Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman
bo‘lgan qisman ma’nosi. Bilish usuli: reduksiya tamoyili
Download 1.42 Mb.
|
1ИТМ МАЖМУА (2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epistemologik maqomi-tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanmaydi, boshqacha qilib aytganda, mazkur butun nisbatan
- Ad-hoc yaxlit xossalar - ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir.
bo‘lgan qisman ma’nosi. Bilish usuli: reduksiya tamoyili.
Yaxlit xossalar — ontologik maqomi immanent, emerjentdir. Epistemologik maqomi tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanmaydi, ya’ni qismlarining xossalariga bog'lash mumkin emas. Mazkur xossalar butunning tabiatdagi boshqa obyektlaryaxlitliklar bilan o'zaro munosabatlarida individ sifatidagi maqomini belgilaydi. Yaxlit xossalarga misollar: boshqa organizmlar bilan o‘zaro munosabatlarda va atrof muhit bilan nomuvoziy holatda tirik organizmlarning yaxlit mavjud bo'lish qobiliyati, tabiiy tilda gaplarning aynan yaxlit ma’nosi, xalq, millat, etnos psixikasi. Bilish usuli: yaxlitlik tamoyili (xolistik yondashuv). Metayaxlit xossalar — ontologik maqomi immanent, emerjentdir. Epistemologik maqomi-tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanmaydi, boshqacha qilib aytganda, mazkur butun nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimda faoliyat ko‘rsatganida tabiiy tuzilmalar (tizimlar, yaxlitliklar)ning ierarxik bog‘langanligida namoyon bo‘ladigan butunning oliy immanent potensial xossalari. Metayaxlit xossalarga misollar: molekulalarning o‘z-o‘zini tashkil etishi, DNKning axborot-tartibga solish xossalari, idiomatik iboralar, maqollar va matallarning alohida ma’nosi. Bilish usuli: kontrreduksiya tamoyili. Ad-hoc yaxlit xossalar - ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir. Epistemologik maqomi-o‘z tarkibiga kiruvchi yaxlitliklarning xossalariga nisbatan reduksiyalanadi (murakkabga nisbatan reduksiyalanadi). Misollar: tirik hujayraning murakkab tizimlaridagi sodda noorganik moddalarning biokimyoviy (alohida holda mazkur moddalarga xos bo‘lmagan) funksiyalari; so‘zlar, gaplarning mazkur semantik birliklarga o‘z holicha, kontekstdan tashqarida xos bo‘lmagan katta kontekstdagi ma’nosi. Bilish usuli: Ad-hoc yaxlit yondashuv (ba’zan mazkur yondashuv «yaxlit yondashuv» tushunchasiga kiritiladi). Yuqorida zikr etilgan xossalar to‘rt tunning xususiyatlarini moddiy va ideal tabiatning yaxlit obyektlari misolida tushuntirib o'tamiz. Ad-hoc yaxlit xossalar masalasi misollar bilan maxsus tushuntirish va asoslashga muhtoj emas, chunki mazkur xossalar bilish obyektining mohiyatini tashkil etmaydi-ular unga noimmanent. Mazkur xossalar ayni obyektga kattaroq yaxlitlik (tizim)ning ta’sir ko‘rsatishi natijasi. Aytish mumkinki, bu xossalar kattaroq yaxlitlikning «kuchi»ga nisbatan obyektning «murosaga kelgan»ligi ifodasidir. Oliy darajada uyushgan molekulyar tuzilmalar-fermentlar, DNK, RNK singari biopolimerlarning jami xossalarini tadqiq qilish bilan bog'liq fizik-kimyoviy, biologiya sohasi yuqorida zikr etilgan xossalarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaqqol namoyon etadi. Misol uchun, DNK molekulasiga xos bo‘lgan jami xossalarni bilish muammolarini olaylik. DNK molekulasini uning tarkibidagi alohida atomlarning xossalari, alohida kimyoviy va kuchsiz (bu yerda fizik) aloqalarning, funksional guruhlarning, elektr zaryadlarning, alohida fragmentlarning va hokazolarning tabiati orqali, ya’ni reduksiya metodi yordamida tadqiq qilish mumkin. Shu bilan bir qatorda, DNK molekulasining yaxlit tuzilma sifatidagi xossalarini, uning tarkibiy qismlari xossalariga to‘la bog‘liq bo’lmagan xossalarini, ma’lum turkumga mansub moddalar bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirga kirishish, tegishli muhitlarda ma’lum sedimentatsion va reologik xususiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatini Jiam tadqiq qilish mumkin. Ammo reduksiya metodi va yaxlit yondashuv asosida, ya’ni DNK molekulasiga yaxlit molekula hamda elementlar to‘plarnidan iborat molekula deb qarab, unga xos bo’lgan barcha xossalarni bilish mumkin emasligini aniqlash qiyin emas. DNK molekulasini element sifatida tadqiq qilib, nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimga kirgan taqdirimizdagina unga xos bo’lgan oliy «metayaxlit xossalar»ni ochib berishimiz mumkin. DNK molekulasi uchun bunday yuqori darajada uyushgan tizim boiib, tirik hujayra metabolizmining o'zaro bogiangan va tartibga solinuvchi jarayonlari tizimi xizmat qiladi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, bu yerda DNKning immanent oliy, ya’ni «metayaxlit» xossalari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bu tirik organizmlarning molekulyar tarkibiy unsurlari haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanish tarixidan yaxshi ma’lum. Darhaqiqat, XIX asrda tirik organizmlardan nuklein kislotalar va oqsilli jismlar ajratib olinib, turli-tuman kimyoviy eksperimental vaziyatlarda kimyoviy obyektlar sifatida tadqiq qilindi. Natijada XX asming o‘rtalariga kelib ularning makromolekulalar sifatidagi tuzilishi va asosiy fizik-kimyoviy xossalari kashf etildi, ammo ularning oliy axborot va tartibga solish xossalari mazkur molekulyar (kimyoviy) obyektlarning tirik hujayradagi faoliyatini tadqiq qilish natijasidagina ochib berildi. Boshqacha qilib aytganda, faqat yuqorida zikr etilgan holatdagina biz genetik axborot tashuvchisi bo‘lgan DNK molekulasida zohir xossalarni topish va nukleoidlarning ketma-ketligi ma’lum tabiatga ega guruhlar (azotli asoslar)ning tasodifly to‘plarni emas, balki genetik kod ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega bo'larniz. Aynan shu yerda biz «kontrreduksiya tamoyili» deb nomlangan o‘ziga xos bilish usuli yordamida DNKning oliy, «metayaxlit» xossalarini bilish imkoniyatini qo‘lga kiritamiz. (Mazkur xossalar faqat tizimdagi muayyan ta’sirlar natijasida yuzaga kelmaydi, ular mazkur obyektga xosdir.) Bu yerda kontrreduksiya tamoyili obyekt muqarrar tarzda o‘zgarishi, takomillashishi va shu kabilar natijasida muayyan tizim tarkibiga kirganida qo‘shimcha tarzda paydo bo‘ladigan xossalarnigina emas, balki obyektga immanent bo‘lgan bir qancha muhim xossalarni ham bilish imkonini beradi. Masalan, DNKning aminokislota ketmaketligi qayd etilgan matritsa sifatidagi xossalarini aniqlab, shundan so‘ng alohida ajratilgan DNK bilan ishlash va genetik kodga qarab muayyan oqsillarning tegishli aminokislota ketma-ketliklarini aniqlashimiz yoki aksincha, alohida ajratilgan oqsillarning aminokislota ketma-ketliklariga qarab DNKdagi nukleoidlarning ketma-ketligini aniqlashimiz mumkin. Buning ustiga, DNK, RNK molekulalarining axborot va tartibga solish xossalari, tirik hujayra tizimlaridagi metokontrreduksiyaga asosan aniqlangan fermentlarning biokatalitik hamda tartibga solish xossalari moddiy tarkibiga ko‘ra ham, tashkil etilishiga ko‘ra ham nativ («jonli») tizimlardan farq qiladigan sun’iy tizimlarda ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Kontrreduksiya tamoyilini tabiatshunoslik sohasida amalda qo'llash obyektlarning oliy xossalarini faqat statistik moddiy tizimlar yoki aksiyalashtirish vaqti cheklangan tizimlar (masalan, sun’iy tashkil etilgan kimyoviy jarayonlar yoki alohida muayyan organizmlardagi jarayonlar)dagi obyektlarning oliy xossalarini tadqiq qilish bilangina cheklanmaydi. Metodning imkoniyatlari ancha keng, chunki kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori darajada uyushgan tizimi, deganda zamon va makondagi har qanday, shu jumladan tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimni tushunish lozim. Zamon va makondagi tizim (yoki xususiy holatda makondagi temporal tizim)ni deganda biz zamonda ma’lum darajada o‘zgaruvchi (noorganik, organik, ijtimoiy) tushunamiz. Biz uni ma’lum invariant belgilariga qarab, yaxlitlik hamda tadqiqotning ma’lum obyekti sifatida ajratamiz. Shunga o‘xshash har qaysi tizim uchun elementar vaqt boiagi, ya’ni tizimida ko'rilayotgan o‘zgarishlar ahamiyatsiz bo'lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga kiritish lozim. Mazkur vaqt boiaklarining miqdori kosmologiya uchun ming va undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar, mikrobiologiya uchun bir-ikki generatsiya davri (taxminan minutlar) bilan, kimyoviy genetika uchun sekundning ulushlaridan soatlargacha, jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab va yuzlab yillar bilan o'lchanadi. Zamon va makondagi tizimlarda tadqiq qilinayotgan obyektning noma’lum oliy xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki muvaqqat, tarixiy sabab va oqibat aloqalarining mavjudligi tufayli ham namoyon bo‘ladi. Kimyoviy evolyusiya haqidagi ta’limot, molekulyar tuzilmalarning o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati haqidagi ta’limot yuqorida aytilgan tizimlarda kontrreduksiya metodining obyektiv asoslari va imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos misol boiib xizmat qiladi. Molekulalarning muhim xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyati va kimyoviy evolyusiyani faqat kontrd^duksiya yordamida aniqlash mumkin bo‘ldi. Darhaqiqat, biologiyada XIX asrda vujudga kelgan evolyutsion ta’limot tirik organizmlarning tadrijiy rivojlanishini retrospektiv tarzda ko‘rib chiqishda faqat eng sodda bir hujayralilar va ularning molekulyar (subyektiv hujayrali) tarkibiy qismlaridan kelib chiqishi mumkin edi. Mazkur holat kosmologiyada rivojlanayotgan noorganik materiya darajasida tabiatning dastlabki evolyutsiyasi g‘oyasi bilan birga ilk biologik, ya’ni kimyoviy evolyutsiya muammosining qo‘yilishiga olib kelardi. Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiymantiqiy rivojlanishida dastlab kimyoviy evolyutsiya muammosi qo‘yildi, faqat shundan keyin o‘z-o‘zini tashkil etuvchi kimyoviy tizimlarni muayyan model asosida tadqiq qilishga kirishildi. Xullas, molekulalarning oliy xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyatini aniqlash kontrreduksiya—molekulalarni tadrijiy rivojlanuvchi tabiiy-tarixiy tizimda ko‘rib chiqish natijasi boidi. Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko'rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Xulosalar. Metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog’liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak»1. Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya - turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling