Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Protsessor chastotasi 

Razryadlilikdan  tashqari  taktoviy  chastotaning  ham  ahamiyati  katta  (protsessor  unga 

hisoblangan bo„ladi). Taktoviy chastota megagerts (MGts) va gigagerts (GGts)larda o„lchanadi. Bir 

megagerts  –  bu  bir  sekundda  million  takt,  bir  gigagerts  esa  –  milliard  taktdir.  Har  bir  taktda 



 

44 


protsessor  hisoblash  operatsiyasining  qandaydir  bo„lagini  bajaradi,  shu  sababli  taktoviy  chastota 

qanchalik yuqori bo„lsa, protsessor kelayotgan ma‟lumotlarni shunchalik tez ishlaydi. 

 

Protsessor ishining tezligi dastur sifatiga qanday bog‘langan?  

Tezroq  ishlaydigan  protsessor  dasturchilarga  dastur  tuzishga  boshqacharoq  yondoshish 

imkonini  beradi.  Masalan,  kompyuter  o„yinlari  kabi  dasturlarni  ko„raylik:  dushmanlar  qanday 

harakatlanishgan  bo„lsa  shunday  harakatlanaverishadi,  lekin  protsessorda  boshqa  ishlar  bilan, 

masalan tovush va grafika bilan, shug„ullanishga ko„proq imkoniyat bo„ladi. 

Dushmanlar  «haqiqiyroq»  bo„lishadi  va  siz  avtomat  shovqinidan  tashqari  otilgan  gilzalar 

jarangini  eshitasiz,  kelajakda  esa,  hidlarni  aks  ettirish  uchun  qurilmalar  paydo  bo„lganda,  porox 

hidini ham sezasiz. 

Loyihalash  jarayonlarini  avtomatlashtirishda  qanday  imkoniyatlar  paydo  bo„lishini  ko„z 

oldingizga keltirib ko„ring. 

2003  yil  boshida  protsessorlarning  taktli  chastotasi  2,2  GGts  (2200  MGts)ga  yetdi.  Ushbu 

raqamni  IBM  PC  uchun  birinchi  protsessorlardagi  4,7  Mgts  bilan  solishtirib  ko„ring.  Zamonaviy 

protsessor  o„zining  bobokaloni  bo„lgan  Intel  8086  (IBM  firmasining  birinchi  personal 

kompyuterining  protsessori)ga  nisbatan  bir  necha  yuz  marta  tezroq  ishlaydi.  Deyarli  har  bir  oyda 

IBM PC kompyuterlari uchun protsessorlarning oilasi yangi modellar bilan to„lib bormoqda. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling