Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi
Download 3.42 Mb.
|
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – rasm. Quduq konstruksiyasi.
- Quduqning konstruksiyasini asoslash.
Quduq konstruksiyasi. Quduq konstruksiyasini tanlash quduqni
qurishdagi eng asosiy bosqichlardan biri bo‘lib hisoblanadi va u quduq qurilishining yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Quduqlarni loyihadagi chuqurlikkacha burg‘ilab borish jarayonida mushkulot va halokatlarni 33 oldini olish, quduqni burg‘ilashga ketadigan vaqt va material-texnik ashyolarni sarfini kamaytirish - quduq konstruksiyasini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Ko‘rsatilgan talablarga to‘liq javob bera oladigan va tushirilishi kerak bo‘lgan ximoya tizmalarining soni quduqning ayrim oraliqlari sharoiti yoki boshqa texnik-texnologik shartlardan kelib chiqqan holda tanlanadi. 1 – rasm. Quduq konstruksiyasi. Quduq konstruksiyasini tanlash, shu burg‘ilanadigan maydondan va eng yaqin qo‘shni maydonlarda burg‘ilangan quduqlardan olingan geologik ma’lumotlar va yig‘ilgan materiallar taxlili asosida amalga oshiriladi. Quduqqa tushiriladigan himoya tizmalarining sonini aniqlash uchun quduq kesimi bo‘yicha bosim taqsimlanishi qatlam bosimi va tog‘ jinslarining gidroyorilish bosimi o‘zgarishi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida keltiriladi. (chuqurlik-bosim gradienti ekvivalenti). Bosim ekvivalenti gradienti deganda, quduq tubidagi suyuqlik ustunining bosimi, qatlam bosimi yoki qatlamni gidroyorilish bosimiga teng bosim hosil qilishi tushuniladi. Quduqning konstruksiyasini asoslash. Quduqlarni muvofaqqiyatli qazish va tugallash katta qiymatda quduqning konstruksiyasining tо‘g‘ri tanlanishi bir-biri bilan mos kelmaydigan zonalarni ajratishni ta’minlash, amaldagi burg‘ilash aralashmalari bilan har xil rejimlarda burg‘ilashni ta’minlash bilan bog‘liqdir. Chuqur quduqlarni burg‘ilashning asosiy masalalaridan biri quduqning tejamkor konstruksiyasni tanlashda unga ta’sir etuvchi hamma omillarni hisobga olish, asosan 4000-5000 metr chuqurlikdagi quduqlarni burg‘ilashdi. Bir-biriga mos bо‘lgan geologik sharoitda quduqlarni burg‘ilash jarayonidagi tajribalarni chuqur tahlil qilib, ulardan eng muhim omillardan foydalaniladi. Murakkab geologik sharoitda quduqlarni burg‘ilash amaliyotidan kelib chiqib, quduqlarni burg‘ilash va mustahkamlash bо‘yicha sо‘nggi 5- 7 yillar davomida olib borilgan ilmiy ishlanmalarga asoslanib, quduqlarni konstruksiyasini takomillashtirishning va chuqurlashtirishning oshirishda bir qator amaliy ishlar bajarilgan va ularga quyidagilar kiradi: 1) burg‘ilarni kichiraytirish va kichik diametrlardan foydalanib, oldingi tizmaning boshmog‘idan chiqish kо‘chaytirildi; 2) mustahkamlash tizmasini seksiyali tushirish usulining qо‘llanilishi va oraliq tizma dumlarning stvolini mustahkamlash; 3) mustahkamlash quvurlarini payvandli biriktiruvchi elementlaridan foydalanish, oraliq va ba’zida ishlatish tizmalarini jamlashda maxsus rezbali muftasiz mustahkamlash quvurlarini qо‘llashni mumkinligi; 4) quduqning va ishlatish tizmasining oxirgi diametrini kichiraytirishni mumkinligi; 5) mahsuldor qatlamning obyektini ochish va burg‘ilashda takomillashtirilgan tugallash texnologiyasini hisobiga quduqning konstruksiyasini yengillashtirish va soddalashtirish imkoniyatini majburiy hisobga olish zarurligi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling