Toshkent davlat texnika universiteti «Metallarga bosim bilan ishlov berish» kafedrasi
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Металларга босим билан ишлов бериш назарияси
Qiya maydonchadagi kuchlanishlar Belgilangan nuqtadan o’tuvchi, uchta o’zaro perpendikulyar maydonchalardagi kuchlanishlar be- rilgan bo’lsa, uning kuchlangan holati tamomila aniq ekanini isbotlaymiz. Berilgan O nuqtadan koordinat o’qlariga qiya tekislik o’tkazamiz. Natijada Oavs tetraedr geo- metrik shaklini olamiz. Uning qirralari cheksiz kamayib borganda berilgan nuqta bilan qo’shilib ketadi (17-rasm). N - tetraedr qiya yoqlariga normal bo’lsin. Uning holati yo’naltiruvchi kosinuslar bilan ani- qlanadi: sos = sos (N,x) = a x ; sos = sos (N,y) = a y ; cos = cos (N,z) = a z . Qiya yoqning yuzasi F, qolgan yoqlar ularning joylashishiga mos ravishda F x , F y va F z bo’lsin. Qiya yoqda qandaydir S (to’liq) kuchlanish ta’sir etadi deb hisoblaymiz. 36 Кoordinat maydonchalardagi kuchlanishlar berilgan S kuchlanishning koordinat o’qlari yo’nalishiga proeksiyasi, yoki o’shaning o’zi, S kuchlanishning koordinat o’qlari bo’yicha tashkil etu- vchilarini S X , S u va S z bilan belgilaymiz. 17-rasm. Qiya maydonchadagi kuchlanishlar. Tetraedr muvozanatda bo’lishi kerak. Barcha ta’sir etuvchi kuchlarni koordinat o’qlariga proeksiyalab, muvozanat shartini yozamiz: prx = S x F - X F x - xu F u - xz F z = 0; pry = S y F - yx F x - u F u - yz F z = 0; prz = S z F - zx F x - zu F u - z F z = 0; Ammo F x = F a x ; F u = F a u ; F z = F a z ; U holda S x = x a x + xy a y + xz a z ; S D = yx a x + y a y + yz a z ; (23) S z = zx a x + zy a y + z a z . S kuchlanish tashkil etuvchilarini parallelopiped qoidasi bo’yicha yig’ib, to’liq S kuchlanishning o’zini ham olish oson: S 2 = S x 2 + S y 2 + S z 2 (24) Qiya maydonchadagi n normal kuchlanish S x , S y , S z tashkil etuvchilarning maydongacha bo’lgan normalga proeksiyalari yig’indisi sifatida aniqlanadi: n = S x a x + S y a y + S z a z (25) Qiymatlarini (2.3) tenglamadan olib qo’yib, ushbuni olamiz. n = x a x 2 + y a y 2 + z a z 2 + 2 xy a x a u + 2 yz a y a z + 2 zx a z a x (25a) Qiya maydonchadagi to’liq urinma kuchlanishni parallelogramma qoidasi bo’yicha olamiz. 2 = S 2 - n 2 (26) Olingan formulalardan kelib chiqadiki, agar koordinat maydonchalarida kuchlanish berilgan bo’lsa, u holda har qanday qiya maydonchadagi kuchlanishni doimo aniqlash mumkin, boshqacha ay- tganda, agar uchta o’zaro perpendikulyar tekislikda ta’sir etayotgan oltita kuchlanish berilgan bo’lsa, nuqtaning kuchlangan holati tamomila aniq bo’ladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling