Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
Download 0.77 Mb.
|
avtoreferat 02.05
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda iqtisodiy va texnologik taraqqiyotining yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘lgan innovatsion inqilob sharoitida neft va gaz sanoati ishlab chiqarish samaradorligini innovatsion va raqamli texnologiyalar asosida oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra (2022 yil) “…Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60 foizga yetishi, aynan innovatsion yangiliklarni sanoat tarmoqlariga keng qo‘llash va samarali foydalanish hisobiga yaratilmoqda”1. Bugungi kunda jahonda sanoat ishlab chiqarish rivojlanish tendensiyalariga ko‘ra, jumladan neft va gaz sanoatini resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlikni ustuvor darajada, innovatsion va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni optimal tashkil qilish, mehnat unumdorligini oshirish, munosib ish joylarini tashkil qilish asosida rivojlantirish dolzarb muammolar sifatida qaratilmoqda.
Jahonda sanoat korxonalarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlik oshirishda belgilangan parametrlarga ko‘ra ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish (takomillashtirish), raqamli texnologiyalar, jumladan “big data” (ulkan ma’lumotlar) va “artificial intelligence” (sun’iy intellekt)ni soha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘llashning uslubiy-dasturiy asoslarini takomillashtirish kabi yo‘nalishdagi tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tarkibida neft va gaz ishlab chiqarish bo‘g’inlarining texnik-texnologik jihatdan uyg‘un sxemasiga ko‘ra samaradorligini oshirish, sun’iy intellekt hisobiga raqamlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish, sohada mehnatni ratsional tashkil qilish kabi yo‘nalishidagi tadqiqotlar ustuvor darajada bajarilmoqda. Yangilanib borayotgan O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish tarmog‘ini jadal sur’atlar bilan sifat jihatdan rivojlantirish, ishlab chiqarishga innovatsion yangiliklar va texnologiyalarni keng qo‘llagan holda texnik-texnologik darajasini ilg‘or jahon amaliyotiga muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. “... Iqtisodiyotning barcha sohalarini innovatsiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda...”2. Bu borada ishlab chiqarish bo‘g‘inlari, jumladan siquv kompressor stansiyalari faoliyatini dasturiy integratsiyalashning uslubiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini raqamli infratuzilmalarni muqobillashtirish, mehnat unumdorligiga ko‘ra ishlab chiqarishning istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha tavsilarni asoslash kabi yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2018 yil 1 avgustdagi PF-5497-son “2017-2021 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashni yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada kommunikatsiya texnologiyalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi farmonlari, 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling