Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash qurilmalari
Download 3.42 Mb.
|
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash qurilmalari.
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash zarba va aylantirish turlarga bо‘linadi. Neft va gaz quduqlarini bо‘rg‘ilash hozirgi paytda asosan aylantirib burg‘ilash usulida olib boriladi. Aylantirib burg‘ilanganda, tog‘ jinslarini parchalanishi burg‘ini aylanish hisobiga sodir bо‘ladi. Asboblarni og‘irligi ta’sirida burg‘i tog‘ jinsiga kiradi va aylantirish momenti ta’sirida tog‘ jinsini parchalaydi. Aylantirish momenti quduq ustiga о‘rnatilgan rotor yordamida burg‘ilash quvurlari orqali о‘zatiladi. Bunday burg‘ilash usuliga rotorli burg‘ilash deyiladi. Agarda aylartirish moment burg‘iga quduq tubi dvigateli (turbobur, elektrobur vintli tub dvigateli) orqali о‘zatilsa bunday usulga tubdvigatelli burg‘ilash deb ataladi. Quduqlarni burg‘ilash qurilmalar yordamida olib boriladi (3- rasm). Tog‘ jinslarini parchalash burg‘i (1) yordamida amalga oshiriladi, burg‘ilash quvuri (20) orqali quduq tubiga tushiriladi. Burg‘iga aylanma harakat tub dvigateli (22) yoki rotor (13) bilan burg‘ilash quvurlari tizmasiga о‘zatiladi. Rotor quduq ustiga montaj qilinadi. Burg‘ilash tizmasi (11) kvadrat kesimidagi (amalda kvadrat deyiladi) yetakchi quvurlardan yetkazilgan va unga uzatma (19) va burg‘ilash quvurlari (20) ulangan. Burg‘ilash tizmasi quvurlari rotor orqali о‘tib burg‘ilash qurulmasi (9) jihozi ilgakka osiladi. Burg‘ilash quvuri bilan burg‘ini aylana harakati rotor orqali amalga oshiriladi. Rotor dizel yoki elektrodvigateldagi zanjirli uzatma oladigan konussimon reduktordir. Ichki bо‘shlig‘idagi rotor (1) atamasi konussimon tishli halqaga о‘rnatilgan, ya’ni konussimon shesterna (2) bilan valga (6) о‘rnatilgan val bilan о‘lanadi. Valning (6) boshqa uchiga zanjirli halka о‘tkazilgan bо‘lib, u orqali dvigateldan harakat aylanish stoliga о‘zatiladi. Rotor stolining markazida teshik bо‘lib, diametri katta burg‘ini maksimal о‘lchamiga bog‘liq, chunki burg‘ilash quvurlari u orqali tushiriladi va kо‘tariladi. Burg‘ilash quvuri bilan burg‘i tushurilgandan keyin rotor stoli teshigiga ich qо‘yma (4) kirgiziladi, ularni ichiga ikkita qisqich (3) о‘rnatiladi va kvadrat kesimini shakllantiradi. Bu teshikda kvadrat kesimli yetakchi quvur joylashadi. U rotor stolida aylantiruvchi momentni qabul qiladi va rotor bо‘yi bо‘ylab erkin siljiydi. Aylantiruvchi stol kojux (5) bilan о‘ralgan. Tushirish-kо‘tarish jarayoni va burg‘ilash quvurni tizmasini og‘irligini ushlab turish, yuk kо‘taruvchi mexanizm bilan amalga oshiriladi. 1-shkivlar; 2-о‘q; 3-rama; 4-oldindan himoyalovchi kojux; 5-yordamchi shkivlar. Yuk kо‘taruvchi mexanizmning burg‘ilash chig‘irig‘i (4) (3-rasm) dizel (5) yoki elektr dvigateli, moslamalar tizimi (7), stol bloki (8), 42 kronblok (yuqori blok) vertikal (6) va ilgakdan (9) tuzilgan. Yuk kо‘taruvchi mexanizmini karkasi sifatida burg‘ilash minorasi (12) xizmat qiladi. Tal tizimining pо‘lat arqoniga (7) beriladigan zо‘riqishlarni kamaytirish uchun yuk kо‘tarish mexanizmi tizimi qо‘llaniladi. Yuk kо‘taruvchi mexanizm (polispast) - bu qо‘zg‘aladigan va qо‘zg‘almaydigan blok tizimi bо‘lib, u orqali pо‘lat arqoni о‘tkaziladi. Arqonning bir uchi quduq ustiga qо‘zg‘almas qilib mahkamlanadi, boshqa uchi esa chig‘iriq g‘altagiga о‘raladi. Burg‘ilash minorasi eng yuqorisiga qо‘zg‘almas roliklardan blok о‘rnatiladi. U kran blok deb ataladi (3.1-rasm). Harakatlavnuvchi blokka tal bloki deb ataladi (3.2-rasm). Kronblok eng kо‘pi bilan 6-ta roliklardan va arqon uchun ariqchadan, tal bloki esa 5-ta ariqchali rolikdan tashkil topgan. Shu sababli, yuruvchi arqonga burg‘ilash quvurlar tizmasini og‘irligini о‘n barobar kamaytirib beradi. Burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvur tizmasi bilan burg‘iga aylantirish va parchalangan tog‘ jinslarini haydab chiqarish uchun bir vaqtda burg‘ilash eritmalari haydaladi. Shu maqsadda ilgak (9) va kvadrat (11) oralig‘iga maxsus qurilma vertlyug (6) montaj qilinadi. 1-travers; 2-shkivlar; 3-о‘q; 4-oldindan himoyalovchi kojux; 5-yon yuzasi 6- ilgak. Seksiya yoki svechani uzunligi burg‘ilash minorasini balandligiga bog‘liq tanlanadi. Minorani balandligi 41 metr bо‘lganda svechaning uzunligi 25+36 metr bо‘ladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling