Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya
I bob. OLTINLI RUDALARNING HUSUSIYATLARI
Download 0.59 Mb.
|
Mirzaliyev Sharofiddin (2)
I bob. OLTINLI RUDALARNING HUSUSIYATLARI
1.1. Nodir metallarni ishlab chiqarish tarixi va rivojlanishi Butun dunyoda rudadan rangli metallarni qazib olish jarayoni qimmatlashib bormoqda, buni asosan oltin va kumush misolida ko’rishimiz mumkin. Bunga asosiy sabab qilib quyidagt omillarni keltirishimiz mumkin: -rangli va nodir metall rudalari zaxiralarining kamayishi va bu metallarni olishga ketadigan xarajatlarning oshishi; -xom-ashyo mahsulotlari narxining stabillashuviga milliy va xalqaro bozorlarning doimiy aralashuvlarining kengayishi; -atrof- muhitni muhofaza qilish bo’yicha davlat va xalqaro talablarni bajarish, chiqindilarni zararsizlantirish va chiqindi suvlarni neytrallash jarayonlarining qiyinliligi va qimmatliligi; -xom-ashyo va elektr energiya narxiniig tez sur’atda o’sishi. Shuni e’tiborga olish lozimki, nodir metallarning noyob fizik-kimyoviy xossalari tufayli ularning fan va texnikaning ko’p sohalarida keng qo’llanilishiga olib kelmoqda. Nodir metallarning asosiy vazifasi ularning yuqori narxi sababli belgilangan bo’lib, bu ularning davlat ichki va tashqi iqtisodiyotiga ta’siri bilan aloqadorligidadir. Nodir metallar metallurgiyasi yo’nalishi juda murakkab soha bo’lib uni egallagan mutaxassisdan nafakat oltin va kumushni birlamchi xom-ashyodan ajratib olishni, balki ikkilamchi xom-ashyodan ajratib olishni, boyitish jarayonlarini, gidrometallurgiya, pirometallurgiya jaryonlanrini chuqur bilishni talab qiladi. Nodir metallar guruhiga oltin, kumush va platina guruhi metallari ruteniy, palladiy, osmiy, iridiy, platina kiradi. Oltin, kumush, mis va sof temir bilan birga birinchi metall sifatida qadimdan insoniyatga ma'lum. O‘zining jozibadorligi va jilosi bilan odamlar e'tiborini o‘ziga tortib kelgan bu metall eramizdan avvalgi 8000-12000 yillarda qazib olina boshlagan. O‘sha davrdayoq oltin taqinchoq, zeb-ziynat va boshqa maishiy jihozlar ishlab chiqarishda ishlatilgan. Qadimgi asrlarda oltin va kumush Yevropa va Yaqin Sharq, Xitoy, Hindiston xalqlari tomonidan ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan va ishlatilgan. Qadimgi grek va rimliklarda oltin qazib olish yuqori darajada bo‘lgan. Qadimgi zamonda asosiy oltin qazib olish markazlari: Afrika, Kichik va O‘rta Osiyo, Ispaniya, Kavkaz, Vengriya, Chexiya, Armaniston va Ural, Sibirning tog‘li rayonlari hisoblangan. Qadimgi vaqtda quldorlik va feodal muhitida oltin qazib olish, qayta ishlash faqatgina qo‘l mehnati yordamida amalga oshirilgan. Ruda bo‘laklarini maydalash ham qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Oltinning yirik bo‘lakchalarini ushlab qolish hayvonlar terisi va tarnovlarda yuvish bilan amalga oshirilgan. O‘sha davr taraqqiyotidan bizgacha metallarni eritish, oltin va kumush- qo‘rg‘oshin qotishmasidan kupellash usuli bilan ajratib olish, hamda kislotalar yordamida oltin va kumushni ajratib olish usullari yetib kelgan. Bundan tashqari, oltinni yog‘li yuzaga ushlab qolish va ajratib olish usuli eramizdan avvalgi 5000-yillarda ma'lum bo‘lgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, bundan 2000 yil oldin oltinni ajratib olish uchun amalgamatsiya usuli ishlatilgan. Rim imperiyasi qulab, feodal munosabatlar rivojlangan o‘rta asr davrida oltin va kumush qazib olish pasaygan. Yevropa uyg‘onish davrida oltin va kumush qazib olish ham pasaygan. Yevropa uyg‘onish davriga kelib, ayniqsa Amerika qit'asi ochilgandan so‘ng, oltin qazib olish sezilarli oshdi. O‘sha paytda qazib olish ishlarida bir qancha o‘zgarishlar qilindi, jumladan, sochma konlarni gidravlik usulda yuvish, rudami ho’l usulda yanchish, so‘ngra tarnovlarda yuvish, amalgamatsiya jarayonlari tatbiq qilina boshlandi. Qadimgi va o‘rta asrda qazib olingan oltin miqdori 127000 tonnani tashkil etdi. XVII asrda oltin qazib olish asosan Braziliya hisobidan oshdi, chunki o‘sha payt bu mamlakatda oltinning ko‘plab sochma konlari topilgan edi. XIX asr 1-yarmida Rossiya davlati oltin qazib olish bo‘yicha yetakchilikka da'vogarlik qildi, chunki shu davrda Ural va Sibirning oltinga boy sochma konlari ochilib, o‘zlashtirishga kirishildi. Savdoning rivojlanishi, texnika va sanoatning taraqqiy etishi oltin va kumushga bo‘lgan talabni oshirdi, bu esa o‘z navbatida yangi konlar izlab topish va ochishga sabab bo‘ldi. Kaliforniya (1848 y) va Avstraliya (1851 y) ning boy sochma konlarining ochilishi va tug‘ma oltin konlarining topilishi oltin olishning sezilarli darajada o‘sishiga olib keldi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling