1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
«Neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi» fani asosiy iqtisoslik fani hisoblanib, 7, 8- semestirlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematika va tabiiy-ilmiy (oily matematika, fizika, kimyo), umumkasbiy (termodinamika, neft va gaz koni geologiyasi, neft va gaz ishi asoslari, neft va gaz qatlami fizikasi, kon geofizikasi, er osti gidravlikasi) fanlaridan etarli bilim va ko’nikmaga ega bo’lishlik talab etiladi.
Neft va gaz sanoati rivojlanishi, mamlakatni yoqilg’i bilan ta’minlash konchilar oldidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Jumladan neft konlarini ishlatish samaradorligini oshirish alohida o’rin egallaydi.
Bu fanni o’rganmasdan turib, konni ishlatishning nafaqat sanoat-sinov muddatiga mo’ljallangan boshlang’ich, balki keyingi loyihalarni ham tuzish qiyin. Shuning uchun ushbu fan asosiy iqtisoslik fani bo’lib, ishlab chiqarish texnologik tuzilishining ajralmas qismi hisoblanadi.
Talabalarning «Neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsiyon-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilishi muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matinlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, vertuval stendlar hamda ishchi holatdagi mashina va mexanizmlarning ishlab chiqarishdagi namunalaridan foydalaniladi. Maruza va amaliy mashg’ulot darslarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Tekshirish uchun savollar
1.1. O’zbekistonda neft va gaz sanoati qachondan rivojlana boshlagan?
1.2.O’quv fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
1.3.Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?
1.4. Fanning ishlab chiqarishda o’rni qanday?
MA’RUZA № 2
Neft uyumi fizik tavsifi
Ma’ruza rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |