Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi


Download 0.77 Mb.
bet7/39
Sana08.05.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1446490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
avtoreferat 02.05

Tadqiqotning predmeti. Sanoat korxonalarida innovatsiyalarni qo‘llash asosida innovatsiyalarlardan samarali foydalanish jarayonida vujudga kelgan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar o‘zaro yig‘indisidan iborat.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, korrelyatsion va regression tahlil, induksiya, deduksiya, statistik, guruhlash, tizimlashtirish, iqtisodiy-matematik modellashtirish va boshqa usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini gazni birlamchi tayyorlash, realizatsion sinash va universal saqlash jarayonining raqamli infratuzilmasini muqobillashtirish, gazni birlamchi tayyorlash jarayonini SCADA (innovatsiyalari) va siquv kompressor stansiyalari gaz haydash agregatlaridan foydalanishni optimallashtirishga ko‘ra oshirish asoslangan;
ishlab chiqarish samaradorligiga yonashuv ish stansiyalari (AWS) va yagona hisoblash muhiti (ERP)ni SCADA (innovatsiyalar) raqamlashtirishga ko‘ra takomillashtirshning muvofiqligi asoslangan;
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarida mahsulot sotish hajmi va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan pronoz ko‘rsatkichlari ilmiy asoslangan;
siquv kompressor stansiyalari va gaz haydash agregatlarini dasturiy integratsiyalashga ko‘ra Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalari bo‘lim va sexlari avtomatlashtirilgan integratsiyalauv samaradorligini oshirishi asoslab berilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
siquv kompressor stansiyalari, gaz haydash agregatlaridan foydalanish ixchamlashtirilgan va kamxarj integratsiyasini iqtisodiy samaradorligini baholash usuli ishlab chiqilgan;
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarida innovatsion texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar asosida ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va mahsulot turini diversifikatsiyalash uchun uzoq muddatli istiqbol vazifalar aniqlashtirilgan.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling