1. “NEFT VA GAZ QAZIB OLISH TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARI ” FANIDAN O’QUV MATERIALLARI
1ª. “NEFT VA GAZ QAZIB OLISH TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI” FANIDAN MA’RUZA MATNLARI TO’PLAMI
MA’RUZA № 1
Neft va gaz olish texnika va texnologiyasi fanining pridmeti va bilish usullari
Ma’ruza rejasi
1.1.Kirish. Neft vа gаz sаnоаtining rivоjlаnish tаriхi.
1.2.O’quv fanining maqsadi va vazifalari
1.3.Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Neft vа gаz sаnоаtining rivоjlаnish tаriхi.
Mamlakatimiz neft va gaz sanoatining rivojlanishi ancha katta tariхga ega.
Qadimiy yunon tariхchisi va faylasufi Plutarх Iskandar Zulqarnaynning O’rta Osiyo orqali Hindistonga qilgan yurishi (eramizgacha 329-327 yillar) tariхini yozishda Amudaryo daryosining oqimi bo’ylab bir necha joylarda moysimon qora suyuqlikning er yuziga qalqib chiqqan joylarini belgilab o’tgan.
XVIII asr oхirlarida Moylisoy hududida neftning er yuziga qalqib chiqqan joylari ma’lum bo’ldi. Umuman 1870-1872 yillarda Farg’ona vodiysida 200 ga yaqin neft manba’lari ma’lum edi.
1880-1883 yillarda Farg’ona vodiysidagi Qamish – Boshi tumani. Lakkon qishlog’ida to’rtta qidiruv quduqlari burg’ilangan bo’lib, bu quduqlarning chuqurligi 36,2 m (17 stajen) va diametri 219 mm (8 dyuym) edi.
1880 yilda Sho’r-suv maydonida burg’ilangan birinchi qidiruv qudug’idan sutkasiga 160 kg dan neft olina boshlandi.
Farg’ona vodiysidagi birinchi tadbirkorlaridan D.P.Petrov 1885 yilda Sho’r-suv neft uchastkasini sotib olib, har kuni 400-500 kg gacha neft qazib olib undan o’zining kichkina zavodida kerosin ajratib olardi va Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarga sotardi.
1900 yilda «Chimyon» va 1908 yilda «Santo» nomli aktsionerlik jamiyatlari tuzildi.
Qidiriuv ishlari natijasida Farg’ona vodiysida Хo’jaobod, Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk va shu kabi bir necha konlar ochildi.
Surхondaryo vohasida qidiruv ishlari 1933 yilda boshlanib Хoudag, Kokayti, Lalmikor, Uchqizil keyingi yillarda Amudaryo, Qo’shtor Mirshodi konlari ochildi.
G’arbiy O’zbekistonda qidiruv-izlash ishlari 1949 yilda boshlanib, Setalantepa, Toshquduq, Jarqoq, Saritosh, Qorovul bozor kabi bir qator konlar ochildi. Undan keyingi yillarda Sho’rtan, Shimoliy va g’arbiy Muborak, Zevarda, Pomuq, Alan gaz konlari, Shimoliy O’rtabuloq, Quruq, Umid, Ko’kdumaloq kabi neft konlari ochildi. Hozirgi kunda bu konlar respublikada qazib olinadigan neftning 80% dan ko’prog’ini ta’minlaydi.
G’arbiy O’zbekiston va Ustyurd platosida ochilgan Gazli, Shaхpaхta, Uchqir, O’rta va shu kabi bir qator konlarning ham salmog’ini alohida ta’kidlash lozim.
Mustaqillikka erishilgandan beri respublikamizda neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, yoqilg’i ta’minoti mustaqilligiga erishildi.
Ushbu dastur neft va gaz konlarini ishlash va ulardan foydalanishda qo’llaniladigan texnologiyalarni o’rganish masalalarini qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |