Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»
MA’RUZA №3 Neft va gaz uyumlariga ta’sir etish usullari texnologiyasi va texnikasi
Download 6.03 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Suv bostirish texnologiyasi.
MA’RUZA №3
Neft va gaz uyumlariga ta’sir etish usullari texnologiyasi va texnikasi Ma’ruza rejasi 3.1. Suv bostirish texnologiyasi. 3.2. Qatlamga ta’sir qilish bilan qamrash. Tayanch so’zlar Qatlamga chegara tashqarisidan suv haydash, chegara bo‘ylab suv haydash, uyum ichidan suv haydash, uyumni bo‘laklarga bo‘lish, gumbaz qismidan suv haydash, manba’li suv haydash, maydonli suv haydash, markazdan suv haydash, yo‘naltirilgan suv haydash, oluvchi quduqlar, haydovchi quduqlar, haydash bosimi, bo‘lakli suvhaydash, besh nuqtali suv haydash, yetti nuqtali suv haydash, haydalgan suv va olingan suyuqlik nisbati, suv haydashdan olingan iqtisodiy samara va sh.k. 3.1. Suv bostirish texnologiyasi. Neft uyumiga ta’sir maqsadi qatlam bosimini ushlash va undan ham muhimi oxirgi neft beraoluvchanligini oshirishdir. Qatlamga ta’sir etish bundan tashqari oxirgi ishlatish davrida ishlayotgan tugallangan konlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Ko‘p holatda ta’sir etish usullari har ikkala maqsadda qatlam bosimini ushlash va oxirgi neft beraoluvchanligini oshirish uchun ishlatilishi mumkin. Neft uyumlariga ta’sir etish miqyosi juda katta. 85% atrofida neft qatlamdan ta’sir qilish usulari yordamida qazib olinadi. Uyumdan neft qazib olish sur’atini yaxshilash va uning oxirgi neft beraoluvchanligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz yoki havo haydab qatlam bosimini ushlab turish usullaridan foydalaniladi. Ular ichida qatlam bosimini suv haydab ushlashorqali ta’sir etish asosiy usullardan biri sanaladi. Qatlamga ta’sir etishning quyidagi asosiy usullari mavjuddir. A.Qatlamga suv haydab qatlam bosimini ushlash usuli, ularga quyidagilar kiradi: 1.Chegara ortidan suv bostirish. 2.Chegara bo‘ylab suvboshtirish. 3.Chegara ichki qismidan suv haydash, unga quyidagilar kiradi: a) chiziqli va aylana qator bo‘ylab joylashtirilgan haydovchi quduqlar bilan uyumni bo‘lish; b) blokli suv boshtirish tizimi; v) markaz bo‘ylab suv haydash; g) tanlab suv haydash; d) maydon bo‘ylab suv haydash. B.Gaz haydab qatlam bosimini ushlash: a) Havo haydash. b) Quruq gaz haydash. v) To‘yintirilgan gazni haydash. g) Kiritik ko‘rsatkichlarga yaqin xossali gazlarni haydash. V.Issiqlik ta’siri usullar. a) Qatlamga issiq suv haydash. b) Qizdirilgan bug‘ haydash. v) Qatlamda harakatlanuvchan yonuvchi front hosil qilish. g). Qatlamning tub qismiga issiqlik bilan ishlovberish Bulardan tashqari juda kam qo‘llaniladigan, yuqordagi nomlanishlarning birikishidan tashkil topgan ta’sir usullari ham mavjud. Bunday usullarga qatlamga eritmalarga o‘xshash har xil moddalarni haydab, keyin uni quriq gaz yoki suv bilan bostirish usullari kiradi; korbanlashgan suvni haydab, keyin suv bilan bostirish; is gazi; qatlam nefti siquvchi suv bilan aralashadigan mitselyar eritmalar; maxsus apparatda – gazogeneratorda haydash bosimi ostida neftni yoqishda olingan gazgeneratori gazini haydashlar misol bo’ladi. Qatlam bosimini ushlab turish maqsadida uyumning chegara ortki, chegara qismiga va chegara ichki qismiga suv haydash usullari qo’llaniladi. Ayrim hollarda chegara ortidan va chtgara bo’ylab suv haydash usuli, chegara ichiki qismiga suv haydash usullari bilan to’ldiriladi. Chegara orti, chegara bo’ylab va chegara ichki qismidan suv haydash natijasida uyumga qo’shimcha energiya bilan ta’sir qilinadi va uyumni yuqori sur’at bilan ishlashiga yordam beradi. Qatlam energiyasini saqlash maqsadida qatlamga sun’iy ta’sir etish uchun uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu qatlam bosimini yuqori darajada ushlab turish, ya’ni boshlang’ich qatlam bosimga yaqinroq, quduqni yuqori debitliligini va shu bilan birgalikda neft beraoluvchanlik koeffisientini yuqori bo’lishini ta’minlaydi. O‘tgan asrning qirqinchi yillari o‘rtasida sobiq sovet neftchilari va olimlari tomonidan qatlamni ishlatish jarayonida unga suv haydash texnologiyasi joriy qilingan va ishlatib ko‘rilgan. Neft uyumlarini suv siquvi tarzida ishlatishda chekka va ostki suvlarning tabiiy bosimidan foydalaniladi. Qatlam bir xil bo’lganda harakatlanayotgan chekka suvlar fronti tashqi neftlilik konturiga parallel siljiydi. Bunday paytda qazib chiqarish quduqlarini tashqi neftlilik konturiga parallel qatorlar bilan joylashtirish rejalashtiriladi. Ishlatish jarayonida qazib chiqarish quduqlari va uyumning alohida qismlarini muddatidan avval suvlanishini bartaraf qilish maqsadida qazib chiqarish quduqlarining birinchi qatori ichki neftlilik konturi chegarasida joylashtirilgan. Lekin bunday hollarda suvlanish «til» larini hosil bo’lishi hisobiga neft suvneftli zonalardan kam hajmda olinadi, neftbyeruvchanlik koeffitsienti kamayadi, bu ishlatish tizimi bilan uning rejalashtirilgan kattaligi taminlanmaydi. Shuning uchun keyingi paytlarda qazib chiqarish quduqlarini uyumning suvneftli zonasida ham joylashtirish ko’zda tutiladi. Rejalashtirilgan ishlatish tizimlarida ishlatish nazorat qilinsa maksimal neft beraoluvchanlik koeffitsientiga yerishiladi. Bunda qazib chiqarish quduqlari maxsulotining suvlanganlik darajasi va jadalligiga katta e’tibor byeriladi. Birinchi qator quduqlari suvlanganda ular to’xtatiladi va qo’shimcha ichki qator ishga tushiriladi. Qatlam suvlarining faol siquvi bilan massiv neft uyumlarini ishlatishda ularni qatlamning kesimi bo’ylab suvlanishi kuzatiladi, SNCh tez siljiydi. Qazib chiqarish quduqlarini suvlanish tezligini kamaytirish uchun qatlamning neftga to’yingan oralig’ini yuqori qismigina perforatsiyalanadi (ochiladi). Bunda avval uyum oralig’ining quyi qismi, so’ngra tobora yuqori qismlari ishlatiladi. Quduqlar ham tobora pastdan yuqoriga suvlanib boradi. Neft va neftgaz konlarini ishlatish jarayonida qatlam bosimini ushlab turish maqsadida qatlamning geologik sharoitlaridan kelib chiqib turli usullarda suv haydaladi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling