Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar


Download 1.42 Mb.
bet66/143
Sana14.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1703773
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143
Bog'liq
1ИТМ МАЖМУА (2023)




9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar


Reja:



  1. Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari.

  2. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi. Metodlarni tasnifi

  3. Hozirgi zamon metodologiyasi. Metodologik tamoyillarning klassifikatsiyasi.

  4. Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari.



Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati
yo'nalishini o'rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar
kogortasi b o ‘lib, unda muayyan ilmiy g'oy'a, nazariya doirasida
hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. Ilmiy maktab tushunchasi metod
tushunchasidan kengroqdir.
Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni
fandagi tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon qiladi. Ilmiy maktablarning paradigmal va lokal darajalari farqlanadi.
I.Nyuton, A.Eynshteyn,
N.Bor, I.Prigojin ilmiy maktablari paradigmal darajani namoyon qilsa,
mamlakat, alohida oliy ta ’lim muassasalari yoki ilmiy tadqiqot
institutlarida faoliyat olib boradigan ilmiy maktablar lokal darajani aks
ettiradi. Ilmiy maktabning paradigmal darajasi o‘z navbatida o‘z
etakchilariga ega bo‘lgan lokal darajadagi ilmiy maktablarning
majmuini tashkil qiladi. Ilmiy maktablarda bir yoki undan ortiq
yetakchilar bo‘lishi mumkin. Ilmiy maktabda o‘ziga xos ilmiy
innovatsion mexanizmlar amal qiladi, ularning paydo bo‘lishi doimo
yangi g‘oyalarni amaliyotgajoriy qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari
suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi. Ba’zi olimlarning
fikriga ko‘ra yangi g‘oyalar ilgaridan qotib qolgan eski g‘oyalardan
amaliy ahamiyati bilan ustivorlik qiladi, ilmiy maktab vakillarining shu
g‘oyani himoya qilishi uning amaliyotga joriy qilinishining garovidir.
Ilmiy maktabda ustozning rahbarlik mahorati va ilmiy salohiyati,
olimlik mas’uliyati muhim ahamiyatga ega. Ilmiy maktablar nazariy
konsepsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy g‘oyalar majmui
shaklida namoyon bo’ladi. Ilmiy maktablar ilgari surilgan g‘oyalarning
masshtabi, ularning ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ilmiy
maktablarning o‘ziga xos xususiyati g‘oyalarni umumlashtirish
xossasiga egaligidir. Ilmiy maktablarda individual ilmiy tadqiqot olib
borish metodi shakllanadi.


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling