Toshkent davlat texnika universiteti neft va gaz fakulteti 129 -20 guruh talabasi Sherqulov Zohidjonning


Download 1.67 Mb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1019022
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация

IEM markali inklonomet asboblari -10 dan +80 °C gacha haroratda 20 dan 50 Mpa bosimda ishlay oladigan 36 , 42 , va 60 mm o‘lchamdagi uch xil variantdagi asboblari mavjud . IEM -36 asbobi har qanday bir tomirli yoki uch tomirli geofizik kabelda (TU 16K64.01-88 uzunligi 5 kmgacha bo‘lgan ) ishlashi mumkin .

Ma‘lumotlar sonli –impuls kodli shaklda kabel orqali uzatiladi .

Mahalliy normal magnit maydonli mustahkamlanmagan (quvursiz) burg‘i quduqlarida masofadan boshqariluvchi ( yer usti pulti bilan boshqariluvchi ) elektrik inklonometrlar yoki fotoinklinometrlar qo‘llaniladi , quvurlar bilan mustahkamlangan burg‘i quduqlarida inklonometriya tadqiqotlari o‘tqazilganda esa giroskopik inklonometrlar qo‘llaniladi. Masofadan turib boshqariluvchi (yer usti pulti yordamida ) NSH -4 ,KIT , NF – 6 , MI – 30 va boshqalar), giroskopik inklonometrlardan NG -50 ,NG – 32 va boshqalar qollaniladi.

kit va kita inklonometrlarining asosiy mexanik qismi . 1-podshivnik , 2-kontakli halqa kollektori , 3- kollektor , 4- magnitli o‘q , 5- prujinalikontaktlar , 6- azimutal reoxord , 7- kontaktli halqa , 8 – o‘tkir uchli ilgak , 9-yukli bussol , 10 –yoy shaklidagi richak , 11- shovun , 12-burchak datchigi tok o‘tkazuvchi kabel , 13-shovun strelkasi, 14-burchakli reoxord ,15-yuk , 16-markaziy o‘q ramkasi .

Inklonometriya dalillarini talqin qilish

Hozirgi kunga kelib inklonometriya dalillarini talqin qilishda ham qayta dasturlaridan keng foydalaniladi . Masalan inklonometriya bo‘yicha quduq yo‘nalishini ma‘dan konlarida Micromine dasturida , neft va gaz konlarida esa Petrel dasturlarida Z o‘qi bo‘yicha aks ettirish mumkin.

3a-rasmda inklonometriya malumotlarini maxsus qayta ishlovchi dasturlarda talqin qilish bo‘yicha 3D – o‘lchamli blok modelda namuna ko‘rsatilgan uchta burg‘i qudug‘ining yo‘nalish burchagi va joylashish o‘rni ko‘rsatilgan.

Buning uchun burg‘i qudug‘ining joylashish o‘rni koordinatalari , altitudasi chuqurligi va ushbu chuqurlik bo‘yicha o‘tqazilgan o‘lchovlarning son qiymati zarur . Talqin qilish natijasida tasvirlangandek quduqlarning shimoliy meridianga va bir biriga qanday yo‘nalishda va holatda burg‘ilanganligini ko‘rishimiz mumkin .


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling