Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi


Download 3.42 Mb.
bet12/17
Sana08.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1695291
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович

Minorani qurish (montaj qilish).
Xar-xil ko‘rinishdagi minora uchun minorani tiklash ishlari xam xar-xil bo‘ladi. Uralmash 3000,
Uralmash 4000, Uralmash 5000, Uralmash 2000 (A-simon minoralar) da
minorani yig‘ish ishlari gorizontal holatda bajariladi. Bunda kronblok,
balkon, magazin, xarakatlanuvchi sentrator, ko‘tarib-tushirish asboblari
majmuasi va boshqa yordamchi jihozlar – minora gorizontal holatda
bo‘lganda joylashtiriladi. Yuqoridagi ishlar bajarilgandan keyin burg‘ilash
minorasi burg‘ilash chig‘iri yordamida ko‘tariladi. Minorani ko‘tarish 30-
40 minut oralig‘ida davom etadi. A-simon minoraning qulaylik tomoni –
minora gorizontal holatda bo‘lganda, barcha mexanizm va moslamalar
minorani o‘zida joylashtirilgan bo‘ladi. To‘rt oyoqli minoralar uchun
Uralmash 3000 va Uralmash 15000 da maxsus yordamchi ko‘targichlar
mavjud.

VBA-58-400 minorasini tiklashda, pastda alohida qilib yig‘ilgan
seksiyalarni yordamchi kran yordamida pastdan yuqoriga qarab
joylashtirilib boriladi. Xar bir joylashtirilgan seksiyalar bir-biriga ankerli
boltlar yordamida biriktiriladi.
Burg‘ilash minorasidan foydalanish jarayonida quyidagilarga e’tibor
beriladi.
1) minoraning tо‘g‘ri yig‘ilganligi;
2) bolt va tayanchlarining mustahkamligi;
3) Kronblok tagi tо‘sini va kronblaklarning mustahkamligi;
4) minora oyog‘i va detallarining deformatsiyalanmasligi;
5) minora oyog‘ining tо‘g‘ri chiziqliligi va tutashgan joylarining
oralig‘i;
6) payvand choklarining holati;
7) minora muvozanati (geometrisi) ning buzilishi;
8) minora poyodevorlarining texnik holati;
9) minoraning markazi va diagonali bо‘yicha oyoqlari orasidagi
masofa;
10) maydon va zinalarining joylashishi va mustahkamligi;
11) tortqichlarining texnik holati.
Svechaning (shamning)1 uzunligi burg‘ilash minorasining
balandligiga bog‘liq ravishda tanlanadi. Minoraning balandligi 41 metr
bо‘lganda svechaning uzunligi 25-36 metr uzunligida olinadi.
Burg‘ilash asboblarini quduqqa tushirish teskari tartibda amalga
oshiriladi. Burg‘ilash minorasi quduq ustida о‘rnatilgan metall inshoot,
burg‘ilash tizmasi va burg‘ini, quduq tubi dvigatelini, mustahkamlash
quvurlarini, tushirish va kо‘tarish hamda burg‘ilash svechalari quduqdan
kо‘tarib olinganda ularni joylashtirish uchun xizmat qiladi.


Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling