Toshkent davlat texnika universiteti
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
USB interfeysi
Shu paytgacha biz quyidagining guvohi bo„ldik: yangi shina interfeyslarining yaratilishi kompyuter qurilmalari orasida ma‟lumotlarning tobora ko„proq hajmini haydashdagi doimo o„sib borayotgan ehtiyojiga qonuniy javob edi. Bu poygada doim qurilmalar va ularning ehtiyojlari birinchi o„rinda bo„ldi, inson va uning ehtiyojlari haqida esa unutilmagan bo„lsa ham, ularni ko„pda hisobga olishmas edi. Natijada ko„p yillar mobaynida shunday tizim vujudga keldiki, onalik platasiga yangi qurilmani ulash uchun bizdan qator noxush protseduralarning bajarilishi talab qilindi: 1. Kompyuter tizimiy blokini bo„laklarga ajratish. 2. Onalik platasi bo„linmasiga yangi platani joylashtirish. 3. Kompyuterning onalik platasi va dasturaviy ta‟minoti yangi qurilmani to„g„ri taniydi degan umidda kompyuterni tarmoqqa ulash. 4. Kompyuterning yangi qurilma bilan to„g„ri muloqotini ta‟minlaydigan dasturni ishga tushirish (bunday dastur drayver deb nomlanadi) va xuddi zarur bo„lgan narsaning o„zini ishga tushirdik deb umid qilish (afsuski, xatolar bo„lib turadi). 5. Qurilma ishlab ketganini tekshirish va u to„g„ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish (afsuski, har doim ham bunday bo„lavermaydi). 6. Tizimiy blokni yig„ish. Biroz tajribaga ega bo„lganlar uchun bu amallarda hech bir qiyinchilik yo„q, lekin yangi qurilmani, hattoki djoystikdek soddasini, o„rnatish va sozlash bir necha soatga cho„ziladi. Foydalanuvchilar doim shunday shina interfeysi haqida orzu qilishar ediki, ular bo„linmani shunday tiqishsinda, hech nimani o„ylamasdan ishlayverishsin (xuddi telefon tarmog„iga ulagan kabi). Nihoyat bunday interfeys paydo bo„ldi. Zamonaviy onalik platalarining ko„pi universal ketma- ket ( последовательный) USB (Universal Serial Bus) shinaga ega; uning bo„linmasi tizimiy blokning orйa devoriga chiqarilgan. Unga ulanish juda oson. Kompyuterni o„chirish ham shart emas: bo„linma uyaga tiqiladi va ishni davom ettirish mumkin. Odatda kompyuterning faqat bir juft USB bo„linmasi bor, lekin bu shinaga 127 ta qurilmagacha ulash mumkin. Agar ikkitadan ko„proй qurilmani ulash zarur bo„lsa, kontsentrator ( разветвитель – tarmoqlagich) sotib olish kerak – bo„linmalar soni ko„payib ketadi. Hozirgi paytda klaviatura, sichqoncha, modem, skaner, printerlar USB shinasi yordamida ulanmoqda. Agar 55
qachondir kompyuter yangi yil archasi yoritgichlari shodasini, temir yo„l modelini, kir yuvuvchi mashinani va h.k.larni boshqarishini istab qolsangiz, USB shinasi eng yaxshi yechim bo„ladi. USB qurilmalari bilan ishlash – onalik platasi chipsetining funktsiyalaridan biridir. Uni «janubiy ko„prik» bajaradi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling