AGP interfeysi
PCI shinasi uzoq vaqt har xil qurilmalar bilan ma‟lumotlar almashinishining yuqori
unumdorligini ta‟minladi, lekin har galgidek jihozlar va dasturlar ishlab chiquvchilarning talabini
qoniqtira olmay qolgan vaqti keldi. Odatdagidek, birinchi bo„lib videokarta ishlab chiqaruvchilar
qiynalishdi. 90-yillar oxirida PCI shinasi kompyuter grafikasi rivojiga to„siq bo„la boshladi. Shunda
yangi interfeys – AGP (Accelerated Graphics Port) paydo bo„ldi. Bugungi kunda deyarli hamma
videokartalar ushbu standart uchun chiqarilmoqda. Ular onalik platasining (66/100/133 MGts)
chastotasida ishlaydi va PCI videokartasiga nisbatan bir necha marta yuqori unumdorlikni
ta‟minlaydi.
AGP standarti unumdorlikning bir necha rejimlarini: AGP, AGPx2, AGPx4 va AGPx8 nazarda
tutadi. Ushbu rejimlarning qaysi biridan foydalanish onalik platasining chipsetiga bog„liq. Hozirgi
paytda AGPx4 interfeysi va videokartalar ma‟lumotlaridan foydalanish uchun chipsetlar keng
tarqalgan.
AGP shinasi va onalik platasining asosiy shinasi orasidagi aloqani chipsetning «shimoliy»
ko„prigi ta‟minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |