Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman
klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy munosabat
Download 1.42 Mb.
|
1ИТМ МАЖМУА (2023)
klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy munosabat
o‘matdi. U atom nazariyasining rivojlanishida shu qadar muhim rol o‘ynadiki, A. Zommerfeld N. Boming «muvofiqlik tamoyili»ni «sehrli tayoqcha» deb ta'rifladi». Ammo o‘tgan asrga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shunga o‘xshash g‘oyalarni Butlerovda ham uchratishimiz mumkin. U, jumladan, shunday deb yozadi: «Kimyoviy energiya va atomlar harakatining tabiatini tushunib yetsak, mexanika qonunlari bu yerda ham amal qila boshlasa, kimyoviy tuzilish haqidagi ta’limot kimyoning eski nazariyalari singari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ammo u faqat yo‘qolish uchun emas, balki o‘zgargan shaklda yangi, yanada keng qarashlardan o‘rin olish uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi». Mazkur tamoyil aksariyat hollarda ilmiy va noilmiy bilimni farqlashga ko‘maklashadi. To‘Idiruvchanlik tamoyili. Tadqiqotning ko’pgina obyektlari (mikrodunyoning elementar zarralarga o'xshash eng oddiy obyektlaridan tortib to inson va jamiyat singari murakkab obyektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi bilimlar (nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan to ‘la tavsiflanadi. Fizikadagi korpuskulyar-to‘lqinli dualizm yoki ruh va tana haqidagi ta’limot (din), haqiqatning ikkiyoqlamaliligi haqidagi ta’limot (Ibn Rushd), insonni tavsiflashda moddiy va ruhiy substansiyalar (Dekart), lingvistika va kulturologiyada sinxronik va diaxronik yondashuvlar, fan metodologiyasi va tarixida intemalistik va ekstemalistik yondashuvlar shular jumlasidandir. Ko‘rinib turganidek, ayni bir obyekt to‘g‘risidagi turli bilimlarning to‘ldiruvchanligi g‘oyasi qadimdan ma’lum. «To‘Idiruvchanlik tamoyili»ni aniq shaklda ta’riflash esa yana N. Bor nomi bilan bog‘lanadi: «Klassik fizikaning juftdosh tushunchalarini yanada yaxshiroq tushunish uchun Nils Bor «to‘Idiruvchanlik» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. U zarra manzarasiga va to‘lqin manzarasiga ayni bir voqelikning bir-birini to‘ldiruvchi tavsiflari deb qaradi. Ularning har biri faqat qisman haqiqiy bo‘lib, qo‘llanilishi cheklangandir»3. Ilmiy nazariyalarni profileratsiya qilish tamoyili (yoki P. Feyerabendning ilmiy bilishning anarxistik nazariyasi). Nazariy g‘oyalarning soni va rang-barangligi bilan obyektni mukammal bilish imkoniyati ortib borishini nazarda tutadigan mazkur tamoyilni «kvadratga ko‘paytirilgan to‘Idiruvchanlik tamoyili» deb nomlash mumkin. Mazkur tamoyil absurd darajasiga yetkazilgan to‘ldiruvchanlik tamoyilga o‘xshab ketsa- da, murakkab obyektlarni bilishda (masalan, «Inson va barcha mavjud yondashuvlar, nazariyalar, yo‘nalishlar, maktablar, ta’limotlar» muammosini oladigan bo‘lsak) o‘zining layoqatliligini ko‘rsatadi. Verifikatsiya tamoyili - mohiyat-e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash tamoyilining o'xshashi. Uning asosiy mazmuni juda sodda-ilmiy bilim tizimiga kiritiladigan qoidalar asoslangan bo‘lishi kerak. Ammo haqiqiy yoki asoslangan ilmiy bilimning umum e’tirof etilgan mezonlarini tanlash muammosi haqida bunday deyish mushkul. Afsuski, bu yerda olimlar o‘rtasida yakdillik yo‘q. Mantiqiy pozitivizmda har qanday bilimni eng sodda atomar empirik mulohazalar, qaydlarga bog‘lash orqali empirik asoslash imkoniyati mana shunday mezon bo‘lib xizmat qiladi. Falsiflkatsiya tamoyili-mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish orqali tekshirib ko’rish imkoniyati mavjud bo’lganbilimgina ilmiy bilim bo‘lishi mumkin. An’anaviy ilmiy bilimni soxta, mistik, ezoterik va boshqa shunga o‘xshagan ta’limotlardan ajratishda falsiflkatsiya tamoyili, ayniqsa, katta samara beradi. Masalan, kimdir osmonda illyuminatorlaridan o‘zga sayyoraliklar qarab ketayotgan uchar likopni ko'rdim deb aytsa, mazkur bilimni ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish uchun uning yolg‘onligi yoki haqiqiyligini tanqidiy tekshirish imkoniyati (guvohlar, fotosurat, qayd etilgan radiosignallar va sh.k.) bo‘lishi kerak. Mazkur tamoyilni K. Popper ta’riflab bergan. Ammo uning asosiy g‘oyasi ozmi, ko‘pmi aniq darajada ilgari ham tadqiq qilingan edi. Masalan, F. Nitsshe «Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida» asarida: «Nazariyani inkor etish mumkin emasligi uning eng muhim jihatlaridan biridir. Aynan mana shu jihati bilan u eng nafis aql egalarini o‘ziga tortadi», deb yozadi. Reduksiya tamoyili ma'lum yaxlitlik, tizim, «murakkablikmi uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilishdir. Boshqacha qilib aytganda, reduksiya tamoyili-tadqiq qilinayotgan obyektlar (yaxlitliklar, tizimlar)ning ma’lum integral xossalarini mazkur obyektlarning tarkibiy qismlari orqali bilish. Bu tamoyil jonli va jonsiz tabiatning ma’lum obyektlarini, ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy-tabiiy tizimlarni ilmiy bilishga ko‘proq xos. Masalan, atomning ba’zi bir xossalarini uning yadrosi va elektronlarining xossalaridan, tirik hujayraning xossalarini uning tarkibidagi organoidlardan, jamiyatning 63xossalarini uni tashkil etgan ijtimoiy tabaqalar, iqtisodiyot, jug‘rofiy-siyosiy holatning xossalaridan keltirib chiqarish mumkin va h.k. Yaxlitlik tamoyili — tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obyektlar (yaxlitliklar va sh.k.) bilan o'zaro aloqada bilish. Sodda qilib aytganda, butun narsa uning tarkibiy qismlari yig‘indisidan katta. Aniqrog‘i, har qanday tizim, yaxlitlikda tarkibiy qismlar, unsurlarning jami xossalariga bog‘lab (reduksiyalab) bo‘lmaydigan xossalar bo‘ladi. Masalan, molekulalarning xossalari ularning tarkibidagi atomlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; tirik hujayralarning xossalari ularning tarkibidagi molekulalar va organoidlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; populyatsiyalarning xossalari o‘z tarkibiga kiruvchi mavjudotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; til xossalari uni tashkil etuvchi leksik birliklar, grammatika qoidalari, semiotik tafsilotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi. Kontrreduksiya tamoyilida oliy immanent «metayaxlit» xossalarning mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada uyushgan tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai nazardan tadqiq qilish mumkinligini e’tirof etiladi. Bu yerda aynan immanent, ya’ni mazkur yaxlitlikka avval dan xos bo‘lgan xossalar to‘g‘risida so‘z yuritilayotganligi maxsus qayd etiladi. Kontrreduksiya tamoyili elementar zarralardan tortib to ijtimoiy-tabiiy tizimlargacha bo’lgan barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan, tabiiy tilga nisbatan amal qiladi. Xullas, kontrreduksiya tamoyili deganda obyekt (yaxlitlik, tizim)larni nisbatan yuksak darajada uyushgan tizimlarning tarkibiy qismlari sifatida, shu jumladan, tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimlarning tarkibiy qismlari sifatida tadqiq qilish jarayonida mazkur obyektlarning «metayaxlit» xossalarini bilish tushuniladi. Tadqiq qilinayotgan obyektlarga nisbatan kontrreduksiya tamoyilini qo‘llash natijasida aniqlangan immanent «metayaxlit» xossalarni oliy narsalar va kelajak haqidagi immanent «xotira» deb nomlash ham mumkin. Kontrreduksiya tamoyili «butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig'indisidan katta», degan ma’lum qoidaga asoslanibgina qolmasdan, tabiiy tuzilmalar (yaxlitliklar)ning oliy (metayaxlit) xossalarini ajratadi. Muayyan obyektning aniqlangan yaxlit xossalari, agar ular tarkibiy qismlarning xossalariga bog‘liq bo‘lmasa, «metayaxlit xossalar» bo‘lmasligi mumkin. Sistemali yondashuv - umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo‘lib, uning predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaning metodologik muammolari ham kiradi. Bu o‘rinda shuni qayd etib o‘tish kerakki, reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiya tamoyillari ayni bir obyektni har xil darajada ko‘rish imkonini beradi. Bunda aniqlangan xossalarga, agar obyekt rivojlanayotgan Olamning yagona tizimiga qo'shilgan yaxlitlik sifatida to'liq tavsiflangan bo‘lsa, toidiruvchanlik tamoyili nuqtai nazaridan qarash lozim. Modellashtirish tamoyili va о 'xshatish metodi - obyektlarning ba ’zi bir xossalarini ularga o'xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan, mantiqiy-matematik) konstruksiyalarni tadqiq qilish orqali bilish mumkinligiga asoslanadi. Mohiyat-e’tibori bilan bu qiyosiy bilish yo'lidir. «Qiyoslash», «o‘xshatish», «model» tushunchalari metodologik nuqtai nazardan ko‘p jihatdan o‘xshashdir. Shu munosabat bilan modellashtirish (qiyosiy bilish) tamoyilini tushunishni yengillashtirish uchun I.Kantning quyidagi so'zlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: «...Qiyosiy bilish ...ikki narsaning nomukammal o‘xshashligini emas, balki ikki mutlaqo o‘xshash bo‘lmagan narsalar o‘rtasidagi ikki munosabatning mutlaq o‘xshashligini anglatadi»1. Mantiqdan ma’lumki, qiyosiy dalillar eng kuchsiz dalillardan biridir. Shuningdek, muvofiq modelni yoki tadqiq qilinayotgan obyektga muvofiq keladigan o‘xshash obyektni tanlash muammolari ham mavjud. Bunday muammolarni, jumladan, yangi ilmiy bilimning shakllanish tarixidagi quyidagi epizodlar bilan tushuntirish mumkin: «Kimyoviy birikmalarning tarkibi yuzasidan Prust bilan Bertolle o‘rtasidagi bahs fan tarixida noto‘g‘ri qiyosiy xulosalar chiqarish zaminida tug‘ilgan munozaralarga yorqin misol bo‘ladi. Prust karrali og‘irlik nisbatlarining aniq namoyon bo’lishigan holatlarini umumlashtirib, kimyoviy birikmalar tarkibining ma’lumligi to‘g‘risida xulosa chiqardi. Bunda u tarkibining ma’lumligi deyarli sezilmaydigan nisbatan murakkab kimyoviy birikmalarga tayandi. Bertolle esa tarkibning’nomaiumligi g‘oyasini himoya qildi. Ularning har biri o‘z sohasida o'zicha haq edi. Ammo bahs ikki olim bir-birining sohasiga aralashishi natijasida tug‘ildi. Prust o‘sha davrda (XIX asrning dastlabki o‘n yilliklarida) kuchayib borayotgan nisbatan umumiy atomistik ta’limotga tayanganligi uchun mazkur bahsda yutib chiqdi. XX asrning boshida, issiqlik nurlanishi nazariyasidagi toiqinli va korpuskulyar manzaralarning qarama-qarshiligi esa mutlaqo teskari xotima topdi. Bunga ham nisbatan64 umumiy konsepsiya-materiyaning korpuskulyar-to‘lqinli dualizmi konsepsiyasi mavjudligi sabab bo‘ldi»\ Paradigmalarni yengish qoidasi - ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan paradigmalar (namunalar, andozalar, stereotip, sxema, dogma, talqin va fikrlash uslublari)ni yengish qoidasi-ilmiy bilish faoliyatini mutlaqo yangini kashf etish yo‘liga solishning hamda shakllangan konsepsiyalar negizida yaratilgan yangi g‘oyani qabul qilishning muhim omili. Tafakkuming turg'unligi hamda ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan «paradigmalar» munosabati bilan barcha yangi g‘oyalarni inkor etish muammolari T. Kunning «Ilmiy inqiloblar tuzilishi» asarida mufassal ko‘rib chiqilgan. Tarixiylik tamoyili - obyektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog ‘lab, m i mufassal o’rganish mumkin. Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari - ilmiy tadqiqot jarayonida real obyektlarni eng muhim xossalari cheklangan obyektlar shaklida (mavhumlashtirish) ifoda etish, shuningdek, ularning aniq belgilangan xossalari («ideal gaz», «moddiy nuqta», «mutlaqo qora jism»)ga tayanib, xayoliy obrazlarini yaratish qulaydir. Mazkur obyektlarning xossalarini va ularni o’zramz, belgilari shaklida ifodalash, ya’ni formallashtirish juda oson. Bu ularning xayoliy obrazlari va matematik timsollarini boshqarish (matematik formalizmdanfoydalanish)ni ancha yengillashtiradi. Metodologik tamoyillar va yondashuvlarning tabiati har xildir. Masalan, reduksiya, yaxlitlik, kontrreduksiya tamoyillari tadqiqotning tabiiy obyektlari tabiatini: verifikatsiya, falsifikatsiya tamoyili, mantiq qonunlari esa bilish va fikrlash faoliyatining shakllarini: to‘ldiruvchanlik, tarixiylik tamoyillari va sistemali yondashuv esa tadqiqot obyektlari hamda bilish va fikrlash faoliyatining xossalarini ifoda etadi. Metodologik tamoyillar ro‘yxati ochiq xususiyatga ega bo‘lib, ko‘payishda davom etmoqda. So‘nggi davrda tez-tez tilga olinayotgan «antrop tamoyili»da tabiatni ilmiy bilish metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘Igan narsani ko‘rmadik. Uni maxsus ajratish, balki, qadimiyatga borib taqaluvchi turli antropotsentrik ta’limotlarni birlashtirish uchun foydali bo'lishi mumkin. Antrop tamoyilning asosiy g‘oyasi, mohiyat-e’tibori bilan, Olamda mavjud bo‘lgan barcha obyektlar o‘z mavjudligi bilan ana shu Olamda mavjud bo‘lgan boshqa65 obyektlarga zid kelmasligi kerak, degan siyqasi chiqqan qarashga asoslanadi. Bu nuqtai nazardanantrop tamoyili o'rniga, aytaylik, «elektron tamoyili» yoki «timsoh tamoyili» to'g'risida ham so’z yuritish mumkin. Normativ metodologiya, aniq ta ’riflangan tamoyillardan tashqari, «yarim normativ» shaklda, ayni paytda «yarim deskriptiv» shaklda ilmiy bilishning ideallari va normalari, fanlaring o'zaro ta’siri, ilmiy nazariyalarning shakllanishi va asoslanishi haqidagi ta ’limotlarda, eksperimental faoliyat tamoyillarida, bilimlarni birlashtirish va sintez qilish muammolarida, ilmiy bilishning imkoniyatlari va chegaralari, ilmiy bilishning tilida ham bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, maxsus metodologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida fan sohalari: matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnika va texnologiya, evolyutsiya jarayonlari, ekologiya va hokazolarning muayyan tarzda ishlab chiqilgan metodologiyalarida o‘z aksini topadi. Ilmiy bilish tizimida metodologiyaning tutgan о‘mi, vazifalari haqida bildirilgan fikrlarga shuni qo‘shimcha qilish kerakki, metodologiyaning operatsional-amaliy ahamiyatidan tashqari, uning inson aqliy Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling