Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi


Download 3.42 Mb.
bet11/17
Sana08.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1695291
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович

Ularning afzalliklari:

- o'zgaruvchan tokning chastotasini o'zgartiradigan tizim;


- ilgari ishlab chiqarilgan dastgohlarga nisbatan ish unumdorligi
yuqori;
- tejamkorligi yuqori;
- inson va mashinaning avtomatik o'zaro ta'sirining yuqori darajasi, bu
hodimlarning mehnat xarajatlarini kamaytiradi.
Burg'ilash dastgohi gorizontal usulda montaj qilinganda burg`ilash
lebedkasi yordamida ko'tariladi, minoraning yuqori qismida vertikal va
qiya quduqlarni tez va halokatlarsiz burg'ilash uchun zamonaviy VSP
jihozini o'rnatish mumkin. Elektr dvigatelining aylanish tezligi va aylanish
momentini murvatlash (sozlash) mumkin, bu lebedkasni ishlashini
osonlashtiradi, rotor va VSP bilan ishlatishni soddalashtiradi. Dastgohning
o'zgaruvchan tok motorlari ichki xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan.
Zj 50 DBS burg'ulash dastgohining texnik xususiyatlari quyidagi
3.1 – jadvalda keltirilgan:


Burg`ilash minorasini montaj qilish ishlari.

Biror hududda neft va gaz qudug`ini burg`ilash tugallangandan so`ng


burg`ilash qurilmalari yangi joyga yetkazilishi kerak va u yerda burg`ilash
ishlarini boshlashga tayyorlash kerak. Burg`ilash qurilmalarining tashish
usuli uning tuzilishiga, transport bazasiga, qurilmalarni qayta ko`cherish
amalga oshiriladigan mahalliy sharoitlarga bog`liq.

Avvallari mavjud usul bo`yicha yerdan katta balandlikda juda ham
xavfli sharoitlarda minoralarni yig`ish ishlari bajarilayotgan, ammo hozirgi
paytda bu usul deyarli qo`llanilmaydi. Yig`ish ishlari bajarilayotgan
vaqtda vaqtda yordamchi asbob – uskunalar inshootlari; chig`ir uzatma
mexanizmlari dvigatellarini saqlash uchun omborxona; burg`ilash
nasoslari va ularning yoritmalarini saqlash uchun nasos omborxonasi;
quvurlarni yotqizish va asboblarni, zahira qismlarni va asbob uskunalarni
ko`chirish uchun qabul qiluvchi taxlamalar; yuvuvchi eritmadan mayda
tog` jinslarini ajratish uchun tozalash qurilmalariga ega bo`lgan aylanish 56
sistemalari o`rnatiladi; markazlashgan elektr ta`minoti mavjud bo`lgan
transformator maydonchasi yoki yoqilg`i moylash materiallari
omborhonalari uchun maydonchalar tayyorlanadi.
Ko`p yillik muzli tog` jinslari tarqalgan hududlarda burg`ilash
qurilmalari uchun poydevor qo`yish ancha mehnat talab qiladi. Bu yerda
minora uchun rom turidagi yoki qoziqoyoq poydevorlari qo`yiladi. Rom
turidagi asos uchun chuqurligi 4 metr, o`lchami 3x2 metr bo`lgan yer
qaziladi. Chuqurlikdagi 20 sm li qumli taglikka yog`och romlar qo`yiladi
va boltlar bilan mahkamlanadi hamda muzli tuproqning isishining oldini
olish imkonini beradi.
Burg`ilash asbob – uskunalarini yig`ish va joylashtirish ob – havo,
iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilmaning instruktiv
xususiyatlarini aks ettiruvchi yig`ish sxemasiga ko`ra amalga oshiriladi.
Bunda asbob – uskunalar va yer usti inshootlarining joylashishi, yig`ilishi,
qismlarga ajratish ishlarining juda ham qulay jamlanishi, yuqori darajada
soddalashtirish, ularning davomiyligini qisqartirish, burg`ilash ishlarini
olib borishning xavfsiz sharoitlarini ta`minlash kabi talablarini qondirishi
kerak.
Blok metodi bo`yicha ishlarni bajarayotganda burg`ilash asbob –
uskunalarini yig`ish, bloklarni o`rnatish va ularni o`zaro mahkamlashdan
iborat. Agregat metodida yuklash – tushirish ishlarini bajarishda traktor va
avtomobillarga ulangan yig`ish kranlaridan foydalaniladi.
Minoralar va machtalarni yig`ish turli usullar bilan amalga oshiriladi:
- ular yerda yotgan holda yig`iladi va keyin traktor hamda burg`ilash
qurilmasining chig`iri yordamida ko`tariladi;
- PVK – 1 maxsus ko`targichidan foydalangan holda “yuqoridan
quyiga” (Ya.M.Kershenbaum) metodi bo`yicha yig`iladi;
“Quyidan yuqoriga” metodi bo`yicha uzaytirilgan qanotlar
yordamida minora yig`iladi.
Machta turidagi minoralar yerda gorizontal holatda yig`ilib so`ngra
burg`ilash chig`iri va traktorlar yordamida ko`tariladi.
Ikkinchi metod bo`yicha minoralar eng yuqori seksiyadan boshlab
yerda yig`iladi.
Uchinchi metodda ishlar katta balandliklarda bajarilayotganligi juda
ko`p mehnat sarflanishi va o`ta xavfliligi bilan farqlanadi va hozirgi paytda
deyarli qo`llanilmaydi.
Yig`ish ishlari jarayonida, shuningdek, yordamchi asbob – uskunalar
va minora atrofidagi inshootlar o`rnatiladi (dvigatellarni, chig`irning
uzatma mexanizmlarini, burg`ilash nasoslari va ularning yuritmalarini, 57
undan tashqari quvurlarni yotqizish, zahira qismlarni asbob – uskunalarni
ko`cherish uchun qabul qiluvchi taglamalar; yuvish eritmasidan shlamni
ajratish uchun qo`llaniladigan tozalash qurilmasiga ega bo`lsa, aylanish
tizimi; markazlashgan elektr ta`minotiga ega transformator maydanchasi
yoki yog`lash – moylash materiallari uchun omborlar va maydonchalar
quriladi).
Burg`ilash minorasidan yiroqroq xavfsiz masofada maishiy va
yordamchi ishlab chiqarish binolari (vaxtadan bo`sh bo`lgan burg`ilash
brigadasi a`zolarini joylashtirish uchun vagonchalar, shuningdek, oshxona,
hammom va boshqalar) joylashadilar.


Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling