Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqish


Download 6.03 Mb.
bet28/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

7.2. Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqish.
Sirt-molekulyar kuchlarni neft beraolishlikka salbiy ta’sirini qisman yoki to‘la yo‘qotishga qatlamda siqiluvchi faza (neft) siquvchi faza (gaz, erituvchi) bilan bir-birini ajratuvchi chegara hosil qilmasdan aralashib (qo‘shilib) ketadigan sharoit hosil qilish yo‘li bilan erishsa bo‘ladi. Ikki suyuqlik orasida ajratuvchi chegaraning bo‘lmasligi faqatgina, qachonki ular o‘zaro eruvchan va bir fazali tizimni tashkil qiladigan sharoitda mumkin. Neft qatlamida siqiluvchi va siquvchi fazalarning aralashishi deganda ma’lum harorat va bosimda har qanday miqdoriy nisbatda o‘zaro bir-birida to‘la erishi tushuniladi. Bu sharoyitga asoslanib so‘nggi vaqtlarda g‘ovak muhitdan neftni siqib chiqarishning quyidagi yangi usullari ishlab chiqilgan.
1. Neftni suyultirilgan gaz bilan 8 MPa (80 Kgs/sm2)dan yuqori bosim ostida siqib chiqarish. Bu usulning mohiyati shundan iborat-ki, unda neft hududi ortidan hoshiya hosil qiluvchi, qandaydir miqdordagi suyuq propan (yoki boshqa suyultirilgan gaz)ni neft qatlamiga haydaladi undan keyin esa propanni harakatga keltiruvchi quruq gaz (asosan metan) haydaladi, propan esa neftni ishlatuvchi quduqlar tomonga suradi. Propan-metan va gaz-propan hududlarida fazalarning aralashishi oqibatida bu fazalarning tutashish chegaralari bo‘lmaydi. Natijada, oddiy birlamchi va ikkilamchi usullarda neftni to‘laroq qazib chiqarishga qarshilik qilayotgan kapilyar kuchlar ham bo‘lmaydi, neftni siqish darajasi ancha ortadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun yuqori bosim talab qilinmaydi. Faqat bosim darajasi shuni ta’minlashi kerak-ki suyuq propan qatlam nefti bilan va propan hoshiyasini siljituvchi gaz bilan to‘la aralashsin.
Propan suyuq holatda bo‘lishi uchun neftni hoshiya bilan siqish hududida bosim erituvchini qatlam haroratida bug‘lanish (gazga aylanish) bosimidan yuqori bo‘lishi lozim.
2. Neftni 14 MPa (140 kgs/sm2)dan yuqori bo‘lgan bosimda yog‘li (moyli) yuldosh yoki to’yintirilgan gaz bilan siqish. Usulning mohiyati shundan iborat-ki, unda neft qatlamiga bir qancha darajada oraliq uglevodorodlari (С2 - С6) bilan to‘yintirilgan - ko‘pincha propan haydaladi. Bu uglevodorodlarning neftdagi konsentratsiyasi gazdagiga nisbatan past bo‘lgani uchun ularni neftda erishi sodir bo‘ladi. Natijada neft «bo‘kadi» va hajmi oshadi, bundan kelib chiqib esa qatlamning neftga to‘yinganligi ortadi. Shu davrda neftni ishlatuvchi quduqlar tomonga oqimini yengillatuvchi, g‘ovak muhitni neft uchun nisbiy o‘tkazuvchanligi ko‘payadi. Bundan tashqari, qoldiq neftninng qovushqoqligi unda oraliq uglevodorodlari (С2 – С6) erishi natijasida kamayadi, bu ham o‘z navbatida neftni samarali qazib chiqarishga olib keladi.
3. Neftni yuqori bosimli quruq gaz bilan siqish (21 MPa dan yuqori bo‘lgan bosimda). Bu jarayonda siquvchi agent asosan metandan iborat bo‘lgan gaz bo‘ladi. Bu uglevodorodlar neftdan ularni qayta bug‘lanishi natijasida ajralishi mumkin; ma’lum harorat va bosimda neft-gaz tizimi bir fazali holatga o‘tadi. Bunday o‘tish uchun quyidagilar zarur: birinchidan, neft tarkibida ko‘p miqdorda oraliq komponentlar (С2 - С6) bo‘lishi, shuningdek neft yengil bo‘lishi kerak; ikkinchidan, siqish hududida yuqori bosim zarur.
Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan siqishda siqiluvchi va siquvchi fazalar orasidagi tutashish chegarasini yo‘qotish, g‘ovaklar devoriga yopishgan neftni kuchsizlantirish, plyonka va kapilyar - ushlangan neftni olishda, erish va qayta bug‘lanish jarayoni katta ahamiyatga ega. Birinchi holatda bir suyuqlik ikkinchisida erishi natijasida tutash chegaralar hosil bo‘lishi yo‘qotiladi. Shuning bilan birga erituvchi plyonkasimon neftni qovushqoqligini pasaytiradi bu bilan esa neftni tog‘ jinsiga yopishqoqligi kamaytiriladi, agarda neft plyonkasi butunlay yuvilmasa ham bir qancha yupqalashadi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling