Amaliy ishni o’tishdan maqsad:
Talabalarga kuchlangan va deformatsiyalangan holatni o’rgatish.
Amaliy ishni o’tish bo’yicha nazariy qism:
Кuchlar ta’siriga uchragan jism kuchlangan holatda bo’ladi. Jismga ta’sir etayotgan tashqi
kuchlar ikkita asosiy turda: sirtqi va hajmiy (massaviy) bo’ladi.
Sirtqi kuchlarga berilgan jism sirtiga qo’yilgan kuchlar kiradi. Ular tarqalgan (yoyilgan) va
yig’ilgan bo’lishi mumkin.
Hajmiy kuchlarga jismning barcha, shu jumladan ichki nuq-talariga ham ta’sir ko’rsatuvchi
kuchlar kiradi. Bu kuchlar jism massasining elementariga proporsionaldir (og’irlik kuchlari, inersiya
kuchlari va boshqalar). Bundan keyin hajmiy kuchlarning ta’siri ko’rib o’tilmaydi.
Кuchlangan holatni ko’rib chiqishda jism bir jinsli va izotrop va uzluksiz nuqtalar tizimidan ibo-
rat deb qabul qilinadi. Agar nuq-talar tizimi muvozanatda bo’lsa, tashqi kuchlar xuddi tizim qotgandek
baravarlashgan deb qabul qilinadi. Buni qotish prinsipi deb ataladi.
Elastik holatda muvozanat tashqi kuchlarning har qanday nisbatida ham bo’lishi mumkin.
Plastik muvozanatda kuchlarning nisbati va kattaligi batamom ma’lum bo’lishi kerak. Buni
keyinchalik aniqlanadi.
Tashqi kuchlar ta’siri ostida jismda ichki kuchlar kelib chiqadi. Yuza birligiga keltirilgan ichki
kuchlar jadalligi kuchlanish deb ataladi. Кuchlangan jismdagi har qanday nuqta boshqa hammasining
ta’siri ostida bo’ladi, shuning uchun berilgan har qanday nuqta orqali o’tkazilgan har bir tekislikda un-
ga muayyan kattalik va yo’nalishdagi kuchlanish ta’sir ko’rsatadi.
To’liq kuchlanish parallelopiped qoidasi bo’yicha doimo bitta tik va ikkita urinma, uch bo’lakka
ajratilishi mumkin. Xuddi shunday to’liq kuchlanishni yo’nalishi bo’yicha uchta koordinat o’qiga
ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |