Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya
Download 0.59 Mb.
|
Mirzaliyev Sharofiddin (2)
2.4. Sianli eritmalarni tindirish
Cho’ktirish oldidan eritma tip-tiniq bo’lishi kerak, aks holda rux, oltin va kumush zarrachalari ustiga to’g’gridan-to’g’ri kontaktda bo’la olmaydi. Shu sababdan eritma ichida muallaq holda suzib yuruvchi zarralar bo’lmasligi kerak. Quyultirgich va suzgichlardan o’tgan oltin tarkibli eritma maxsus idishlarda tindiriladi. Eritmalarni tindirish uchun qumli, ramli, vakuumli, ramli-pres suzgich, qopli va boshqa suzish qurilmalari qo’llaniladi. Oltin va kumushni cho’ktirishda ruxni qipiq shaklda ishlatishning quyidagi kamchiliklari mavjud: 1. Qipiqni o’sha joyda tayyorlash va uning ko’p sarflanishi. 2. Oltinni to’la cho’ktira olmaslgi. 3. Sinil eritmalarining ko’p sarflanishi. 4. Cho’kmaning toza bo’lmasligi. 5. Ko’p joyni egallashi. 6. Oltining ma’lum qismi aylanma harakatda yurishi. Shu kamchiliklarga ko’ra ruxni qipiq shaklda qo’llash usuli chegaralangan. Nodir metallarni rux kukuni bilan cho’ktirish usuli xozirda ko’pgina zavodlarda qo’llanilmokda. Shu jumladan oltinni rux kukuni bilan cho’ktirish Uzbekistonning Namangan viloyati Chodak oltin ajratish fabrikasida qo’llaniladi. Buning uchun o’ta tindirilgan eritma deaeratsiyalanadi. Rux kukuni ma’lum miqdorda uzluksiz to’kilib aralashtiriladi. So’ngra cho’kma suzib, oltinsiz eritmadan ajratiladi. Suzish uchun vakuum ramli, filtr-pres, qopsimon yoki simli filtrlarni ishlatish mumkin. Bu usulda ishlatilgan rux kukuni, toza navli, 95-97% Zn bo’lgan kukundan foydalanish zarurdir. Unda yirik uvoqlar bo’lmasligi lozim. O’lchami -0,105 mm bo’lgan kukun miqdori 95% dan kam bo’lmasligi kerak. Rux kukuni tez oksidlanishi tufayli uni germetik berk idishlarda taShib, saqlanadi. 3-rasm. Sianli eritmalarni aeratsiyalash uchun vakuum-resiver 1-Yog’och g’o’lalardan panjara; 2-po’kak; 3-eritmaning sathini ko’rsatuvchi; 4-bosimni ko’rsatuvchi; 5-vakuum-nasosga truba; 6-klapan. O’zining katta sirt yuzasiga ega bo’lgan bundan rux kukuni oltinni tez va to’liq qaytarib, cho’ktira oladi. Rux kukuni xar 1 t. eritma uchun oltin konsentratsiyasiga qarab 15÷50 g. gacha sarf bo’ladi. Rux kukuni rux qipig’iga qaraganda bir necha afzalliklarga ega: Kukun, qipiqdan ko’ra arzon Kukun qipiqdan kam sarf bo’ladi. Oltin to’larok cho’kmaga tushadi. Sinil eritmasi kamroq sarflanadi. Aylanma oltin va rux kamayadi. Cho’kma sifati yaxshiroq. Dastgohlar ixchamroq. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling