Toshkent davlat transport universiteti «avtomobil transporti muhandisligi» fakulteti «avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi»


Download 1.31 Mb.
bet4/9
Sana18.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1099213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzov

Tarmoqning hozirgi holati. 1992-yilda respublikaning birinchi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasi o‘zbek avtosanoatiga asos soldi. Keyingi 26 yil davomida avtomobil sanoatining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni YaIMning 6,6%ni tashkil etadigan darajagacha o‘sdi. Avtomobil sanoatida band bo‘lgan qariyb o‘ttiz ming nafarga yaqin xodimdan tashqari, avtomobilsozlik, metallurgiya, kimyo, elektr texnikasi kabi boshqa tarmoqlarning mahsulotlariga talabni yuzaga keltirgan holda ushbu tarmoqlarda ham ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublika avtosanoati boshqa tarmoqlarda ham 200 000 nafardan ortiq kishini ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi. Agarda respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasida yuqori sur’atlarga chiqqanida bu raqamlar yanada salmoqli bo‘lishi mumkin edi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich faqat yengil avtomashina ishlab chiqarishda 50 foizga yaqinroq, ya’ni, 42 foizni tashkil etmoqda. Qolgan hollarda, avtobuslar va yuk mashinalarini ishlab chiqarishda bu ko‘rsatkich 15 foizdan oshmaydi. O‘zbekistonda avtomobilsozlik tashkil etilganidan buyon ushbu tarmoqqa muhim imtiyozlar berildi va tarmoqni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.

Proteksionistik choralar (iqtisodni chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida yuritiladigan iqtisodiy siyosat), ya’ni respublikaga chet el avtomashinalarini olib kirganlik uchun yuqori bojlar va aksiz soliqlarining o‘rnatilishi — ushbu tarmoq uchun eng asosiy imtiyoz hisoblanadi. Bundan tashqari, avtotransport ishlab chiqaruvchilar butlovchi qismlarni import qilishda QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) bo‘yicha ham imtiyozlarga ega edilar.



Biroq yuqori miqdordagi bojlar barcha import qilinadigan mashinalarga nisbatan ham qo‘llanilmaydi. Rossiya, Qozog‘iston yoki Ukrainada ishlab chiqariladigan va ushbu mamlakatlardan olib kiriladigan yangi avtomobillarga avtomobil narxining 2 foizli imtiyozli aksiz solig‘i begilangan va ularga nisbatan bojxona boji undirilmaydi. Ushbu imtiyozlarni qo‘llash uchun mazkur avtomobilning ishlab chiqarilishi 50 foizdan ortiq mahalliylashtirilgan hamda uni yig‘ish to‘la sikl bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, avtomobil erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan mamlakatda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, unga nisbatan ham bojxona boji undirilmaydi. O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina bilan ana shunday shartnomani imzolagan. Avtomashinalarni muayyan mamlakatlardan import qilishda imtiyozlar mavjudligiga qaramay, mahalliy avtosanoat ichki bozorda deyarli monopol hisoblanadi. Tarmoqda ishlab chiqariladigan avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslarning aksariyat qismi mamlakatning ichki bozorida sotiladi. Avtomobil sanoatining 25 yillik rivojlanish davrida ushbu tarmoq respublika eksportida muhim rol egallay olmadi.



2014-yildan 2017-yilga qadar yengil avtomobillarni import qilish hajmi yiliga 100 million AQSh dollaridan 200 million AQSh dollarigacha o‘zgarib turgan. Biroq, 2018-yilda yengil avtomashinalarning import hajmi 319 million AQSh dollarigacha keskin oshdi. Ayni paytda o‘tgan yilda yengil avtomobillarni eksport qilish esa qariyb 5 baravarga kamaygan va 29,3 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bundan tashqari, avtomobillar eksport qilinganida ular ichki bozorda sotiladigan narxdan ancha arzonga sotildi. Ushbu strategiya ehtimol, boshqa mamlakatlar ichki bozorida o‘zbek avtosanoatining o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun qo‘llangan bo‘lishi ham mumkin. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bu strategiya xorijiy mamlakatlar bozorida o‘zbek avtosanoatining o‘z ulushiga ega bo‘lishiga yordam bermadi, aksincha, eksport faoliyatining zarariga ishlashiga olib keldi, xolos. Konsepsiyada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ichki bozorda sotilayotgan va eksport uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘zining texnik darajasi, xavfsizligi, ekologik jihati va iste’molchilar uchun qulayligi bo‘yicha bir-biridan ancha farq qiladi. Oxir oqibatda, bu kabi strategiya respublika avtosanoati korxonalari rentabelligining keskin pasayishiga olib keldi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling