Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman
Download 1.42 Mb.
|
1ИТМ МАЖМУА (2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy tadqiqotni ilmiy ish sifatida rasmiylashtirish metodikasi. Tadqiqot ishini yozishda eng muhimlaridan biri, mavzuni to`g`ri tanlash va to`laligicha ochib berishdir.
- Ishni muhim ma’lumotlar bilan boshlash kerak.
Pedagogik tadqiqot - bu pedagogik jarayonda yangilikni izlash va topishdir. Bunday ijodning birinchi bosqichi - o‘zi uchun yangilikni kashf etish, pedagogik vazifalarni hal etishning nostandart vositalarini bilib olishdan iborat. Bunday vositalar avvaldan ma’lum, biroq pedagog tomonidan qo‘llanilmagan bo‘ladi. Bu erda gap innovatsiya kabi obyektiv yangilik haqida emas, balki subyektiv yangilik to‘g‘risida bormoqda. Shunday bo‘lsa-da, eski usul va vositalardan yangicha sharoitlarda foydalanish ham mumkin. Ikkinchi bosqich - nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar uchun ham yangilikni kashf etish, ya’ni novatorlikda namoyon bo‘ladi. Masalan, pedagogik jarayon uchun samarali bo‘lgan o‘qitishning yangi metodini ishlab chiqish bunga misol bo'la oladi. Pedagogik ijodning xususiy кo’rinishi improvizatsiya hisoblanadi. Pedagogik improvizatsiya (lotincha imprivisus - kutilmagan, tasodifiy) eng umumiy ma’noda nimanidir yaratish - kutilmagan pedagogik yechimga kelish va uni o‘sha zahotiyoq amalga oshirishni anglatadi. Improvizatsiya jarayoni to‘rt bosqichdan iboratdir: 1) pedagogik jarayonda biron bir kutilmagan fikrga kelish; 2) intuitiv ravishda vujudga kelgan pedagogik g‘oyani bir lahzada anglab olish va uni amalga oshirish yo‘llarini tanlash; 3) g'oyani ommaviy tarzda bayon qilish; 4) pedagogik g‘oyani amalga oshirish jarayonini zudlik bilan tahlil etish. Hozirgacha fanda ilmiy-tadqiqot faoliyatni anglashga nisbatan yangi yondashuvlar shakllanayotganligini alohida ta’kidlash kerak. Chunki ilmiy hamjamiyatning hozirgi kundagi ilmiy dunyoqarashi yangi sifatiy bosqichga o‘tdi.
Ilmiy tadqiqotni ilmiy ish sifatida rasmiylashtirish metodikasi. Tadqiqot ishini yozishda eng muhimlaridan biri, mavzuni to`g`ri tanlash va to`laligicha ochib berishdir. Tadqiqot ishining boshlanish jarayoni hammada har xil kechadi. Ishning osonroq kechishi uchun, albatta, uni rejali tarzda amalga oshirgan ma’qul. To`g`ri, yozish qiyin. Diqqatni bir joyga to`plash va miyani ishga jalb qilish ham mushkul. Tadqiqot ishini yozish juda kuchli ishtiyoq talab etadigan ruhiy faoliyat, o`z o`rnida, xotira bilan bog`liq tarzda kechadigan aqliy mehnat hamdir. Har qanday ishda bo`lgani kabi maqsadni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Buning uchun kunlik reja tuzib olinadi va tadqiqot ishini qilinishi shart bo`lgan bandlar qatoriga kiritiladi. Misol uchun, Yel universitetining bir talabasi laboratoriya mashg`ulotlari bo`lmagan kuni bir soat vaqtini tadqiqot ishini yozishga bag`ishlaydi. Hayratlanarlisi, bir semestr davomida ishini yakunlab olishga ham erishadi.Demak, kun tartibini to`g`ri tuzish va rejalarni o`z vaqtida amalga oshirish orqali maqsadga erishish mumkinligi amalda isbotlangan.Ishni muhim ma’lumotlar bilan boshlash kerak. Vaqtni to`g`ri taqsimlagandan so`ng tadqiqot ishini qanday yozish haqida bir to`xtamga kelib olish lozim. Eng maqbul yo`li esa, juda muhim ma’lumotlarni to`plash orqali faoliyatni boshlashdir. Mazkur ma’lumotlar tadqiqot ishining nimalardan iborat bo`lishi, ya’ni ichki tartibini ham belgilab berishi mumkin. Shuningdek, fikrni rivojlantirishi hamda yangi g`oyalarni shakllantirishga xizmat qilishi aniq. Harvard universiteti (Harvard University) da ko`p yillardan buyon kimyo va nanotexnologiya sohasi bo`yicha faoliyat olib borayotgan Jorj Uvaytsaydes (George M.Whitesides) esa bu borada shunday deydi: “... oq qog`oz olib barcha muhim ma’lumotlarni qog`ozga tushiring”. Ma’lumotlarni yig`ish haqida biror tushuncha bo`lmasa, quyidagi 1-jadval as qotishi mumkin. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling