Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Download 0.59 Mb.
bet5/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1605641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Mirzaliyev Sharofiddin (2)

1.5. Chodak oltin saralash fabrikasi
Chodak oltin saralash fabrikasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli bolib, fabrika asosan oltinnli rudalarni boyitadi. Chodak oltin saralash fabrikasi1970-yilda o`z ish faoliyatini boshlagan. Maskur korxona Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan. Bu korxona yiliga 180ming tonnadan ziyod oltinli rudalarni boyitadi. Fabrikaga kelayotgan rudalar asosan yer osti usulida qazilgan xolatda keladi. Rudalar asosan Pirmurob va Guzaksoy shaxtalaridan keltiriladi. Korxonada 3 bosqichli maydalash jarayoni yanchish jarayoni, quyultirish jarayoni, sianlash jarayoni, filtrlash jarayoni, cho`ktirish va zararsizlantirish jarayonlari tarkib topgan. Fabrikada 200ga yaqin ishchilar mavjud. Davlat tononidan belgilangan ish dasturlar to`liq bajarilmoqda. Oltindan tashqari kumush va boshqa melallar ham boyitiladi. Metallurgiya jarayonlarini bajarish maqsadida asosiy korxonaga yuboriladi

-rasm. Chodak oltin sarash fabrikasi

1.6. Jahon miqiyosida O`zbekiston oltinining holati
2022-yilda markaziy banklar tomonidan yillik oltin sotib olish hajmi so‘nggi 55 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. O‘zbekiston ham o‘tgan yilda o‘z oltin zaxiralarini 34 tonnaga boyitdi. Bu haqda “Daryo”ga Jahon Oltin Kengashining hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon markaziy banklari 2022-yilda o‘z zaxiralariga 70 milliard dollarga teng 1136 tonna oltin qo‘shdi, bu 1967-yildan beri eng ko‘p ko‘rsatkichdir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon markaziy banklari 2022-yilda O‘zbekiston zaxiralariga 70 milliard dollarga teng 1136 tonna oltin qo‘shdi, bu 1967-yildan beri eng ko‘p ko‘rsatkichdir.
Hozirgi vaqtda Markaziy banklar mablag‘ni saqlash vositasi sifatida oltinni tanlamoqda, chunki u notinch vaqtlarda o‘z qiymatini saqlab qolishi kutilyapti.
Shuningdek, qimmatbaho metall valyuta va obligatsiyalardan farqli o‘laroq, hech qanday emitent yoki hukumatga tayanmaydi.
2022-yilda Turkiya eng ko‘p oltin xarid qilgan mamlakatga aylangan. Uning rasmiy oltin zaxiralari 148 tonnaga oshib, 542 tonnani tashkil etdi. Bu rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
“Yilni sof sotuvchi sifatida boshlaganiga qaramay, O‘zbekiston Markaziy banki yilni oltinning sof xaridori sifatida yakunladi”, — deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanishicha, mamlakatning oltin zaxiralari 34 tonnaga oshgan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston (6 tonna) va Tojikiston (4 tonna) ham asosiy xaridorlar qatoriga kirgan.
Jahon Oltin Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili markaziy banklar tomonidan sotib olingan oltinning taxminan uchdan ikki qismi oshkor etilmagan.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari keskin ko‘paydi
2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat. Dekabr oyida ikkalasi ham ko‘paygan:
valyuta — 1,7 mlrd dollarga ko‘paydi (umumiy 11,6 mlrd dollar);
oltin — 600 mln dollarga ko‘paydi (umumiy 22,46 mlrd dollar).
Dekabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy ko‘paydi. Mamlakat zaxiralarida taxminan 395 tonna oltin bor va noyabrga nisbatan 3 tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2022-yilning noyabr oyida yetti oydan so‘ng ilk marta oltin sotdi. Mamlakatning oltin zaxiralari kamayishiga bu holat ham o‘z ta’sirni o‘tkazgan.
O‘zbekiston nega oltin sotmoqda?
Global oltin narxlari mart oyida 2 050 dollar atrofida shakllangan edi. Biroq geosiyosiy vaziyat oqibatida narxlar yil davomida 1 650 dollardan ham tushib ketdi.
Bu holatda O‘zbekiston ko‘proq oltin sotib ola boshladi va qimmatbaho metallni xarid qilish bo‘yicha jahonda yetakchilardan biriga aylandi.
“Biz uchun ikkita omil bor: joriy narx va kelajakdagi narx. Narx ko‘tarilmoqdami yoki u o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetib, pasayyaptimi? Bu biz izlayotgan daqiqa. Agar narx ko‘tarilayotgan bo‘lsa, kutganimiz ma’qul”, — degan edi O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling