Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi
Burg`ilash minorasini montaj qilish
Download 3.42 Mb.
|
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович
Burg`ilash minorasini montaj qilish.
1. Ho`jalikdagi yer xujjatlashtirib olinadi va 4-gektar joy tekislanadi. 2. Shu yerda burg`ilash uskunalarini olib kelib o`rnatiladi, montaj qilinadi. 3. Burg`ilash ishlariga tayyorgarlik ko`rish davri. 4. Quduqni burg`ilash, unga yo`llanma, konduktor, oraliq tizma va ishlatish tizmasini tushirish – burg`ilash davri deyiladi. 5. Shu quduqlardan mahsulot olib sinab ko`rish davri. 6. Burg`ilash uskunalarini qilish yoki boshqa joyga ko`chirish 1 Svecha- 2,3 yoki 4 ta burg`ilash quvurlar birikmasiga aytiladi. 59 davri. 7. qilingandan keyin, maydonni tekislab, ishlab-chiqarishga tayyorlanadi. Shulardan 1-2-3-6 va 7-davrlarni minora qurish (vishkomontaj) brigadasi bajaradi. 4-davrni burg`ilash brigadasi bajaradi. 5-davrni, ya’ni quduqdan mahsulot chiqarib aniqlash ishlarini tekshirib ko`rish brigadasi bajaradi. Burg`ilash qurilmalarini ko`chirishdan oldin ular qismlarga ajratiladi. Asbob – uskunalarni qismlarga ajratish darajasi, ajratish ishlarining hajmi ko`chirish usuliga bog`liq. Modomiki, yig`ish qismlarga ajratish ishlari ish vaqtining unumsiz sarflanishiga olib kelar ekan, bunda ma`lum bir aniq sharoitlarda yig`ish qismlarga ajratish ishlarini kichik hajmlarda bajarish talab qilinadigan qurilmalarni tashishning qulay usulini tanlashga harakat qilinadi. Burg ilash qurilmasini tashish usuli eng avvalo transport bazasi imkiniyatlariga ko`ra oldindan aniqlanadi. Yuqorida e`tirof qilinganidek, hamma burg`ilash qurilmalari tuzilishiga ko`ra quyidagi tasniflarga ajratiladi: – shinali pnevmatik yoki o`rmalab yuruvchi – ko`chma yoki doimiy (statsionar) hamda – o`ziyurar burg`ilash qurilmalariga bo`linadi. Yuk avtomobili yoki tractor shassisiga ulangan o`ziyurar burg`ilash qurilmalarini ko`chirishga tayyorlanayotganda qismlarga ajratish ishlarining hajmi juda chegaralangan bo`lishi kerak. Ular asosan machtaning tushishiga va uning transport holatiga o`tishiga qarab belgilanadi. Ba`zi bir qurilmalarda asbob – uskunalarning qismlarini alohida prisepda tashish mumkin. Prisepga, shuningdek burg`ilash asbobi va materiallar yuklanadi. Ko`chma qurilmalar bitta platformada alohida yirik bloklar ko`rinishida shatakka olinadi. Burg`ilash machtasini ko`tarishdan oldin gorizontal holatga keltiriladi. Burg`ilash asbobi va yordamchi asbob – uskunlarning bir qismi universal transport vositalarida tashiladi. Ko`chmas burg`ilash qurilmalari qismlarga bo`linadi va bloklar (yirik va mayda) hamda agregat holida tashiladi. Yirik blokli yig`ish muloyim rel`efli rayonlarda va harakatlanilayotgan yo`lda to`siqlar mavjud bo`lmaganda qo`llaniladi. Bu metodda burg`ilash qurilmasining asosi va unda joylashgan bir nechta agregatlar va tugunlardan iborat bo`lgan yirik blok alohida transportda 60 tashiladi. Har bir blok alohida maxsus transport vositalarda (og`ir yuklarni tashuvchi avtomobillarda, pnevmog`ildirakli yoki o`rmalab yuruvchi katta yuk ko`taruvchi maxsus aravalarda) tashiladi) tashiladi. Masalan, BU-125 BrE qurilmasi og`ir yuk tashuvchi mashinalarda tashiladigan uchta transport blokiga-minorali, chig`irli, nasosli va nasos transmissionga bo`linadi. Kichik blokli metod burg`i qurilmasini mayda blokli qismlarda ajratishni va ularni alohida tashishni ko`zda tutadi. Kichik blok asosiy qismdan va unga ulangan burg`ilash qurilmasining bir yoki bir nechta tugunlaridan iborat. Blokning tashqi gabaritlari transport vositalarining o`lchamlari bilan chegaralanadi. Tashishning bunday usulini murakkab geologik – geografik sharoitli hududlarda qo`llash tavsiya qilinadi. Tashish sharoitlariga ko`ra burg`ilash qurilmasini faqat universal transport vositalari bilan, ya`ni temir yo`lda, avtomobilda yoki samolyotda, vertolyotda tashish mumkin bo`lganda agregat metodi qo`llaniladi. Burg`ilash qurilmasi o`z gabaritlari va massalariga ko`ra yuqorida ko`rsatilgan transport vositalarida tashish mumkin bo`lgan o`lchamlardagi agregatlar, sektsiyalar va elementlarga ajratiladi. So`nggi metodni qo`llashda ancha mehnat talab qilinadi. Ya`ni uchastkada asbob – uskunalar yig`ilgunga qadar ajratilgan hududda maydoncha tartibga solinadi. Yer qazish ishlari bajariladi. Chuqur burg`ilash qurilmalari ostiga poydevorlar qo`yiladi. So`nggi yillarda bu ishlarni bajarish temir – beton plitalardan foydalanish sababli ancha soddalashdi. Burg`ilash minorasi ostidagi maydonchani qurish, burg`ilash uskunasini keltirish uchun trassani tayyorlash, olib keluvchi yo`llar, elektr energiyasi tarmoqlari, aloqalar, suv bilan ta’minlash uchun quvurlarni tortish, yer omborlari, tozalash moslamalari, shlamni olib chiqish ishlari maxsus talabga javob bera oladigan holda amalga oshiriladi. Quduqni qurish tugatilgandan keyin barcha omborlar va transheyalar ko`milishi, burg`ilash maydonchasi rekultivatsiya qilinishi kerak. Rekultivatsiya deganda – burg`ilash uskunalarini maydonga olib kelishdan avval vaqtinchalik foydalanishga olingan 4-gektar yerning 25-30 sm qalinlikdagi ustki mahsulot ekiladigan qismi buldozerlar yordamida yig`ib, bir chekkaga to`plab qo`yiladi. Burgilash ishlari tugagatilgandan keyin barcha burg`ilash uskunalari maydonchadan olib chiqib ketiladi. Shlam omborlari va transheyalar ko`miladi va burg`ilash ishlarini boshlashdan oldin yig`ib olingan to`proq qatlami o`z o`rniga qaytariladi. 61 Oltingugurt-vodorod gazi, is gazi, neft va mineral suvlar chiqqanda tevarak-atrofni ifloslanishini oldini olish uchun barcha choralar ko`rilishi kerak. Oltingugurt gazi chiqqanda o`simliklar dunyosi nobud bo`ladi, xayvonotlar zaharlanadi, burg`ilash uskunasi, asbobi, himoya quvurlari jo`da xam tez yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Shuninng uchun quduqni burg`ilash loyihasida barcha himoyalanish choralari: gazni yig`ish, yoqib yuborish, kimyoviy ishlash va zararli moddalarni tozalash choralari ko`riladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling