Toshkent davlat texnika universiteti geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti konchilik elektromexanikasi kafedrasi
Download 3.42 Mb.
|
Хисобот 6S-20Мухидинов.Рахматжон Рахимович
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burg`ilash minorasini montaj qilish ishlari.
Ularning afzalliklari:
- o'zgaruvchan tokning chastotasini o'zgartiradigan tizim; - ilgari ishlab chiqarilgan dastgohlarga nisbatan ish unumdorligi yuqori; - tejamkorligi yuqori; - inson va mashinaning avtomatik o'zaro ta'sirining yuqori darajasi, bu hodimlarning mehnat xarajatlarini kamaytiradi. Burg'ilash dastgohi gorizontal usulda montaj qilinganda burg`ilash lebedkasi yordamida ko'tariladi, minoraning yuqori qismida vertikal va qiya quduqlarni tez va halokatlarsiz burg'ilash uchun zamonaviy VSP jihozini o'rnatish mumkin. Elektr dvigatelining aylanish tezligi va aylanish momentini murvatlash (sozlash) mumkin, bu lebedkasni ishlashini osonlashtiradi, rotor va VSP bilan ishlatishni soddalashtiradi. Dastgohning o'zgaruvchan tok motorlari ichki xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan. Zj 50 DBS burg'ulash dastgohining texnik xususiyatlari quyidagi 3.1 – jadvalda keltirilgan: Burg`ilash minorasini montaj qilish ishlari. Biror hududda neft va gaz qudug`ini burg`ilash tugallangandan so`ng burg`ilash qurilmalari yangi joyga yetkazilishi kerak va u yerda burg`ilash ishlarini boshlashga tayyorlash kerak. Burg`ilash qurilmalarining tashish usuli uning tuzilishiga, transport bazasiga, qurilmalarni qayta ko`cherish amalga oshiriladigan mahalliy sharoitlarga bog`liq. Avvallari mavjud usul bo`yicha yerdan katta balandlikda juda ham xavfli sharoitlarda minoralarni yig`ish ishlari bajarilayotgan, ammo hozirgi paytda bu usul deyarli qo`llanilmaydi. Yig`ish ishlari bajarilayotgan vaqtda vaqtda yordamchi asbob – uskunalar inshootlari; chig`ir uzatma mexanizmlari dvigatellarini saqlash uchun omborxona; burg`ilash nasoslari va ularning yoritmalarini saqlash uchun nasos omborxonasi; quvurlarni yotqizish va asboblarni, zahira qismlarni va asbob uskunalarni ko`chirish uchun qabul qiluvchi taxlamalar; yuvuvchi eritmadan mayda tog` jinslarini ajratish uchun tozalash qurilmalariga ega bo`lgan aylanish 56 sistemalari o`rnatiladi; markazlashgan elektr ta`minoti mavjud bo`lgan transformator maydonchasi yoki yoqilg`i moylash materiallari omborhonalari uchun maydonchalar tayyorlanadi. Ko`p yillik muzli tog` jinslari tarqalgan hududlarda burg`ilash qurilmalari uchun poydevor qo`yish ancha mehnat talab qiladi. Bu yerda minora uchun rom turidagi yoki qoziqoyoq poydevorlari qo`yiladi. Rom turidagi asos uchun chuqurligi 4 metr, o`lchami 3x2 metr bo`lgan yer qaziladi. Chuqurlikdagi 20 sm li qumli taglikka yog`och romlar qo`yiladi va boltlar bilan mahkamlanadi hamda muzli tuproqning isishining oldini olish imkonini beradi. Burg`ilash asbob – uskunalarini yig`ish va joylashtirish ob – havo, iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilmaning instruktiv xususiyatlarini aks ettiruvchi yig`ish sxemasiga ko`ra amalga oshiriladi. Bunda asbob – uskunalar va yer usti inshootlarining joylashishi, yig`ilishi, qismlarga ajratish ishlarining juda ham qulay jamlanishi, yuqori darajada soddalashtirish, ularning davomiyligini qisqartirish, burg`ilash ishlarini olib borishning xavfsiz sharoitlarini ta`minlash kabi talablarini qondirishi kerak. Blok metodi bo`yicha ishlarni bajarayotganda burg`ilash asbob – uskunalarini yig`ish, bloklarni o`rnatish va ularni o`zaro mahkamlashdan iborat. Agregat metodida yuklash – tushirish ishlarini bajarishda traktor va avtomobillarga ulangan yig`ish kranlaridan foydalaniladi. Minoralar va machtalarni yig`ish turli usullar bilan amalga oshiriladi: - ular yerda yotgan holda yig`iladi va keyin traktor hamda burg`ilash qurilmasining chig`iri yordamida ko`tariladi; - PVK – 1 maxsus ko`targichidan foydalangan holda “yuqoridan quyiga” (Ya.M.Kershenbaum) metodi bo`yicha yig`iladi; “Quyidan yuqoriga” metodi bo`yicha uzaytirilgan qanotlar yordamida minora yig`iladi. Machta turidagi minoralar yerda gorizontal holatda yig`ilib so`ngra burg`ilash chig`iri va traktorlar yordamida ko`tariladi. Ikkinchi metod bo`yicha minoralar eng yuqori seksiyadan boshlab yerda yig`iladi. Uchinchi metodda ishlar katta balandliklarda bajarilayotganligi juda ko`p mehnat sarflanishi va o`ta xavfliligi bilan farqlanadi va hozirgi paytda deyarli qo`llanilmaydi. Yig`ish ishlari jarayonida, shuningdek, yordamchi asbob – uskunalar va minora atrofidagi inshootlar o`rnatiladi (dvigatellarni, chig`irning uzatma mexanizmlarini, burg`ilash nasoslari va ularning yuritmalarini, 57 undan tashqari quvurlarni yotqizish, zahira qismlarni asbob – uskunalarni ko`cherish uchun qabul qiluvchi taglamalar; yuvish eritmasidan shlamni ajratish uchun qo`llaniladigan tozalash qurilmasiga ega bo`lsa, aylanish tizimi; markazlashgan elektr ta`minotiga ega transformator maydanchasi yoki yog`lash – moylash materiallari uchun omborlar va maydonchalar quriladi). Burg`ilash minorasidan yiroqroq xavfsiz masofada maishiy va yordamchi ishlab chiqarish binolari (vaxtadan bo`sh bo`lgan burg`ilash brigadasi a`zolarini joylashtirish uchun vagonchalar, shuningdek, oshxona, hammom va boshqalar) joylashadilar. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling