Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Muammoninng shakillari. Xususiy muammolar


Download 1.42 Mb.
bet58/143
Sana14.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1703773
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   143
Bog'liq
1ИТМ МАЖМУА (2023)

Muammoninng shakillari. Xususiy muammolar. Bir qarashda ilmiy-tadqiqot faoliyatida muammolar bir qirralidek bo‘iib ko‘rinadi. Aslida muammoning yechimini topish jarayonida uning keng qamrovli ekanligi yoki ko‘p qirraligi sezilib qoladi. Muammoning yechimi ko'pincha uning yoyilishi bilan mos keladi, ya’ni xususiy muammolar yechimlarini topishga to‘g ‘ri keladi. Ular har qanday xususiy muammolarni bog ‘lovchi, aniqlovchi, tugallovchi xususiyatga ega bo’lganbosh muammo atroflda jamlanadi. Bunday xususiy muammolarni yechish tadqiqotchining qoiiga bosh muammo yechimiga javob izlashda ma’ lumotlar, axborotlar va dalillarni beradi.
Xususiy muammolar ma ’lum darajada asosiy muammoning rejalariga о ‘xshash bo’ladi. Bunda tadqiqot manbaini yangi aloqadorliklar bilan o‘rganish, yangi manba bilan yoki manbani yangi sharoitda o‘rganishga tenglash mumkin. Ilmiy-ijodiy faoliyatning markaziy muammosi - muammo har xil turdagi (nazariy, nazariy- amaliy, amaliy) jihatlardan iborat ekanligi va ular orasidagi bog‘la- nishning xilma-xilligidir. Ular ba’zi hollarda alohida tadqiqot mavzusi sifatida ham ko‘rinishi mumkin va hattoki alohida kichik muammo yoki mustaqil muammo sifatida ham qaraladi.
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo’lgan muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va sh.k.
Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo’lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g’am-tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling