Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 0.77 Mb.
bet6/39
Sana08.05.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1446490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
avtoreferat 02.05

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Mazkur dissertatsiya tadqiqoti Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq №PZ-20170926232 “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi intellektual hamkorlikni shakllantirish va qo‘llash” mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari faoliyatini innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
sanoat korxonalari faoliyatini innovatsiyalar asosida takomillashtirish va modernizatsiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish;
globallashuv sharoitida sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsiyalar asosida samarali rivojlanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarning tadqiq qilish;
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishni innovatsiyalar asosida tashkil etishning xorijiy tajribalarini o‘rganish asosida ilmiy takliflar ishlab chiqish;
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari faoliyatini iqtisodiy – texnik imkoniyatlarini 2014–2021 yillardagi erishgan yutish va kamchiliklarini tahlil qilish;
texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari ishlab chiqarish jarayonlaridagi innovatsion texnologiyalardan foydalanishdagi muammolarni aniqlash;
sanoat korxonalarida innovatsiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqarishda korxona bo‘lim va sexlari orasidagi avtomatlashtirilgan integratsiyani qo‘llash tizimini takomillashtirish;
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari faoliyatini innovatsiyalar asosida faoliyat samarodorligini oshirish tendensiyalarni aniqlash;
innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash asosida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti milliy iqtisodiyotning gazni qayta ishlash sanoatining yetakchi bo‘lgan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishning texnik-iqtisodiy jihatlari hisoblanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling