Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi


-yilda buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan hozirgi kunga qadar 5 don quduqni burgʻilab buyurtmachiga topshirildi


Download 3.42 Mb.
bet7/17
Sana08.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1695291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович

2021-yilda buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan hozirgi kunga qadar 5 don quduqni burgʻilab buyurtmachiga topshirildi.
Bu quduqlar:
Xodjaabad №883
Burgʻilash bilan boshlangan – 04.05.21-yil.
Qurilish bilan yakunlangan – 25.09.21-yil.
Xodjaabad №879
Burgʻilash bilan boshlangan – 22.12.21-yil.
Qurilish bilan yakunlangan – 17.03.22-yil.


Xodjaabad №880
Burgʻilash bilan boshlangan – 04.05.22-yil.
Qurilish bilan yakunlangan – 07.08.22-yil.
Xodjaabad №889
Burgʻilash bilan boshlangan – 16.11.21-yil.
Qurilish bilan yakunlangan – 21.10.22-yil.
Xozirda Xodjaabad №№881;887 burgʻilash ishlari davom etirilmoqda va Xodjaabad № 888 qudugʻida sinash va oʻzlashtirish ishlari olib borilishi koʻzda tutilmoqda.
Joriy yilning 25-iyul kuni Andijon viloyati Marxamat tumanida joylashgan Garbiy Xodjaosman konidagi №4 qidiruv qudugʻidan sanoat ahamiyatidagi gaz oqimi olinishiga erishildi.
Burgʻulash ishlari 2022-yilning 25-aprelida bolangan boʻlib, 25-iyulga qadar davom etdi. Quduq chuqurligi 1134 metrni tashkil etdi.
Shunigdek 2022-yil sentyabr oyining 19 kuni ham Andijon viloyati Marxamat tumanida joylashgan Garbiy Xodjaosman konidagi №5 qidiruv qudugʻidan sanoat ahamiyatidagi gaz oqimi olinishiga erishildi. Burgʻulash ishlari 2022-yilning 9-avgustida bolangan boʻlib, 19-sentabrga qadar davom etdi. Quduq chuqurligi 810 metrni tashkil etdi





Quduqlarning konstruksiyasini loyihalash.
Quduq uzoq muddatli kapital qurilish bo‘lib hisoblanadi. Shuning
uchun konstruksiyasi mustaxkam, barcha o‘tkazuvchan tog‘ jinslarini
germetik ajralishini ta’minlay oladigan, burg‘ilash jarayonida loyihadagi
chuqurlikkacha borishni va geologik vazifalarni xamda boshqa tekshirish
ishlarini hal eta oladigan bo‘lishi, konni ishlatishni barcha bosqichlarida
ishlatish rejimini oldindan loyihalash, yer ostini va atrof-muhitni
ifloslanishdan muhofaza qilishni ta’minlashi kerak. Shu bilan birgalikda
quduq konstruksiyasi kam xarajatli bo‘lishi lozim.
Quduq konstruksiyasini tanlashda ko‘plab omillar inobatga olinadi:
quduqlarni vazifasi va maqsadi (qidiruv, eksplutatsion, xaydovchi va
boshqalar), loyixaviy chuqurligi, geologik tuzilish xususiyatlari, tog‘
jinslarini mustahkamligi, bosimni yutilish indeksi va qatlam bosimi
anomal koeffitsientining chuqurlik oshishi bilan o‘zgarish xarakteri,
qatlam suyuqligining tarkibi, quduq yuzasini holati (quruqlik, suv
havzasi), quduqni kesimi, burg‘ilash usuli va davomiyligi, burg‘ilash
texnologiyasini taraqqiy etganligi, maxsuldor qatlamga kirish usullari,
burg‘ilash va ishlatish jarayonida harorat rejimi, quduq debiti va ishlatish
usullari (turli bosqichlar uchun), ishlatiladigan uskunalarning
mukammallik darajasi, muhandis-texnik ishchilarni kvalifikatsiya darajasi
va boshqalar.
Quduq konstruksiyasini loyihalash, bu konning aniq bir sharoitidan
kelib chiqqan holda quduqni himoya quvurlarining soni, tizmalarni
kattaliklari (diametri, xar bir tizmani tushiriladigan chuqurligi), xar bir
tizmani burg‘ilash uchun burg‘ining diametri, sementni tizma ortidan
ko‘tarilish balandligi va maxsuldor qatlamga kirish usulini tanlash
demakdir. Bu vazifalarni yechish jarayonida ko‘pincha quduq
konstruksiyasini bir nechta varianti ishlab chiqiladi.
Bu variantlarni ichidan shunday bitta variant tanlash lozimki, bu
variant quduq oldida turgan vazifalarni minimum xarajat bilan bajara
olishi kerak.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling