Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman
Download 1.42 Mb.
|
1ИТМ МАЖМУА (2023)
Xususiy ilmiy metodlar - materiya harakatining asosiy shakliga
mos bo’lganmuayyan fanda qo’llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o'ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o'lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Empirik tadqiqot metodlari. О'rganilayotgan har qanday obyekt haqida egallanadigan bilvosita bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish empirik bilishning asosiy metodidir. Kuzatish-narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish bo’lib, unda asosan, sezgi a’zolarining ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish obyektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olarniz. Kuzatish bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari ko‘payib bormoqda. Ilmiy kuzatishga qo’yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish obyekti)ning aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan, eksperiment) yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo‘lmas edi. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo'lmas edi. Shuningdek, kuzatuvning tashkil etilishiga bog'liq holda ochiq va yashirin, dala va laboratoriya kuzatuvi, qayd etish turiga ko’ra- qayd etuvchi, baholovchi va aralash bo‘ladi. Axborot olish turiga ko'ra kuzatuvlar bevosita va instrumental turlarga bo ‘linadi. О ‘rganilayotgan obyektlarni qamrab olish hajmiga ko’raesa yalpi va tanlab kuzatish farqlanadi; takrorlanishiga ko’ra-doimiy, davriy va bir martalik kuzatuvlar bo'ladi. Kuzatuvning tez-tez uchrab turadigan xili - o’zo’zini kuzatuv bo’lib, u, masalan, psihologiyada keng tarqalgan. Biroq kuzatuv bilish uslubi sifatida qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. Tadqiqotchining shaxsiy xususiyatlari, uning manfaatlari, nihoyat, lining psihologik holati kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotchi muayyan natijaga ega bo‘lish, o‘zida mavjud farazlarni tasdiqlashga qaratilganida kuzatuvning obyektiv natijalarini buzilishiga yanada ko'proq moyil bo'ladi. Kuzatuvning obyektiv natijalarini olish uchun intersubyektivlik talablariga rioya qilish lozim, ya’ni kuzatuv ta’limotlari, imkon qadar, boshqa kuzatuvchilar tomonidan ham olinishi va qayd etilishi shart. Bevosita kuzatishni asbob-uskunalar bilan almashtirish kuzatuv imkoniyatlarini cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham subyektivlikni istisno etmaydi; bu kabi bilvosita kuzatuvni baholash va tushuntirish subyekt tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y beradi. Eksperiment-o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish, eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan obyektni tegishli tarzda o’zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida o'rganilayotgan obyekt uning mohiyatini buzib ko‘rsatishi mumkin bo’lgan nojo‘ya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da ifoda etiladi. Eksperimentning asosiy xususiyatlari: a) tadqiqot obyektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish; b) obyektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining mavjudligi; v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan obyektni bir necha marta aks ettirish mumkinligi; g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini topish imkoniyatining mavjudligi. Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot (qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi. Obyektlarning xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va h.k. eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy eksperiment-ideallashtirilgan obyektlar haqida fikr yuritish protseduralari tizimi hozirgi zamon fanida keng tarqalgan. Taqqoslash-obyektlar (yoki ayni bir obyektning rivojlanish bosqichlari)ning о ‘xshashyoki farqli jihatlarini, ya’ni ularning ayniyligi va tafovutlarini aniqlovchi bilish operatsiyasi. U faqat turkum hosil qiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina ma’no kasb etadi. Predmetlarni turkumda taqqoslash ayni tadqiqot uchun muhim belgilarga qarab amalga oshiriladi. Bunda bitta belgiga qarab taqqoslanayotgan predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash bo'lmasligi ham mumkin. Taqqoslash mantiqiy usul-analogiyaning (quyida qarang) negizi hisoblanadi va qiyosiy-tarixiy metodning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Uning maqsadi-ayni bir' hodisa yoki birgalikda mavjud har xil hodisalar rivojlanishining turli bosqichlari (davrlari, darajalari)ni bilishda umumiy va xususiy holatlarni aniqlash. Tavsiflash-tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda qabul qilingan ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan iborat bilish operatsiyasi O’lchash-qabul qilingan о ‘Ichov birliklarida о ‘Ichanayotgan kattalikning son miqdorini topish maqsadida та ’lum vositalar yordamida bajariluvchi amallar majmui. O‘lchashning tuzilmasi quyidagi elementlardan tashkil topadi: -bilish subyekti, muayyan bilish maqsadlarida o'lchashni amalga oshiradi; -o‘lchash vositalari, tabiiy va inson tomonidan yaratilgan; -o'lchash obyekti, ya’ni o'lchanadigan kattalik yoki qiyoslash amaliyotini qo‘llash mumkin bo‘lgan xossa; -o‘lchash usuli ya’ni, o'lchash asboblari yordamida bajariladigan amaliy harakatlar, operatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga muayyan mantiqiy va hisoblash amaliyotlarini ham oladi; -o‘lchash natijasi, nomlangan kattalikdan iborat bo‘lib, tegishli nomlar yoki belgilar yordamida ifodalanadi. О‘lchash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu kabi o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. 0 ‘lchash aniqligi o‘lchash jarayonidagi quyidagi obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq: -o‘rganilayotgan obyektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati murakkab, ba’zan esa buning umuman iloji bo‘lmaydi; -olchash vositalari imkoniyatlari (ularning mukammallik darajasi) va o‘lchash jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning aniq qiymatini topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning atom atrofidagi traektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k. Oichashning subyektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash, ushbu jarayonni tashkil qilish va subyektning bilish imkoniyatlari - eksperiment o‘tkazuvchi malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va savodli izohlab berish mahorati kiradi. Bevosita о‘lchash bilan birga ilmiy eksperiment о‘tkazish jarayonida bilvosita о‘lchash uslubi keng qo‘llanadi. Bilvosita о‘lchashda izlanayotgan kattalik dastlabki funksional bog‘liqlik bilan bog'liq boshqa kattaliklarni bevosita о‘lchash asosida aniqlanadi. Jism massasi va hajmining o’lchangan qiymatlariga ko‘ra uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi va maydoniga ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Ayniqsa, obyektiv reallik sharoitida bevosita о‘Ichash mumkin bo‘lmaganida bilvosita oichash uslubining roli katta. Masalan, har qanday kosmik obyekt (tabiiy)ning massasi boshqa fizik kattaliklarni o‘lchash ma’lumotlarini qo‘llashga asoslangan matematik hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi. Nazariy tadqiqot metodlari. Nazariy asoslangan va isbotlangan bilimlar majmui nazariy tadqiqot metodlari orqali egallanadi. Quyidagilar nazariy tadqiqot metodlaridir: Aksiomatik metod-ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim dastlabki qoidalar—aksiomalar qo’yiladi va nazariyaning qolgan barcha g'oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo’l bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomalardan teoremalarni (umuman, bir formuladan boshqa formulalarni) keltirib chiqarish uchun maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda isbotlashhar biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi formulalardan ma’lum qoidaga binoan keltirib chiqariladigan formulalarning ma’lum ketma-ketligi. Aksiomatik metod-olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. Uning amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning ta’biri bilan aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim berishning yaxshi metodi bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi bo‘la olmaydi». Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog'liq bo’lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo'lmagan boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi. Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi: - nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning iloji bo‘lmasa: - turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish; - farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish; - gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish; - gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu yerda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi. Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. Bu yerda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi. Mavhumdan konkretlikka yuksalish metodi - ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi. Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish-ayrim umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu erda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir. Umum ilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlaring fundamental nazariy-metodologik qoidalari о 'rtasida o’ziga xos «oraliq metodologiya» bo lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko'pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi. Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. Agar falsqfly kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘Igan eng yuqori darqjasi - muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, umumilmiy tushunchalarga ko’proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir. Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o'zaro aloqasini ta’minlaydi. Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ularning strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari о ‘rtasidagi barqaror munosabatlar va o’zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi. Struktura-tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (ma’lum biologik a’zo funksiyalari, davlat fiinksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.). Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan sistemali yondashuvning tori deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari: a) tizimli obyektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish; b) uning tarkibiy qismlarini va ularning funksional xususiyatlarini tadqiq qilish; v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ularning funksiyalaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish; g) butun tizimli obyektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish; d) barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan obyektning barcha tarkibi qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash. Formallashtirish-ma ’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikmi aniq ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda obyektlar haqidagi mulohazalar belgilar (formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq. Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va hisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har doim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq to‘liqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlarning rivojlanishi (o‘zgarishi) hech qachon to‘xtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikmi hisoblash bilan almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. Gedelning teoremalari ilmiy fikmi va umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish mumkin emasligini mukammal isbotlab bergan. Modellashtirish-borliqni bilvosita o’rganish usuli. Biron obyektning xususiyatlarini ularni o’rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilishdir. Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan obyekt bilan uning modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, obyektning o’rnini bevosita tadqiq etish mumkin bo’lmagan, qimmat bo’lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo bo’ladi. Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va modellashtirish qo’llanilayotgan sohaga bog’liq. Modellarning xususiyatiga qarab moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy modellar tabiiy obyektlar hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar-fizika, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida ifodalanadi. Muayyan obyektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o‘rganish original bilan bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlarning modellari). Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar, tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng tarqalgan. Ehtimoliy-statistik metodlar barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko'plab tasodifly omillarning ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi. Bu ko‘plab tasodiflarning umumiy ta’siri orqali o‘ziga yo‘l ochadigan zarurat (qonun)ni ochish imkonini beradi. Mazkur metodlar ko‘pincha tasodiflar haqidagi fan deb ataladigan ehtimollik nazariyasiga tayanadi. Ehtimollik-haqiqatga da’vogarlik qiluvchi va bunga yetarli asosi bo‘lmagan ilmiy hayotiy tushuncha. Ehtimollikning diapazoni-noldan (mumkin emaslikdan) birgacha (voqelikkacha). Mazkur metodlar dinamik va statistik qonunlarni farqlashga asoslanadi. Bunda ular mazkur qonunlardan kelib chiqadigan bashoratlarning xususiyatiga tayanadi. Dinamik qonunlarda bashoratlar aniq belgilangan bir ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, klassik mexanikada). Statistik qonunlarda bashoratlar haqiqiy emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘plab tasodifly omillarning ta’siri bilan belgilanadi. Ilmiy bilish tarixi ko'rsatganidek, «biz zarurat va tasodif bilan bog‘liq barcha muammolarning ahamiyatiga endi-endi munosib baho bera boshlayapmiz». Ehtimoliy-statistik metodlar tasodifly xususiyatga ega bo‘lgan ayrim hodisalarni emas, balki ommaviy hodisalarni o‘rganish (kvant mexanikasi, statistik fizika, sinergetika, sotsiologiya va boshqa fanlar)da keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda fanga ehtimoliy fikr yuritish tarzi kirib kelayotganligi to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki, о 'zining «oraliq xususiyati»ga ko’ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim (shuningdek, tegishli metod)larning o’zaro о ‘tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar barcha fanlarda qo‘llanilganligi uchun ham ular umumilmiy metodlar deb ataladi. Ammo ularni fanlarda qo‘llashda har bir fan yoki fan sohasining Xususiyatlari, tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalarni bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari - mantiqiy mushohada yuritish orqali egallangan bilimlar majmui bo’lib ular qiiyidagilar: • analiz-obyektni amalda yoki fikran tarkibiy qismlarga ajratish; • sintez — qismlardan butunni, xuddi shunday tarzda, qayta birlashtirish. Sintez natijasida mutlaqo yangi obyekt hosil bo‘ladi. Analiz (tahlil qilish faoliyati) jarayonida fikr murakkablikdan oddiylikka, tasodifdan zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat qiladi. Analiz qilishning maqsadi qismlarni, murakkab butunning unsurlari sifatida bilish va ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iboratdir. Biroq analiz mohiyatni ajratib qarashga olib keladiki, mavhum holda qolayotgan birlik, xilmaxillikdagi birlik sifatida hali ochilmagan bo’ladi. Sintez, aksincha, analiz vositasi bilan ajratilgan qismlar, xossalar, munosabatlarni yagona bir butunga birlashtirish jarayonidan iborat. Sintez birlikdan tafovutga va xilma-xillikka qarab yo‘naltirilgan bo‘lib, umumiylik va ayrimlikni, birlik va xilma-xillikni muayyan jonli butunga birlashtiradi. Analiz va sintez chambarchas bog‘liq holda amal qiladi. Mavhumlashtirish-o‘rganilayotgan hodisaning bir qancha xossalari va nisbatlaridan fikran uzoqlashish, ayni paytda tadqiqotchini qiziqtirgan xossalarni (eng avvalo, muhim, umumiy xossalarni) ajratish jarayoni. Mazkur jarayon natijasida har xil «mavhum predmetlar» olinadi. Bunda «mavhum predmetlar» deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik», «fikrlash» va b.) hamda ularning tizimlari tushuniladi. Matematika, mantiq, dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir. Ko‘rib chiqilayotgan xossalarning qay biri muhim, qaysinisi ikkinchi darajali ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir muayyan holatda, eng avvalo, o‘rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek, tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi. Umumlashtirish-predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog'liq. Bunda har qanday umumiy (abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi mumkin. Ideallashtirish-voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo’lmaydigan, lekin real olamda ularning timsoli bo’lgan obyektlarning tushunchalarini fikran shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k:) tushuncha. Ideallashtirilgan obyektlar, pirovard natijada, obyektiv ashyolar, real jarayon va hodisalarning in’ikosi sifatida maydonga keladi. Ideallashtirish yordamida shakllangan tushunchalardan keyinchalik real obyektning in’ikosi sifatida izlanishlar olib borishda, mulohazalar yuritishda, real jarayonlarning mavhum sxemalarini tuzishda foydalanish mumkin. Ideallashtirish ilmiy yoki g‘ayriilmiy, real yoxud mavhum bo‘ladi. Ilmiy, real ideallashtirishni mavhum ideallashtirishdan farqlaydigan belgi shundan iboratki, unda hosil etilgan ideallashtirish obyektlari, shaxslar muayyan sharoitlarda ideallashtirilgan, ya’ni real obyektlar atamalarini ishlatib, talqin etish mumkin. Induksiya-ayrimlik (tajriba, dalil)dan umumiyga (ularni umumlashtirib xulosa chiqarishga) fikran harakat qilish; deduksiya—bilish jarayonining umumiydan ayrimlikka yuksalishi. Induksiya va deduksiya o‘zaro bog‘lanadi hamda bir-birini to‘ldiradi. Tajriba hamisha cheksiz va nomukammal bo‘lganligi uchun induktiv xulosalar doim muammoli (ehtimoliy) xususiyatga egadir. Induktiv umumlashtirishlarga, odatda, tajribada bilingan haqiqatlar (empirik qonunlar), deb qaraladi. Induktiv umumlashtirish turlaridan ommaviy induksiya, to‘liqsiz induksiya, to‘liq induksiya, ilmiy induksiya va matematik induksiya ajratiladi. Mantiqda sababiy aloqalarni aniqlashning induktiv metodlariinduksiya qonunlari (Bekon-Mill induktiv tadqiqot qoidalari) farqlanadi. Yagona o‘xshashlik, yagona tafovut, o‘xshashlik va tafovut, bog‘liq o‘zgarishlar metodlari va qoldiqlar metodi shular jumlasidandir. Deduksiyaning о‘ziga xos xususiyati shundaki, tadqiqotchi deduksiya vositasida bir sinf, bir jins, bir guruh narsa yoki hodisa to ‘g ‘risidagi umumiy bilimlardan ularning har biri haqida alohida bilimlarni hosil qiladi. Insonning bilish tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biron xususiyat bir toifa yoki bir jinsdagi hamma narsa yoki hodisalarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu toifa yoki jinsga oid har bir narsa yoki hodisaga ham xos bo‘ladi. Analogiya (moslik, о ‘xshashlik) —o‘xshash bo‘lmagan obyektlarning ayrim jihatlari, xossalari va munosabatlaridagi о ‘xshashliklarni aniqlash. Aniqlangan o‘xshashlik asosida tegishli analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi. Uning umumiy sxemasi: В obyekt a, b, c, d belgilarga ega; С obyekt b, c, d belgilarga ega; binobarin, С obyekt a belgiga ega bo‘lishi mumkin. Analogiya haqiqiy emas, balki ehtimoliy bilim beradi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishda muayyan obyekt («model»)ni ko‘rib chiqish natijasida olingan bilim boshqa nisbatan kam o‘rganilgan obyektga ko‘chiriladi. Sistemali yondashuv-fanda turli obyektlarni sistemalar sifatida tadqiq etishni nazarda tutadigan metodologik tamoyil (talab)lar majmui. Mazkur talablarga quyidagilar kiradi: a) har bir elementning tizimdagi o’rni va funksiyalariga bog‘liq ligini aniqlash, bunda butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig‘indisiga bog‘liq bo‘lmasligini e’tiborga olish; b) tizimning xulq-atvori uning alohida tarkibiy qismlar xususiyatlari hamda uning tuzilishi xossalariga qay darajada bog’liqligini tahlil qilish; v) tizim bilan muhitning o‘zaro aloqalari mexanizmini tadqiq qilish; g) mazkur tizimga xos bo‘lgan darajalilikning xususiyatini o‘rganish; d) tizimni har tomonlama, ko‘p jihatli tavsiflashni ta’minlash; e) tizimga dinamik rivojlanayotgan yaxlitlik deb qarash. Sistemali yondashuv o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi murakkab obyektlarni (ko‘pdarajali, ierarxik, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi biologik, psixologik, sotsial va h.k. sistemalarni) tadqiq etishda keng qo‘llaniladi. Sistemali yondashuvning muhim xususiyati shundaki, faqat tadqiqot obyektigina emas, balki tadqiqot jarayonining o‘zi ham murakkab sistema sifatida namoyon bo ladi. Uning asosiy vazifasi obyekt turli modellarini yaxlit qilib birlashtirishdir. «0‘z-o‘zini tashkil etish» tushunchasi sistemali yondashuvning muhim tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar qat’iy emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo’lgan murakkab, ochiq, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi tizim (tirik hujayra, organizm, biologik populyasiya, odamlar jamoasi va sh.k.)ni yaratish, rivojlantirish yoki takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi. Hozirgi zamon fanida o’z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o’z-o‘zini tashkil etish umumilmiy nazariyasi-sinergetikaning tadqiqot predmetini tashkil qiladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish natijalari ko’p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va boshqa subyektiv omillar ga bog'liq bo‘ladi. Mazkur fanlarda oddiy (dalillar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) kuzatish va ishtirokchilikka asoslangan ichdan turib(bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi) kuzatish farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlarning ruhiy kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi-sezgilari, fikrlari, xohish-istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi. Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo’lib, ijtimoiy hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g'oyalari bilan to'ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sotsiologiya va kulturologiyada tobora keng qoilanilmoqda. Ijtimoiy eksperimentlar ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga ko’maklashmoqda. Ijtimoiy eksperiment obyekti odamlarning ma’lum guruhi eksperimentning bevosita ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ularning manfaatlari bilan hisoblashishga to‘g‘ri keladi, tadqiqotchi esa o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita qo‘shiIadi. Ijtimoiy eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va tamoyillarga qat’iy rioya etishni talab qiladi. Bu erda (tibbiyotda bo’lgani singari) «ziyon etkazma!» tamoyili muhim ahamiyatga ega. Insonning intim dunyosiga kirish quroli bo‘lib xizmat qilish - ijtimoiy eksperimentlarning asosiy xususiyati. Shakllantiruvchi eksperimentda muayyan ruhiy faoliyat qanday shakllanishim aniqlash uchun tajriba о ‘tkazilayotgan shaxs turli eksperimental sharoitlarga qo'yiladi va unga ma lum masalalarni hal qilish taklif etiladi. Bunda murakkab ruhiy jarayonlarni shakllantirish va ularning tuzilishini yanada chuqurroq tadqiq qilish mumkin. Mazkur yondashuv pedagogik psixologiyada qoilaniladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va amallardan tashqari, mazkur fanlaring predmeti bilan bog’liq maxsus vositalar, metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: Ideografik metod-alohida tarixiy dalillar va hodisalarning о‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash. Dialog «savol-javob metodi» ikki va undan ortiq kishilr orasidagi muloqot. Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu bobning keyingi paragrafida batafsil so‘z yuritiladi). Hujjatlarni tahlil qilish-son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontentanaliz). So‘rovlar о‘tkazish-maxsus tayyorlangan savollar yordamida yoki bu masalaga oid ijtimoiy fikmi aniqlash. «Yuzma-yuz» so‘rov (intervyu) yoki sirtdan (so‘rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) so‘rov o‘tkazish, ommaviy va maxsus so‘rovlar farqlanadi. Maxsus so‘rovIarda professional ekspertlar axborot olishning bosh manbai hisoblanadi. So‘rovnomada tadqiqot maqsadlari va faraziga muvofiq ma’lumot olish uchun zarur savollar turkumini o‘z ichiga olgan anketani ishlab chiqishga alohida e’tibor beriladi. So'rovnomada a) maqsad asosli bo‘lishi; savollar tushunarli va ziddiyatli tuzilmagan bo‘lishi; respondentga (javob beruvchida) salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling