Toshkent davlat texnika universiteti
– Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. Onalik platasi
- Chipset nima
7 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
Onalik platasi va EHM periferiya qurilmalari (Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar)
1. Onalik plata 2. Onalik plata shinalari 2.1. Bosh shina 2.2. ISA shinasi 2.3. Lokal shina 2.4. VLB shinasi 2.5. PCI shinasi 2.6. AGP interfeysi 2.7. USB interfeysi 3. Integrallashgan tizimlar 4. EHM periferiya qurilmalari 5. Tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar 5.1. Bikr disk 5.2. Qattiq disklarda to„plagich 5.3. CD-ROM diskovodi
Chipset, janubiy most, shimoliy most, BIOS, form-faktor, sho„ba plata, kontsentrator, periferiya qurilmasi
Ularsiz ishlay olmaydigan, kompyuterning eng ahamiyatli elementlari: markaziy protsessor, xotira modullari va ko„p mikrosxemalar onalik platasida joylashadi. Bu kompyuterning asosiy platasi bo„lib, odatda o„lchami bo„yicha eng katta. Onalik platasi kompyuterning hamma elektron sxemalari uchun mexanik asos bo„lib, o„zida yana bitta ahamiyatli yuk – kengayish qo„shimcha platalarini o„rnatish uchun bo„linmalarni joylashtiradi. Bir necha yil oldin kompyuter xossalarini belgilovchi asosiy parametr uning protsessorining markasi edi. Bugun turmush tizimlarining ko„pchiligi uchun bunday emas. Hozirgi paytda onalik platasi chipsetining markasi asosiy parametr bo„lib qoldi deyish mumkin. Oxirgi besh yilda protsessorlar unumdorligi esa deyarli o„zgarmadi va kompyuterning «nozik joyi» bo„lib qoldi.
Qisqachasiga chipset – bu mikroprotsessorli komplektdir. Agar kengroq ta‟riflansa – bu protsessorning qolgan hamma elektron xo„jalik bilan muloqot uchun zarur bo„lgan mikrosxemalar to„plamidir. Ilgari onalik platasini bir necha o„nlab mikrosxemalar yoymasi qoplar edi. So„ngra ularni bir necha ixtisoslashgan «buyurtma» mikrosxemalarga keltirish g„oyasi paydo bo„ldi – olingan komplektni chipset deb atashdi. Birinchi chipsetlar odatda to„rtta mikrosxemadan iborat edi. Bugungi kunda chipsetlar odatda ikkita mikrosxemadan iborat, ulardan biri janubiy ko‘prik, ikkinchisi esa
protsessordan keyin eng yirik mikrosxemalardir. Ular markirovkasi bo„yicha ishlab chiqaruvchini va chipset markasini aniqlash mumkin. Chipset markasini va uni ishlab chiqaruvchini bilishning ahamiyati, protsessor markasi va ishlab chiqaruvchisini bilish ahamiyatidan kam emas, chunki kompyuterning funktsional imkoniyatlarini chipset aniqlaydi, protsessordan esa bu funktsiyalar bajarilishi tezligi bog„liq emas. Onalik platasi chipseti protsessor bilan muvofiqlashgan bo„lishi lozim. Istalgan protsessorga istalgan onalik platasi mos kelavermaydi va aksincha. Bugungi kunda protsessorga nisbatan chipsetdan ko„p narsa bog„liq. Shu sababli kompyuter sotib olinayotganda nafaqat uning protsessori qandayligini, balki, birinchi navbatda, onalik platasi chipseti qandayligini aniqlash zarur. 52
Onalik platasi chipsetiga bu plata qanday chastotada ishlay olishi birinchi navbatda bog„liq. Operativ xotirada bo„lishi mumkin bo„lgan hajmi va onalik platasiga ulanishi mumkin bo„lgan qo„shimcha qurilmalar soni ham chipsetga bog„liq.
BIOS (Basic Input Output System – kiritish-chiqarish bazaviy tizimi) – onalik platasining eng ahamiyatli mikrosxemalaridan biridir. Unda birlamchi dasturlar yozilgan bo„ladi; kompyuter ishi shundan boshlanadi. Protsessorga energiya kelishi bilan u o„zining eng birinchi dasturi uchun ushbu mikrosxemaga murojaat qiladi va energiya ta‟minoti tugamaguncha o„z ishini to„xtatmaydi. Agar kompyuter qanday ulanishini ko„rgan va ulangan zahoti qora fonda o„tayotgan oq harflarga e‟tibor bergan bo„lsangiz, bilingki, bunda siz BIOSga yozilgan dasturlar ishini kuzatgansiz. BIOS dasturlari kompyuter ulangan zahoti uning asosiy tizimlarini tekshiradi, klaviatura va monitor bilan muloqotni ta‟minlaydi, diskovodlarni tekshirishni bajaradi va onalik platasi chipsetini va hatto protsessorning o„zini qisman sozlashni bajarish imkonini beradi. Masalan, agar onalik platasi bir necha chastotalar bilan ishlay olsa, chastotani onalik platasining o„zida joylashgan katta ulagich (переключатель) yordamida yoki BIOSda yozilgan dastur yordamida berish mumkin. Bu narsa protsessor chastotasining ichki ko„paytirish koeffitsientiga ham taalluqli (agar u Intel Celeron protsessoridagi kabi «bikr» berilgan bo„lmasa). Har bir boshqarish usulining afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Masalan, BIOS dasturini qayta sozlash yordamida onalik platasi parametrlarini boshqarish qulay, chunki bu tizim bloki korpusini bo„laklarga ajaratishni va onalik platasiga kirishni talab qilmaydi. Ikkinchi tarafdan, parametrlarni belgilashda yanglishilsa BIOS dasturlari ishlash qobiliyatini yo„qotishi mumkin – bunda kompyuterni umuman ishga tushirib bo„lmaydi va dasturaviy yo„l bilan BIOS sozlanishini qayta tiklab bo„lmaydi. Bu holda onalik platasidagi qayta ulagichlar yordamida BIOSni sozlash mumkin.
BIOS mikrosxemasini topish oson. Protsessorni hisobga olmaganda, bu – kompyuterga kavsharlanmagan yagona mikrosxemadir. U maxsus kolodkaga o„rnatiladi, demak uni yechib olish va almashtirish mumkin. Bu ishni foydalanuvchi bajarmagani ma‟qul, chunki BIOSni almashtirish – kompyuterga xizmat ko„rsatish emas, balki ta‟mirlashdir; uni mutaxassis bajarishi lozim.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling