Toshkent davlat texnika universiteti «Metallarga bosim bilan ishlov berish» kafedrasi


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana20.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1040321
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
Металларга босим билан ишлов бериш назарияси

 
Amaliy ishni o’tishdan maqsad:
 
Talabalarga kuchlangan va deformatsiyalangan holatni o’rgatish. 
Amaliy ishni o’tish bo’yicha nazariy qism: 
Кuchlar ta’siriga uchragan jism kuchlangan holatda bo’ladi. Jismga ta’sir etayotgan tashqi 
kuchlar ikkita asosiy turda: sirtqi va hajmiy (massaviy) bo’ladi.
Sirtqi kuchlarga berilgan jism sirtiga qo’yilgan kuchlar kiradi. Ular tarqalgan (yoyilgan) va 
yig’ilgan bo’lishi mumkin. 
Hajmiy kuchlarga jismning barcha, shu jumladan ichki nuq-talariga ham ta’sir ko’rsatuvchi 
kuchlar kiradi. Bu kuchlar jism massasining elementariga proporsionaldir (og’irlik kuchlari, inersiya 
kuchlari va boshqalar). Bundan keyin hajmiy kuchlarning ta’siri ko’rib o’tilmaydi. 
Кuchlangan holatni ko’rib chiqishda jism bir jinsli va izotrop va uzluksiz nuqtalar tizimidan ibo-
rat deb qabul qilinadi. Agar nuq-talar tizimi muvozanatda bo’lsa, tashqi kuchlar xuddi tizim qotgandek 
baravarlashgan deb qabul qilinadi. Buni qotish prinsipi deb ataladi.
Elastik holatda muvozanat tashqi kuchlarning har qanday nisbatida ham bo’lishi mumkin. 
Plastik muvozanatda kuchlarning nisbati va kattaligi batamom ma’lum bo’lishi kerak. Buni 
keyinchalik aniqlanadi.
Tashqi kuchlar ta’siri ostida jismda ichki kuchlar kelib chiqadi. Yuza birligiga keltirilgan ichki 
kuchlar jadalligi kuchlanish deb ataladi. Кuchlangan jismdagi har qanday nuqta boshqa hammasining 
ta’siri ostida bo’ladi, shuning uchun berilgan har qanday nuqta orqali o’tkazilgan har bir tekislikda un-
ga muayyan kattalik va yo’nalishdagi kuchlanish ta’sir ko’rsatadi.
To’liq kuchlanish parallelopiped qoidasi bo’yicha doimo bitta tik va ikkita urinma, uch bo’lakka 
ajratilishi mumkin. Xuddi shunday to’liq kuchlanishni yo’nalishi bo’yicha uchta koordinat o’qiga 
ajratish mumkin. 

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling