Materialni ezadigan jismlarga metall sterjenlar, sharlar, toshlar va boshqalar kiradi. Tegirmonlarning shakli va yanchish usullariga qarab shartli ravishda 5 turga bo’lish mumkin.
Barabanli tegirmonlarning texnik va iqtisodiy samarali ishlashi yanchish tartibiga bog’liq bo’lishi bilan bir qatorda, bo’tananing zichligi va tegirmonning to’ldirilish darajasiga ham bog’liq bo’ladi. Tegirmonni ishlashiga yanchilayotgan materialning xususiyati, tegirmonning himoya qatlamini dastlabki va oxirgi yanchilayotgan mahsulotning o’lchami, uning yanchiluvchanligi, hamda tegirmonning konstruktiv xususiyatlari ham jiddiy ta’sir etadi. Yanchayotgan material sifatida po’lat sharlar, sterjen va ruda bo’laklari ishlatiladi. Tegirmonni ichki katlamini emirilishdan saqlash uchun himoya qatlami olinadi. Yanchuvchi vositaning turiga qarab soqqali, sterjenli, o’zi yanchar va yarim o’zi yanchar tegirmonlari ishlatiladi. Yanchish ko’p hollarda ikki bosqichda olib boriladi. 1-bosqich. O’zida o’zini yanchish. 2-bosqich. Sharli yoki sterjenli tegirmonlarda yanchish. Yanchish tartibi 3 xil bo’ladi:
Tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi omillarga bog’liq:
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling