Toshkent davlat transport universiteti «avtomobil transporti muhandisligi» fakulteti «avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi»


Download 1.31 Mb.
bet1/9
Sana18.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1099213
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzov


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


«AVTOMOBIL TRANSPORTI MUHANDISLIGI» FAKULTETI


«AVTOMOBILSOZLIK VA ISHLAB CHIQARISH MUHANDISLIGI» kafedrasi


«Tasdiqlayman»
kafedra mudiri
dots. Ibragimov B.D.
____________________
« » 2022 y.


KURS ISHIGA TOPSHIRIQ


Talaba: Mirzaliyev Asadbek guruh 14-19 MS va MSM (AT)
(ismi-sharifi)
O‘quv fanining nomi: Transport va yoʼl qurilish mashinalarini ishlab chiqarish.
1.Mavzusi: Yengil avtomobil kuzovini ishlab chiqarish
2. Yakunlangan ishni topshirish sanasi: _______________
3. Kurs ishini bajarish uchun berilgan ma’lumotlar:
O‘quv adabiyoti, texnik adabiyotlar, ma’lumotnomalar, internetdan olingan ma’lumotlar, fan bo‘yicha kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma
4.Kurs loyixasining mazmuni:
4.1.Kirish
4.2.Konstruktorlik qismi
4.3.Texnologik qism
4.4. Xulosa
4.5. Adabiyotlar
5. Detalni ishlab chiqarish texnologiyasini marshrut xaritasi

Rahbar ___________________________________________


Mundarija
1.Kirish……………………………………………………………......………1
2. Avtomobillar va yurtimizdagi avtomobilsozlik haqida umumiy ma’lumotlar.......................................................................................................5
3. Kuzovlarning turlari va ular haqida ma’lumotlar .......................................17
4. Kuzovlarni Autocad yordamida chizish………………. ...........................19
5. Kuzovlarni ishlab chiqarishning mashrut xaritasi ......................................24
6.Xulosa............................................................................................................26
7.Adabiyotlar....................................................................................................27


KIRISH
O’zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlantirish, samarali ishlatish hamda ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni tashkil qilish bo’yicha qator davlat qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari chiqarilgan.“O’zbekiston Respublikasining avtomobil transporti haqidagi qonun”da (1998 yil) avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslari keltirilgan. Avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnat muhofazasi, ekologik talablarga hamda tibbiyot-sanitariya va yong’inga qarshi me’yorlarga, standartlar va texnik shartlarga moslik sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
Sertifikatlashdan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tmagan avtotransport vositalarini ishlatishga ruxsat etilmaydi. “O’zbekiston Respublikasining shahar yo’lovchi transporti haqidagi qonun”da (1997 yil) ko’rsatilishicha shahar yo’lovchi transportining transport vositalari xavfsizlik, mehnat muhofazasi, ekologiya talablari hamda standart va texnik shartlar, tibbiyot- sanitariya va yong’inning oldini olish me’yorlariga mosligi to’g’risida sertifikatga ega bo’lishi kerak. “O’zbekiston Respublikasining yo’l harakati xavfsizligi haqidagi qonun” (1999 yil) yo’l harakati xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni boshqaradi va fuqarolarning sog’ligi, mulki va hayotini saqlashga, huquqlarini va qonuniy manfaatlarini hamda atrof muhitni himoya qilishga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan transport vositalari majburiy texnik ko’rikdan o’tadilar. Transport vositalarining texnik xizmati va ta’mirlanishi yo’l harakat xavfsizligi talablariga javob berishi kerak. Transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlari esa, yo’l harakat xavfsizligi standartlari, qoidalari va me’yorlari asosida o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2003 yildagi qarori bilan “Transport vositalarini texnik ko’rikdan majburiy o’tkazish haqidagi Nizom” tasdiqlangan. Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha qator davlat standartlari ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasining O’zDSt 1049:2003 standartida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha umumiy talablar keltirilgan.
Ushbu standart avtomototransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatishga bo’lgan umumiy talablarni o’rnatadi, belgilangan muddatlarda va yetarli sifatli xizmatlardan foydalanishga, xizmatlar va ularni bajaruvcxilar haqida ma’lumotlarni olishga foydalanuvcxilarning huquqlarini o’rnatadi. Buyurtmalarni qabul qilish va rasmiylashtirish, foydalanuvcxilar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi, bajaruvcxilarning va foydalanuvcxilarning vazifalarini va mulkiy javobgarligini o’rnatadi. Unda ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifati majburiy talablariga javob berishi lozim bo’lgan 20 dan ortiq davlat standartlari va ularning nomlari keltirilgan. Ushbu me’yoriy hujjatlarda keltirilgan transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash uchun zamonaviy texnologik jihozlarni keng qo’llanishi talab etiladi.Transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash uchun mo’ljallangan zamonaviy texnologik jihozlar tuzilishining yuqori murakkabligi, gidravlik, pnevmatik, elektron va kompyuterlashgan tizimlarning mavjudligi bilan ajralib turadi va ish qobiliyatini talab darajasida ushlab turish uchun yuqori texnologik texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimiga ega bo’lishni taqoza etadi. O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiy o’sish va aholining turmush darajasini ko’tarishning zaruriy sharti sifatida, mamlakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish nazarda tutiladi. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan“Inqirozga qarshi choralar” dasturida ana shunday yondashuv o’zini to’la oqlamoqda. Respublika sobiq Prezidenti I.Karimovning oxirgi risola va nutqlarida, ayniqsa, 2011-2015 yilga mo’ljallangan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” ning ishlab chiqilganligi yuqorida keltirilgan fikrlarga asos bo’lib xizmat qiladi. Jumladan, muhtaram yurtboshimizning quyidagi xulosalarini eslashimiz mumkin: “Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izcxil davom ettirish - iste’mol talabini kengaytirish maqsadida ijtimoiy sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir” Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015 yillarda sanoatni ustivor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izcxil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobotbardosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o’rni tobora ortib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i aynan ana shu tarmoqlarning hissasiga to’g’ri kelmoqda. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modernizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatdan yangilanmoqda. Shunday tarmaqlardan biri servis tarmog’i bo’lib, uning katta ulushini avtomobil transportiga xizmat ko’rsatish tashkil etadi, uning hajmi oshgani sari aholi tomonidan xizmatlar madaniyati va sifatiga qo’yilgan talablar ham yuksalayotganini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Xizmat ko’rsatish jarayonining sifati va madaniyati foydalanilayotgan texnologik jihozlarning holatiga bevosita bog’liqdir.
Avtomobil transportida tarmoq korxonalarining harakatdagi tarkibi ham mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobillar bilan yangilanib bormoqda. Ushbu avtomobillarni texnik soz holda ekspluatatsiya qilish uchun zamonaviy diagnostik va texnologik jihozlar zarur. Chunki avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash sifati qo’llaniladigan jihozlarning va texnologik jarayonning mukammalligiga bog’liqdir. Avtomobil transporti turlarining ko’payishi hamda ularda elektronikaning keng ishlatilishi mos ravishda ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini tubdan qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunki texnologik jihozlar ham yangilanib, axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ehtiyojiga ega bo’lmoqda. Texnologik yangilanish esa, o’z navbatida, xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok etayotgan kadrlarning bilim darajasi ham shunga mos bo’lishini talab qiladi. Taklif etilayotgan darslik ham ushbu muammoni yechishning birinchi qadamlaridan bo’lib xizmat qiladi. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonining servisini amalga oshirishda turli zavod va korxonalarda ishlab chiqariladigan standart jihozlar bilan bir qatorda nostandart jihozlar ham ishlatiladi. Bu texnologik jihozlar qo’llanish joyi, bajariladigan ishning turi, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi, mehnat va quvvat talab qilish holati hamda boshqa bir necha ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. Albatta, bu borada asosiy omillardan biri ishchi va mutaxassislarda amaliy ko’nikmalarning mavjudligi, ularning tashabbuskorligi va ijodkorligi, vazifalarni o’zaro bo’lib olishligiga bog’liqdir. E’tiboringizga tavsiya qilinayotgan darslikda nazariy va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish, zamonaviy texnik va texnologik jihozlar, ularning tavsiflari va nostandart jihozlarni loyihalash asoslari haqida ma’lumot berilgan.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling