54
PCI shinasi oldingi shinalar uchun chiqarilgan qurilmalar bilan bir-biriga to„g„ri kelmay qoldi,
lekin uning yuqori unumdorligi va jihozlarni sozlash soddaligi yangi avlod qurilmalarini ishlab
chiqarishning tez rivojlanishini ta‟minladi. Bu shinaning ahamiyatli afzalligi – o„zi o„rnatiladigan
qurilmalar (plug-and-play)ni yaratish mumkinligidir. Bu printsipning mohiyati shundaki, sho„ba
platasi onalik platasiga fizik ulangandan keyin, ulangan qurilma anislanishi va oldin o„rnatilgan
boshqa qurilmalar bilan konfliktda bo„lmaydigan darajada unga resurslar ajratish avtomatik ravishda
sodir bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: