1.2.O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’rganishdan maqsad – talabalarni neft va gaz quduqlarini tadqiqotlash, ularni ishlatishning texnologik rejimini tuzish quduqlarni ishlatish usullari va ularni ta’mirlash bilan tanishtirishdan iborat. Konlarni ishlatishni optimizatsiyalash, tahlil usullari, elektron hisoblash texnikasini qo’llash usullari va neft uyumlari ishini loyihalashtirish masalalarini echishda hisoblash komplekslaridan foydalanish masalalari ham o’rgatiladi.
Fanning vazifasi – talabalarga konlarda qo’llaniladigan zamonaviy texnologiya va texnikalarni xususiyatlarini o’rganishdan iborat.
1.3.Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
neft va gaz uyumlariga ta’sir etish usullari texnologiyasi va texnikasi;
gaz bosimi rejimida neft konlarini ishlatish;
darzli kollektorlarda neft konlarini ishlatish;
neftning anamal xossalari sharoitida konlarni ishlatish xususiyatlari;
gaz uyumlarini ishlatishda sodir bo’ladigan asosiy jarayonlar;
tabiiy gaz konlarini ishlatishda quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi;
neft beraolishlikni oshirish texnologiyalarini bilishi kerak;
ishlatish jarayonini tahlil etish;
tabiiy gaz konlarini ishlatishda quduqlarni joylashtirish tizimi;
tabiiy gaz konlarini ishini tahlil etish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
suv bosimi rejimida ishlatish ko’rsatkichlarini hisoblash;
texnologiyalarni tadbiq qilish;
texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan texnikalarni tanlash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |