Toshkent davlat transport universiteti «avtomobil transporti muhandisligi» fakulteti «avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi»


Download 1.31 Mb.
bet3/9
Sana18.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1099213
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuzov

Korxona mahsuloti - Bugungi kunda “GM O’zbekiston” 9 modeldagi avtomobillarni ishlab chiqaradi: «Damas», «Matiz», «Spark», «Nexia», «Cobalt», «Lacetti», «Captiva», «Malibu», «Labo».



























UzAnalytics GM Uzbekistan (endilikda UzAuto Motors) kompaniyasiga haqida “O‘zbekiston avtosanoati raqobatbardosh bo‘la oladimi?” nomli tahliliy maqola chop etdi. Unda kompaniyaning hozirgi holati, unga bildirilayotgan asosiy e’tirozlar va O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlarining tashkil etilishiga raqobatbardosh bo‘la olish masalalari yoritilgan. Quyida maqola to‘lig‘icha havola etildi.

So‘nggi bir necha yilda O‘zbekiston avtosanoatida yuzaga kelgan holat ham jamoatchilik, ham davlat rahbari tomonidan tanqid ostiga olinmoqda. Tarmoqdagi yirik korxona bo‘lmish GM Uzbekistan (endilikda UzAuto Motors) kompaniyasiga bildirilayotgan asosiy e’tirozlar — rivojlanish sur’atining pastligi va raqobatbardosh avtomobillar ishlab chiqara olmasligidir. Taxminan 20 yilcha avval, respublikaga yengil avtomobillarni olib kirish uchun yuqori import bojlari va aksiz soliqlari belgilangan edi. Bu proteksionistik choralar mahalliy avtomashina ishlab chiqaruvchi korxonalarga ichki bozorda monopol holatni ta’minlab berdi. Biroq bu ularning samaradorlikni oshirish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishlariga yordam bera olmadi.


Buning o‘rniga avtosanoatda turli “kasalliklar” avj oldi. O‘tgan yilning 26-iyunida davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlardan birida Prezident tarmoq korxonalarining barcha boshqaruv tizimlarida korrupsiya, poraxo‘rlik va oshna-og‘aynigarchilik kabi illatlarning ildiz otganini keskin tanqid qildi. Ushbu yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev mamlakat avtomobilsozlik tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasini belgiladi. Salkam bir yil o‘tib, joriy yilning 7-iyun kuni “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish strategiyasi taqdimotini o‘tkazdi. Iyun oyining oxirida esa iqtisodiyot va sanoat vazirligi “2025-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasini keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi. UzAnalytics sayti mazkur tarmoqning hozirgi holati, undagi asosiy muammolar va O‘zbekiston avtosanoatini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy jihatlari haqidagi tahlilni e’tiboringizga havola etadi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling