Toshkent davlat transport universiteti «avtomobil transporti muhandisligi» fakulteti «avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi»


O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlarining tashkil etilishi


Download 1.31 Mb.
bet6/9
Sana18.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1099213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzov

O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlarining tashkil etilishi
OAVda O‘zbekistonda turli avtotransport vositalarini ishlab chiqaradigan yangi zavodlar (har xil xalqaro brendlar)ni tashkil etish rejalashtirilayotgani haqidagi ma’lumotlar chiqib turadi. Ko‘p hollarda bu yuk mashinalari, mototsikllar yoki mopedlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq yangiliklardir. Yengil avtomobillarni ishlab chiqaruvchi boshqa brendlar hali O‘zbekistonga kirib kelganicha yo‘q. O‘zbekistonda 2019—2020-yillarda Amarok pikaplarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan Germaniyaning Volkswagen konserni hali ushbu loyihani amalga oshirishga kirishmadi. Fransiyaning Peugeot Citroen Automobiles S.A. konserni “dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha ayrim kutilmagan o‘zgarishlar sababli” Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni to‘xtatdi.
Farg‘ona viloyati “Qo‘qon” EIZ (erkin iqtisodiy zonasi) hududida Hyundai elektromobillarini ishlab chiqarish – bugungi kunda amalga oshirilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan loyihalardan bo‘lib turibdi. Loyihaning qiymati 300 million AQSh dollaridan iborat bo‘lib, dastlabki elektromobillarni 2023-yilning oxirida ishlab chiqarish kutilmoqda. Yiliga 10 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodning qurilish ishlari 2021-yilda boshlanadi. Loyihada Janubiy Koreyaning Hyundai, Evergreen Motors kompaniyalari (Kia va Hyundai ning MDHdagi rasmiy distribyutorlari), O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimiyati ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilsa 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi. Biroq, elektromobillar avtomobil bozorining alohida sektori hisoblanadi. O‘zbekistonda elektromobillar bozorini rivojlantirish va ularni ommaviy sotilishi uchun tegishli infratuzilma zarur. Respublikada avtosanoatni rivojlantirish konsepsiyasi 2025-yilgacha ana shunday infratuzilma yaratilishini ko‘zda tutadi.

3. KUZOVLARNING TUZILISHI VA ULARNING VAZIFALARI

Avtomobillar kuzoviga qarab bir nechta turlarga bo'linadi. Har bir tur o'z nomiga ega. Masalan: Sedan, Universal va hokazo. Ushbu maqolamizda avomobillarning kuzovlari haqida ma'lumot berib o'tamiz.

  1. Sedan - usti yopiq kuzovli, 1-2 qatorli o'rindiqlarga, 4 ta eshikli va bagajga ega bo'lgan eng ommaviy avtomobil turiga kiradi. Nexia, Lacetti avtomobillari ushbu turdagi avtoulovga misol bo`la oladi.

  2. Xechbek - ushbu turdagi avtomashinalar 1-2 qatorli o'rindiqlarga, 2-4 eshiklarga ega bo'lib, ort va oldi taraflari kaltalashtirilgan bo'ladi. Bularga Chevrolet Matiz, Ford Focus avtomobillari kiradi. Bunday avtomobillar tirbandlik ko'p uchrab turadigan shaharlarga mos, chunki ularning kichik hajmlari mashinalar orasidan yoki kichik ko'chalardan o'tishga qulayroq.

  3. Universal - turdagi avtomobillar sedan avtomobillariga o'xshash , lekin bagaj qismi ko'tarilgan, ya'ni avtomobil saloni bagajning ustigacha uzunlashtirilgan bo'ladi. Katta oilalar sayohatga chiqishganda ushbu avtomobil asqotadi. Chunki, kengaytirilgan bagajga kerakli bo'lgan yuklarni joylab, salonda bemalol manzilga yetishingiz mumkin.

  4. Kupe - turidagi avtomobillar yopiq kuzovli, 2 eshikli va 2 qator o'rindiqlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi avtomobillardan ko'proq sport poygalarida foydalaniladi.

  5. Pikap - turidagi avtomobillarning hajmi odatda katta bo'lib, undan ko'proq og'ir yuklar tashishda foydalaniladi. Passajirlar o'tiruvchi salon yopiq, lekin bagaj qismi keng va ochiq bo'ladi. Bunday avtomobillarni har kuni haydash uchun yaramaydi, chunki ular faqat mehnat uchun yaratilgan va ko'p yoqilg'I sarflanadi.

  6. Kabriolet - turidagi avtomobillar sedan turidagi mashinalarga o'xshash bo'lib, ulardan farqli tomoni, tom qismi ochiq bo'ladi. Bu turdagi avtomobillardan faqatgina ochiq havoda foydalansangiz bo'ladi. Qor, yomg'ir va sovuq kunlarda bunday avtomobillardan foydalanish, avtoulovning saloniga zarar keltirishi mumkin.

Limuzin - O'zbekistonda asosan to'y marosimlarida kelin - kuyovlarni olib yuruvchi uzun avtomobil hisoblanib, o'zida 5-6 tadan ko'proq yo`lovchilarni sig'dira oladi. Haydovchi va passajirlar orasi to'silgan va salon shohona qilib bezatilgan bo'ladi.

7.Sportkar turidagi avtomobillar motorining ko'proq ot kuchiga , 1 qator o'rindiqlarga egaligi bilan ajralib turadi. Bunday avtomobillar havo qarshiligini yengish uchun oldi uchli va kuzovi yerga yaqin ya'ni pastroq bo'ladi. Bunday avtomobillardan kupe avtomobillardek sport poygalarida ishtirok etishadi. Ushbu rusumga kiruvchi avtoulovlarga, asosan Ferrari, Lamborjini (Lamborghini), Audi kompaniyalarning avtomobillari kiradi.





Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling