8.2. Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash texnologiyasi
Karbonat angidrid neft, suv va tog jinslari (kollektor) bilan munosabatga kirishganda ularning fizika-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish qobiliyatiga egadir.
Neftbaoluvchanlik koeffitsiyentini oshirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- karbonat angidrid ni qatlamga haydab uning (hoshiyasini hosil qilish yoki suv bilan almashtirib haydab, suv va karbonat angidrid hoshiyasini) hoshiyasini hosil qilish mumkin.
- gazsimon karbonat angidrid hoshiyasini hosil qilish,
- karbonlashgan suv haydash(karbonlashgan suv- tarkibida 3-5 % karbonat angidrid mavjud bo‘lgan suvdir).
Qatlamga karbonat angidridni haydash uchun undagi harorat, bosim va qatlamning neftga to‘yinganlik darajasini bilish lozim bo‘ladi. Ma’lumki karbonat angidrid + 310 С da va 4-7 MPa bosim ostida suyuqlikka aylanadi. Agar qatlam suyuq karbonat angidrid faoliyat ko‘rsatishini istasak bosim ko‘rsatganimizdek, harorat esa +310 С dan ortiq bo’lmasligi kerak. Qatlamning neftga to‘yinganlik darajasi 30-40 % dan kam bo‘lmasligni taqozo qiladi. Ma’lumki aksariyat neft uyumlarning harorati +31 0 С dan yuqoridir.
Shuning uchun karbonat angidridning gaz holatda qatlamga ta’sir ko‘rsatishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Karbonat angidridni qatlamga haydash texnologiyasi o‘ziga xos bo‘lib, unda haydovchi quduqlar karbonat angidritning taqsimlash punkti, uglekislota nasos stansiyasining blok kollektori, iste’molchining bog‘lanish bo‘lagi va mavjud suv haydash tizimi stansiyasi, suv bilan ta’minlanishning I ko‘tarilish stansiyasi, tozalash inshootlari, bosh nasos stansiyasi (II ko‘targich), bufer idishlar, bo‘lakli kompressor nasos stansiyasi va taqsimlovchi joy.
U yoki bu variantni tanlash va ishga tushirish konning konkret sharoitlari va ko‘rsatgichlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi va qo‘llanadi.
Tekshirish uchun savollar
1. Qatlamga karbonat angidrid haydash neftberuvchanlikka qanday tasir ko‘rsatadi?
2. Qatlamga karbonat angidrid haydashdagi yutug‘li tomonlar nimada?
3. Karbonat angidrid haydashda uchraydigan muammolarni sanab o‘ting?
4. Qatlamga karbonat angidrid texnologiyasini tushintirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |