Toshkent davlat texnika universiteti «neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» kafedrasi «neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyasi»


Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy muammolar


Download 6.03 Mb.
bet91/176
Sana11.10.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1698735
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176
Bog'liq
Документ Microsoft Word

27.3.Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy muammolar
Gaz konlarini ishlatishning joriy holati va samaradorligining kattaligi, konni va uni o‘rab turgan bassenning geologik tuzilishining barcha xususiyatlarini hisobga olib ishlatish sistemasining qanchalik mukammal va amaliy holatga yaqinlashtirib loyihalashtirilganligi orqali aniqlanadi. Geologik va gidrogeologik shartlar, shu bilan birgalikda tanlangan ishlatish texnologiyasi asosida loyihalashtiriladi.
Konni ishlatishning murakkablik darajasini aniqlovchi shartlar va omillarni va ularning ta’siri asosida nazorat qilish ko‘rsatkichlari kompleksini shartli ravishda ikki guruhga ajratamiz: geologik va gidrogeologik; texnologik.
Birinchi guruhga uyum o‘lchami va uning boshlang‘ich parametrlari (maxsuldor qatlamnining yotish chuqurligi, qatlam bosimi va harorati, gaz va kondensat zaxirasi), maxsuldor gorizontning geologik tuzilishi(ko‘pqatlamliligi, kollektorlik xossalarining har xilligi, siniqli buzilishlari va boshqalar), uyum turi (qatlamli, salmoqli (massivnaya), suv ustida joylashuvchi (vodoplavayushaya), qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar. Bu guruhda uyum suvtaziqli basseyn bilan aloqada bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu basseynning xossa lariga tarqalish kengligi, o‘tkazuvchanligi, gidrostatik napori kiradi.
Ikkinchi gruhga uyumni ishlatish usuli (qatlam bosimini ushlash, uyumning gazli qismini yoki neft yotqizig‘ini ishlatmasdan, so‘nish orqali ishlatish va boshqalar.); uyumdan uglevodorodlarni olish surat va alohida quduqlar debiti, ularning ishchi bosimiva joriy holati; tuzulmada quduqlarning joylashtirilishi va maxsuldor gorizontni ochilish tizimi: gazning qatlam ichida yoki qatlamdan-qatlamga silishi mumkinligi va boshqalar.
Ayrim faktorlar, qo‘shni konlarning o‘zaro ta’siri, ishlash rejimi va boshqa ko‘rsatkichlar umumiy hisoblanib, ular konni ishlatish vaqtida kuzatib, bu ko‘rsatkichlarni shartli ravishda ikkinchi guruhga o‘tkazamiz.
Umumiy holatlarda tilga olingan faktorlar qancha ko‘p bo‘lsa nazorat sistemasi shuncha qiyin bo‘ladi. Katta o‘lchamli va gazgato‘yingan bir xil bo‘lmagan kollektorli, blokli tuzilishli ko‘p qatlamli, shu bilan birgalikda qatlam suvlari bilan ta’sirlashgan konlarda maksimal nazorat parametrlari qo‘llash talab etadi. Katta bo‘lmagan bir qatlamli gaz konini soddalashtirilgan nazoratsistemasi va katta samara bilan ishlatish mumkin bo‘ladi.
Nazorat sistemasi texnologik sxemani tuzish va tajribaviy-ishlatish loyihasini yoki sanoat ishlatish loyihasini tuzish davrida aniqlanadi.
Gaz konini ishlatishning barcha davrlarida qatlam suv bosimi rejimida ishlayotganda ostki va chekka suvlarning qatlamga suvning kirib kelishiga asosiy etibor qaratiladi. Qatlamdan gazni olishning barcha davrlarida ham suvning faolligi bir xil bo‘lmaydi. Odatda dastlab faqat gaz bosimi rejimi belgilari kuzatiladi. Qatlam bosimi tushishi evaziga suvning ancha faol ta’siri kuzatiladi. Ishlatishning so‘ngi davrlarida suvlanganlik keng tarqalgan bo‘lib, bunda sizilishga qarshilik ortib suvning faolligi kamayadi. G‘ovak va kovak kollektorlarda suvlanish jarayoni o‘zgarishlarga boyligi, suvlangan gaz qatlamlarining nazorat sistemasiga aniq yondashishni talab qiladi. Gazkondensat konini ishlatish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
Gazkondensat konini ishlatishda asosiy muammo uglevodorod kondensatlarini qatlamdan qazib olish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir tomondan bu savolni yechish uchun qatlamning maksimal beraoluvchanligini oshirishda yechimlarini talab qiladi.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling