VLB shinasi
80-yillar oxirida kompyuter grafikasiga bo„lgan talab keskin ortib ketdi. ISA shinasi zarur
bo„lgan ma‟lumotlar oqimini eplay olmay qoldi. Yechimni uzoq qidirishmadi. Protsessor bilan
xotirani ulovchi shinaga yana maxsus bo„linma ulashdi; bu bo„linmaga videokartani ulash mumkin
bo„ldi. Shunday qilib to„rtinchi avlod kompyuterlarida yangi shina – VLB (VESA Local Bus) paydo
bo„ldi.
VLB lokal shinasiga nafaqat videokartani, balki boshqa qurilmalarni ham ulash mumkin
bo„ldi. Onalik platasi taktli chastotasi 33 MGts bo„lganda – uchta qurilmagacha, taktli chastotasi 40
MGts bo„lganda – ikkitagacha, chastotasi 50 MGts bo„lganda esa – faqat bitta qurilma (odatda
videokarta) ulash mumkin bo„ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |