Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Download 0.59 Mb.
bet14/18
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1605641
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Mirzaliyev Sharofiddin (2)

4.3. Shovqinga qarshi kurash
Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarShi kurash muxim masalalar qatoriga kiradi. Shovqinning inson organizmiga zararli ta’sirlari ma’lum.
U birinchi navbatda ishlab chiqarishda mexnat qilayotgan kishilarni ma’naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi apparatlarda ishlayotgan ishchilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni har xil xatolarga yo’l qo’yishlariga olib keladi. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishda jaroxatlar kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi [15]
Inson uchun har qanday yoqimsiz tovushlar shovqin deb ataladi. Tovush to’lqinlari ma’lumchegaragacha tarqalishi mumkin. mana shu chegara oralik tovuSh maydoni deb ataladi. Tovush maydonidagi har bir nuqtada havo zarrachalarining xarakat tezligi vaqt birligi ichida o’zgarib turadi. Bir laxzada qo’zg’atiladigan havo to’liq bosimning ta’sir kuchidan xam bo’lgan havoning o’rtacha bosimiga nisbati tovuSh bosim deb ataladi va R xarfi bilan belgilanadi. Tovush bosimining o’lchov birligi Pa. Odam qulog’i B birlikdagi tovushning o’ndan birini xam yaxshi farqlaydi. Shuning uchun sanoat korxonalarida shovqinni ushlashning dB (desibell) birligi qabul qilingan.
Boyitish fabrikasida shovqin manbalari: maydalagich va eleklar, yanchish bo’limida sharli tegirmonlar, flotomashina impellerlari va boshqalar.
Shovqinning yuqoridagi turlari uchun ruxsat etilgan normasi 85 dB.
Shovqin chiqaruvchi manbalar bo’lib maydalagich, yanchish tegirmonlari, Konsentratsion stol, kompressorlar hisoblanadi. Tovush va titrashning ishjoylaridagi ruxsat etilgan normalari "sanoat korxonalarini loyixalash sanitar normalar KMK2.01.8.96" bilan belgilab berilgan. bu normalarga asosan boyitish fabrikalarida ruxsat etilgan shovqin darajasi 85-90 desibellni tashkil etadi.
Shovqin va titrashga qarshi quyidagi choralar qo’llaniladi:
- Shovqin manbai bo’lgan mashina va mexanizmlarni alohida xonalarga joylaShtiriSh,
- titrovchi mexanizm bilan fundament orasiga elastik materialdan tebranish to’sig’ini o’rnatish,
- titrovchi mexanizmlar yuzini titrashni yutuvchi rezina metariallar bilan qoplash,
- kuchli titrashga ega bo’lgan va sershovqin mexanizmlarni uzoqdan turib boshqarshh sistemasini qo’llash.
Fabrikadagi vibratsiyaning xususiyati umumiy texnologik kategoriyaga mansub. Vibratsiyaning ruxsat etilgan normasi 11 dan 355 Gs.
Tegirmonning xarakatlanuvchi qismlari, reduktorlari, statsionar yig’iladigan to’siqlar bilan to’siladi, dvigatellar metal g’iloflar kiydiriladi. tegirmon va konveyerlarga blokirovka qiluvchi mexanik moslamalar o’rnatiladi va ular nosozlik bo’lganda agregatning yoqilmasligini ta’minlaydi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling