Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi


Download 3.42 Mb.
bet8/17
Sana08.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1695291
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович

Quduq konstruksiyasi. Quduq konstruksiyasini tanlash quduqni
qurishdagi eng asosiy bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi va u quduq
qurilishining yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Quduqlarni loyihadagi
chuqurlikkacha burg‘ilab borish jarayonida mushkulot va halokatlarni 33
oldini olish, quduqni burg‘ilashga ketadigan vaqt va material-texnik
ashyolarni sarfini kamaytirish - quduq konstruksiyasini to‘g‘ri tanlashga
bog‘liq. Ko‘rsatilgan talablarga to‘liq javob bera oladigan va tushirilishi
kerak bo‘lgan ximoya tizmalarining soni quduqning ayrim oraliqlari
sharoiti yoki boshqa texnik-texnologik shartlardan kelib chiqqan holda
tanlanadi.

1 – rasm. Quduq konstruksiyasi.
Quduq konstruksiyasini tanlash, shu burg‘ilanadigan maydondan va
eng yaqin qo‘shni maydonlarda burg‘ilangan quduqlardan olingan
geologik ma’lumotlar va yig‘ilgan materiallar taxlili asosida amalga
oshiriladi.
Quduqqa tushiriladigan himoya tizmalarining sonini aniqlash uchun
quduq kesimi bo‘yicha bosim taqsimlanishi qatlam bosimi va tog‘
jinslarining gidroyorilish bosimi o‘zgarishi to‘g‘ri burchakli koordinatalar
sistemasida keltiriladi. (chuqurlik-bosim gradienti ekvivalenti).
Bosim ekvivalenti gradienti deganda, quduq tubidagi suyuqlik
ustunining bosimi, qatlam bosimi yoki qatlamni gidroyorilish bosimiga
teng bosim hosil qilishi tushuniladi.

Quduqning konstruksiyasini asoslash.
Quduqlarni muvofaqqiyatli qazish va tugallash katta qiymatda
quduqning konstruksiyasining tо‘g‘ri tanlanishi bir-biri bilan mos
kelmaydigan zonalarni ajratishni ta’minlash, amaldagi burg‘ilash
aralashmalari bilan har xil rejimlarda burg‘ilashni ta’minlash bilan
bog‘liqdir.
Chuqur quduqlarni burg‘ilashning asosiy masalalaridan biri
quduqning tejamkor konstruksiyasni tanlashda unga ta’sir etuvchi hamma
omillarni hisobga olish, asosan 4000-5000 metr chuqurlikdagi quduqlarni
burg‘ilashdi. Bir-biriga mos bо‘lgan geologik sharoitda quduqlarni
burg‘ilash jarayonidagi tajribalarni chuqur tahlil qilib, ulardan eng muhim
omillardan foydalaniladi.
Murakkab geologik sharoitda quduqlarni burg‘ilash amaliyotidan
kelib chiqib, quduqlarni burg‘ilash va mustahkamlash bо‘yicha sо‘nggi 5-
7 yillar davomida olib borilgan ilmiy ishlanmalarga asoslanib, quduqlarni
konstruksiyasini takomillashtirishning va chuqurlashtirishning oshirishda
bir qator amaliy ishlar bajarilgan va ularga quyidagilar kiradi:
1) burg‘ilarni kichiraytirish va kichik diametrlardan foydalanib,
oldingi tizmaning boshmog‘idan chiqish kо‘chaytirildi;
2) mustahkamlash tizmasini seksiyali tushirish usulining qо‘llanilishi
va oraliq tizma dumlarning stvolini mustahkamlash;
3) mustahkamlash quvurlarini payvandli biriktiruvchi elementlaridan
foydalanish, oraliq va ba’zida ishlatish tizmalarini jamlashda maxsus
rezbali muftasiz mustahkamlash quvurlarini qо‘llashni mumkinligi;
4) quduqning va ishlatish tizmasining oxirgi diametrini
kichiraytirishni mumkinligi;
5) mahsuldor qatlamning obyektini ochish va burg‘ilashda
takomillashtirilgan tugallash texnologiyasini hisobiga quduqning
konstruksiyasini yengillashtirish va soddalashtirish imkoniyatini majburiy
hisobga olish zarurligi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling