Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi


Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash qurilmalari


Download 3.42 Mb.
bet9/17
Sana08.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1695291
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович

Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash qurilmalari.
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash zarba va aylantirish turlarga
bо‘linadi. Neft va gaz quduqlarini bо‘rg‘ilash hozirgi paytda asosan
aylantirib burg‘ilash usulida olib boriladi. Aylantirib burg‘ilanganda, tog‘
jinslarini parchalanishi burg‘ini aylanish hisobiga sodir bо‘ladi. Asboblarni
og‘irligi ta’sirida burg‘i tog‘ jinsiga kiradi va aylantirish momenti ta’sirida
tog‘ jinsini parchalaydi. Aylantirish momenti quduq ustiga о‘rnatilgan
rotor yordamida burg‘ilash quvurlari orqali о‘zatiladi. Bunday burg‘ilash
usuliga rotorli burg‘ilash deyiladi. Agarda aylartirish moment burg‘iga
quduq tubi dvigateli (turbobur, elektrobur vintli tub dvigateli) orqali
о‘zatilsa bunday usulga tubdvigatelli burg‘ilash deb ataladi.
Quduqlarni burg‘ilash qurilmalar yordamida olib boriladi (3-
rasm).

Tog‘ jinslarini parchalash burg‘i (1) yordamida amalga oshiriladi,
burg‘ilash quvuri (20) orqali quduq tubiga tushiriladi. Burg‘iga aylanma
harakat tub dvigateli (22) yoki rotor (13) bilan burg‘ilash quvurlari
tizmasiga о‘zatiladi.
Rotor quduq ustiga montaj qilinadi. Burg‘ilash tizmasi (11) kvadrat
kesimidagi (amalda kvadrat deyiladi) yetakchi quvurlardan yetkazilgan va
unga uzatma (19) va burg‘ilash quvurlari (20) ulangan. Burg‘ilash tizmasi
quvurlari rotor orqali о‘tib burg‘ilash qurulmasi (9) jihozi ilgakka osiladi.
Burg‘ilash quvuri bilan burg‘ini aylana harakati rotor orqali amalga
oshiriladi. Rotor dizel yoki elektrodvigateldagi zanjirli uzatma oladigan
konussimon reduktordir. Ichki bо‘shlig‘idagi rotor (1) atamasi
konussimon tishli halqaga о‘rnatilgan, ya’ni konussimon shesterna (2)
bilan valga (6) о‘rnatilgan val bilan о‘lanadi. Valning (6) boshqa uchiga
zanjirli halka о‘tkazilgan bо‘lib, u orqali dvigateldan harakat aylanish
stoliga о‘zatiladi. Rotor stolining markazida teshik bо‘lib, diametri katta
burg‘ini maksimal о‘lchamiga bog‘liq, chunki burg‘ilash quvurlari u
orqali tushiriladi va kо‘tariladi. Burg‘ilash quvuri bilan burg‘i
tushurilgandan keyin rotor stoli teshigiga ich qо‘yma (4) kirgiziladi,
ularni ichiga ikkita qisqich (3) о‘rnatiladi va kvadrat kesimini
shakllantiradi. Bu teshikda kvadrat kesimli yetakchi quvur joylashadi.
U rotor stolida aylantiruvchi momentni qabul qiladi va rotor
bо‘yi bо‘ylab erkin siljiydi. Aylantiruvchi stol kojux (5) bilan
о‘ralgan. Tushirish-kо‘tarish jarayoni va burg‘ilash quvurni tizmasini
og‘irligini ushlab turish, yuk kо‘taruvchi mexanizm bilan amalga
oshiriladi.

1-shkivlar; 2-о‘q; 3-rama; 4-oldindan himoyalovchi kojux; 5-yordamchi
shkivlar.
Yuk kо‘taruvchi mexanizmning burg‘ilash chig‘irig‘i (4) (3-rasm)
dizel (5) yoki elektr dvigateli, moslamalar tizimi (7), stol bloki (8), 42
kronblok (yuqori blok) vertikal (6) va ilgakdan (9) tuzilgan. Yuk
kо‘taruvchi mexanizmini karkasi sifatida burg‘ilash minorasi (12)
xizmat qiladi. Tal tizimining pо‘lat arqoniga (7) beriladigan zо‘riqishlarni
kamaytirish uchun yuk kо‘tarish mexanizmi tizimi qо‘llaniladi.
Yuk kо‘taruvchi mexanizm (polispast) - bu qо‘zg‘aladigan va
qо‘zg‘almaydigan blok tizimi bо‘lib, u orqali pо‘lat arqoni о‘tkaziladi.
Arqonning bir uchi quduq ustiga qо‘zg‘almas qilib mahkamlanadi,
boshqa uchi esa chig‘iriq g‘altagiga о‘raladi. Burg‘ilash minorasi eng
yuqorisiga qо‘zg‘almas roliklardan blok о‘rnatiladi. U kran blok deb
ataladi (3.1-rasm).
Harakatlavnuvchi blokka tal bloki deb ataladi (3.2-rasm). Kronblok
eng kо‘pi bilan 6-ta roliklardan va arqon uchun ariqchadan, tal bloki esa
5-ta ariqchali rolikdan tashkil topgan. Shu sababli, yuruvchi arqonga
burg‘ilash quvurlar tizmasini og‘irligini о‘n barobar kamaytirib beradi.
Burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvur tizmasi bilan burg‘iga aylantirish
va parchalangan tog‘ jinslarini haydab chiqarish uchun bir vaqtda
burg‘ilash eritmalari haydaladi. Shu maqsadda ilgak (9) va kvadrat (11)
oralig‘iga maxsus qurilma vertlyug (6) montaj qilinadi.

1-travers; 2-shkivlar; 3-о‘q; 4-oldindan himoyalovchi kojux; 5-yon yuzasi 6-
ilgak.
Seksiya yoki svechani uzunligi burg‘ilash minorasini balandligiga
bog‘liq tanlanadi. Minorani balandligi 41 metr bо‘lganda svechaning
uzunligi 25+36 metr bо‘ladi.


Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling